18 – laboratoriya mashg`uloti Lipidlarga xos rangli reaksiyalar


Download 38.79 Kb.
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi38.79 Kb.
#251531
1   2   3   4
Bog'liq
lab 18

Akrolein reaksiyasi

Akroleinni aniqlash bilan yog`larning tarkibidagi glitserin miqdorini bilish mumkin. Yog`larni kaliy bisulfat (KHSO4), natriy bisulfat (NaHSO4) yoki bor kislotasi (H3BO3) bilan qizdirilganda, glitserin molekulasidan 2 molekula suv chiqib ketib, akril aldegidi yoki akrolein hosil bo’ladi. Akrolein qo’lansa hidli bo’lishi bilan harakterlanadi:



Reaktivlar: a) o’simlik moyi yoki hayvon yog`i, b) kaliy bisulfat yoki natriy bisulfat, v) bor kislotasi (kristall holda).

Ishning bajarilishi: quruq probirkaga bir necha tomchi o’simlik moyidan yoki hayvon yog`ining kichik bo’lagidan solinadi. Ustiga kaliy yoki natriy bisulfat kukunidan, bor kislotasidan sepiladi va ehtiyotlik bilan qizdiriladi. Natijada akroleinning oq bug`lari hosil bo’ladi. Bu bug` qo’lansa hidli bo’lishi bilan harakterlanadi.


  1. Yog`larning sovunlanish reaksiyasi

Yog`larni ishqorlar bilan qo’shilishi natijasida ular gidrolizga uchrab, yog` kislotalarining tuzlari (sovun) va glitserin hosil bo’ladi. Yog` kislotalarning natriyli tuzlari qattiq sovun, kaliyli tuzlari suyuq sovun hosil qiladi. Mazkur reaksiyalar quyidagi tenglama orqali boradi.


Reaktivlar: a) o’simlik moyi yoki hayvon yog`i, b) KOH ning spirtdagi 30% li eritmasi, v) distillangan suv.

Ishning bajarilishi: Katta hajmdagi probirkaga 0,5 ml o’simlik moyidan yoki 0,5 g hayvon yog`idan solinadi va ustiga 10 ml kaliy ishqorining spirtdagi eritmasidan quyiladi. Probirkaning og`zi havo sovutgichiga ulangan po’kak bilan berkitiladi va 30 daqiqa davomida qaynab turgan suv hammomida qaynatiladi. Shundan so’ng probirkaga issiq suv solinib, hosil bo’lgan sovun eritiladi.
5. Erkin yog` kislotalarining ajralish reaksiyasi.

Reaktivlar: a) sovun eritmasi, b) xlorid kislota (1 : 1).

Ishning bajarilishi: 5 ml sovun eritmasiga 1-2 ml xlorid kislota eritmasidan solinadi. Kuchli kislotalarning sovun bilan qo’shilishi natijasida erkin yog` kislotalari ajralib chiqadi va suyuqlikning ustida aniq ko’rinib turadi. Reaksiya quyidagi formula orqali amalga oshadi:
C17H35COOK+HCI→C17H35COOH+KCI



Download 38.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling