18 – laboratoriya mashg`uloti Lipidlarga xos rangli reaksiyalar
Download 38.79 Kb.
|
lab 18
18 – laboratoriya mashg`uloti Lipidlarga xos rangli reaksiyalar Lipidlarga gidrofob bo’lgan yuqori malekulali moddalar kiradi. Bu moddalar suvda erimaydi, faqatgina organik erituvchilarda (xloroform, efir, atseton, benzol, benzin) eriydi. Lipidlar hamma tirik organizmlar hujayrasida uchraydigan komponent hisoblanadi. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra lipidlar bir qancha guruhlarga bo’linadi: 1. Neytral yog`lar yoki triglitseridlar 2. Fosfoglitseridlar yoki fosfolipidlar 4. Glikolipidlar 6. Mumlar Organik erituvchilarda erishiga qarab va ulardagi qutubli funksional guruh molekulalarining bor yo’qligiga qarab 2 ga bo’linadi: 1. Qutubli lipidlar Qutubli lipidlarga fosfoglitseridlar, sfingolipidlar, glikolipidlar kiradi. Neytral lipidlarga erkin yog` kislotalari va ularning efirlari, atsilglitseridlar, steroidlar va mumlar kiradi. Lipidlar tirik organizmda juda muhim funksiyalarni bajaradi: Birinchidan ular asosiy energiya manbai hisoblanadi, chunki 1 g yog` parchalanganda 38,9 kkal energiya ajralib chiqadi. Bu esa 1 g uglevod va oqsil parchalanganda ajralib chiqqan energiyadan 2 marta ko’p hisoblanadi. Ikkinchidan lipidlar hamma hujayralarning membranasining struktura birligi hisoblanadi va membrananing yarim o’tkazgichligini ta’minlab turadi. Bunda hujayra ichiga kiradigan moddalar tanlab o’tkaziladi. Plazmatik membrana lipid va oqsillardan tashkil topgan bo’lib, ularning miqdoriy nisbati asosan 1:1 bo’ladi. Membrana tarkibidagi lipidlarning 40% dan 90% gacha bo’lgan qismi fosfolipidlardan tashkil topgan. Bakteriyalarning va mitoxondriyaning ichki membranasidan ko’p miqdorda kardiolipin topilgan. Uchinchidan lipidlar himoya funksiyasini bajaradi. Bunda ichki organlarning hammasi yog` qavati bilan o’ralganligini kuzatish mumkin. To’rtinchidan ko’pgina vitaminlar va gormonlar lipidlarga hos bo’lib, organizmda maxsus boshqarish funksiyalarini bajaradi. Beshinchidan lipidlar termoregulyatsiya xossasiga ega bo’lib, organizmdagi issiqlikni boshqarib turadi. Oltinchidan yog`lar suv manbai bo’lib, ular parchalanganda suv ajralib turadi va bu cho’l zonasida yashovchi hayvonlar uchun suv manbai bo’lib xizmat qiladi. Sterinlar esa miyaning oq moddasining tarkibida bo’ladi va ko’pgina biologik aktiv moddalar vitaminlar, gormonlar va o’t kislotalarini hosil bo’lishida qatnashadi. Oddiy yog`lar triglitseridlar bo’lib, ular yog` kislotalari va glitserinning murakkab efiri hisoblanadi:
Yog`larning tarkibiga to’yingan va to’yinmagan yog` kislotalari kiradi. To’yingan yog` kislotalaridan stearin (C17H35COOH) va palmitin (C15H31COOH)lar yog`larning tarkibida eng ko’p bo’ladi. To’yinmagan yog` kislotalardan eng asosiylari olein (C17H33COOH), linol (C17H31COOH) va linolen (C17H23COOH) kislotalari hisoblanadi. To’yinmagan, yog` kislotalarining tarkibida qo’shbog` bo’lib, bu ularning reaksiyaga oson kirishishini ta’minlab beradi. Olein kislotasining molekulasida 1 ta, linol kislotasida 2 ta, linolen kislotasida esa 3 ta qo’shbog` bo’ladi. Linol va linolen kislotalari odam organizmida sintezlanmaydi va ovqat bilan kirishi zarur. Bu kislotalarning organizmdagi yetishmasligi natijasida moddalar almashinuvi buziladi. Shuning uchun yuqoridagi moddalar vitamin sifatida ta’sir etuvchi moddalar xossasiga (vitamin F) ega. Linol va linolen kislotalari o’simlik moylari (kungaboqar, zig`ir) tarkibida bo’ladi. Araxidon kislotasi esa baliq moyida, sariyog`da va bir qancha margarinlarning tarkibida bo’ladi. Lipidlarni aniqlash bo’yicha quyidagi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lib, bular lipidlarni biologik materiallardan ajratib olish, bir qator lipidlarni miqdoriy aniqlash, analitik fraksiyalash va ularni yupqa qatlamlarda xromatografiya qilishdan iboratdir. Download 38.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling