M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
–mavzu. Fermentlarni biomateriallardan ajratib olish va
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi
- Kerakli jihozlar
- Ishni bajarish tartibi.
12–mavzu. Fermentlarni biomateriallardan ajratib olish va faolligini aniqlash Ma’lumki, organizmda kechadigan barcha reaksiyalar fermentlar ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Hayotiy jarayonlar modda va energiya almashinuvi asosida sodir bo‘lib, organizmning to‘qima va organlari bu jarayonlarda o‘ziga xos xilma xil funksiyalarni bajarish orqali ishtirok etadi. Bu jarayonlaning barchasi kimyoviy jarayon bo‘lib, ularda xilma xil fermentlar qatnashadi va bu fermentlarning tegishli organ va to‘qimalarning hujayralari organellalarida lokalizatsiyalangan bo‘ladi. Shu sababli bu fermentlarning to‘qima va organlardagi lokalizatsiyasi, biomaterialdan ularni ajratib olish va faolligini aniqlashga oid ishlarni bajarish muhim ahamiyatga egadir. Darsning maqsadi: Fermentlarning to‘qima va organlardagi lokalizatsiyasi, biomaterialdan ularni ajratib olish va ularning faolligini aniqlashga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda mustahkamlash 37- ish. Ayrim fermentlarni biomateriallardan ajratib olish Keraklibiomateriallar: qoramol (yoki qo‘y) oshqozoni (me‘dasi). Kerakli jihozlar: shtativ, probirkalar,kristallizator, voronka, filtr qog‘oz, sentrifuga probirkalari bilan, doka, shisha tayoqcha, vakum eksikator quritish moslamali moddasi bilan, suv hammomi. Kerakli reaktivlar:0,5% li xlorid kislota eritmasi, natriy xlor tuzi kukuni. 1-tajriba. Pepsinni qoramol( qo‘y) me’dasidan ajratib olish Ishni bajarish tartibi.Bir bo‘lak qoramol me’dasi yaxshilab maydalanadi va uni ustiga 10 hajmda 0,5% xlorid kislota qo‘shib 20-30 0 C 93 li sharoitda 3-5 soatga tinch qo‘yib qo‘yiladi. So‘ng 4 qavatli doka orqali filtrlanadi, bunda qolgan qoldiq ustiga 5 hajmda 0,5 % li xlorid kislota qo‘shib yana 3-5 soatga ekstraktsiya uchun qo‘yiladi. Ekstrakt 4 qavatli doka orqali filtrlanib, filtrat oldingi filtrat bilan birlashtiriladi. Filtratni natriy xlorning kukuni yordamida15 % gacha to‘yintiriladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma sentrifugalash asosida cho‘ktirilali. Cho‘kmani yana 0,5 % li xlorid kislotada eritilib, qaytadan natriy xlor yordamida cho‘ktiriladi va sentrifugalanadi. Cho‘kmani vakum eksikatorga joylashtirib,unda namini so‘rib olish yo‘li bilan quritiladi va keyingi tajribalarda foydalanish uchun olib qo‘yiladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling