M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
-jadval So‘lak amilazasi faolligini uning konsentrasiyasiga bog‘liqligi
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
12-jadval
So‘lak amilazasi faolligini uning konsentrasiyasiga bog‘liqligi Probirk ani tartib № So‘lakning suyultirilish darajasi Yod bilan reaksiya (bo‘yalishi) Fermentning faolligi (sarhisob asosida) 1 1:20 2 1:40 3 1:80 4 1:160 5 1:320 6 1:640 7 1:1280 8 1:2560 9 1:5120 10 1:10210 36- ish. Fermentlar faolligiga faollovchilar va ingibitorlarning ta’siri. Ba’zi fermentlarning faolligi reaksion muhitdagi ionlarning tabiati va konsentratsiyasiga bog‘liq, boshqa fermentlarning faolligi esa unchalik o‘zgarishlarga duch kelmasligi mumkin. Fermentlar faolligini kuchaytiruvchi moddalarni faollovchilar (aktivatorlar), ularning faolligini to‘sib qo‘yuvchi moddalarni ingibitorlar (paralizatorlar) deb yuritiladi. Bu o‘rinda faollovchilarga misol qilib so‘lak amilazasi uchun osh tuzini, pepsin uchun xlorid kislotani, lipaza uchun o‘t kislotalarini, katepsinlar uchun sistein va glyutationni, adenozintrifosfataza uchun magniy va marganesni, yenolaza uchun magniy, rux va marganetsni keltirib o‘tish mumkin. Ba’zi ionlar, xususan Ag + , Hg + ,Pb 2+ va boshqalar deyarli hamma fermentlarning faolligini to‘sib qo‘yadi va ularni ingibitorlar deb yuritiladi. Amilaza fermentini faollovchisi sifatida natriy xlor tuzi, aniqrog‘i xlor ioni xizmat qilsa, ingibitori sifatidagi vazifani mis ioni bajaradi. Agar alohida-alohida olingan 3 ta probirkalarga so‘lak shirasi va kraxmal solib birinchisiga natriy xlor, ikkinchisiga mis sulfat eritmalari va uchinchisiga 91 suv (nazorat namunasi)qo‘shib fermentativ reaksiya o‘tkazilsa, bir xil vaqt oralig‘ida birinchi probirkada kraxmalning to‘liq parchalanishi, uchinchisida uning dekstrinlarga aylanishi, ikkinchi probirkada esa, umuman parchalanmasligi kuzatiladi. Bu reaksiyalarni sodir bo‘lishini yodli reaksiya orqali aniqlash mumkin bo‘ladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling