M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


-ish. Polisaxaridlarga xos rangli reaksiyalar va ularni


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   150
 
43-ish. Polisaxaridlarga xos rangli reaksiyalar va ularni 
gidrolizlash 
Kerakli biomaterial:5 marta suyultirilgan so‘lak, paxta. 
Kerakli jihozlar: probirkalar, pipetkalar,shtativlar, o‘lchov silindri
qaytar sovitgich, gaz gorelkasi yoki spirt lampa,termostat, olovga chidamli 
kolba, 
Reakativlar: 1%-kraxmal eritmasi, glikogen eritmasi(34- ishning 2-
tajribasi), Feling eritmasi(yuqorida keltirilgan), Barfed eritmasi (yuqorida 
keltirilgan), distillangan suv, 10% natriy ishqori, etil spirti, natriy xlor 
kristallari, 3 va 80 % sulfat kislota eritmalari. 
 
1- tajriba.Polisaxaridlarga xos sifat reaksiyalari 
Ishni bajarish tartibi. A. Probirkaga 3 ml kraxmal eritmasidan solib 
(42 ishning 1-tajribasi) unga 1-2 tomchi Lyugol eritmasi tomiziladii. 
Yodning kraxmal bilan o‘zaro ta’sirida hosil bo‘lgan mahsulotni ko‘k 
rangga bo

yalishi kuzatiladi. Probirkadagi aralashmani uch qismga bo‘lib(1 


116 
ml dan)
alohida probirkalarga ko‘chiriladi. Ulardan biriga 1-2 ml 10 % li 
natriy ishqori, ikkinchisiga 2-3 ml etil spirti qo‘shiladi, uchinchisiga 2 ml 
suv qo‘shib spirt lampada biroz qizdiriladi. Bunda hamma probirkalardagi 
ko‘k rang yo‘qoladi, lekin uchinchi probirkadagi aralashmani rangi 
sovigandan keyin tiklanadi. Reaksiya amilozaning yod bilan uncha 
barqaror bo‘lmagan birikmasini hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, birinchi 
probirkadagi yod NaI, ikkinchi probirkadagisi etil yodid hosil qilgani 
uchun rang tiklanmaydi, uchinchi probirkadagi yod amilaza bilan qayta 
birikadi. 
B. Probirkaga 2-3 ml glikogen eritmasini quyib, unga 1-2 tomchi 
Lyugol eritmasi tomiziladi va yaxshilab aralashtiriladi bunda qizg‘ich- 
qo‘ng‘ir rang paydo bo‘ladi. Rang natriy xlorning birnecha mayda 
kristallarini solganda kuchayadi, lekin natriy ishqori qo‘shilsa yoki 
qizdirilsa rang yo‘qoladi. Kraxmal va glikogen bilan yodli reaksiyadagi 
ranglarning har xil bo‘lishi bu moddalarning kimyoviy tuzilishida farqli 
jihatning mavjudligidan dalolat beradi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling