M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
Kerakli jihozlar:yumaloq tubli kolbalar,havo sovutkichli tiqini bilan
birga, gaz gorelka yoki spirt lampa, sentrifuga probirkalari, oddiy kimyoviy probirkalar, stakanchalar, o‘lchagich silindr, voronka filtri bilan birgalikda. Kerakli reaktivlar: H 2 SO 4 ning 10 % li eritmasi. Ishni bajarish tartibi.Ikkita yumaloq tubli kolba olib, ulardan biriga 29 –ishning 1- tajribasidagi nukleoprotein cho‘kmasidan, ikkinchisiga 2- tajribasida ajratib olingan nukleoproteinlarning ipchalaridan solinadi. So‘ng ularning har biriga 15 ml dan 10% li sulfat kislota qo‘shiladi. Kolbachalarni havo sovitqich o‘rnatilgan tiqin bilan yopib, gidroliz uchun tuzilgan (8-rasm) qurilmaga joylashtiriladi va 1,5-2 soat davomida qaynatiladi. Gidrolizatlarni sovitiladi va filtrlanadi. Filtrat nukleoproteinlarning gidrolizatlari bo‘lib, tarkibi aminokislotalar, purin va 75 pirimidin asoslari, riboza va dezoksiriboza hamda fosfat kislota qoldiqlaridan tashkil topgan. Shuning uchun gidrolizatlarni keyingi tajribalarni o‘tkazishda ishlatiladi. 31- ish. Achitqi va taloq yoki jigar nukleoproteinlari gidrolizatlari tarkibini tahlili Kerakli biomaterial:yuqorida o‘tkazilgan tajribalarda olinganachitqi,qoramol yoki qo‘y jigari nukleoproteini gidrolizati. Kerakli jihozlar: gaz gorelka yoki spirt lampa, sentrifuga probirkalari bilan, oddiy kimyoviy probirkalar. Kerakli reaktivlar: H 2 SO 4 ning 10, 30% li va konsentrlangan eritmalari;10 % natriy ishqori;CuS0 4 ning 1 va 7% li eritmalari; NaCl ning 0,9% va 1 M eritmalari; konsentrlangan ammiak eritmasi; 0,2 % ningidrinli eritmasi; konsentrlangan nitrat va sirka kislotalari, orsin reaktivi (tayyorlash: 1 g orsin 500 ml 30 % li xlorid kislotada eritiladi unga 4-5 ml 10% li temir xlorid qo‘shiladi, shu yo‘sinda tayyorlangan reaktiv yaxshilab berkitilgan holatda qorong‘i joyda saqlanadi); flyuroglitsin reaktivi(tayyorlash: 0,2g flyuroglisin 100 ml 30% li xlorid kislotada eritiladi); kumush nitratning ammiakli eritmasi (tayyorlash: 11 ml 5% li kumush nitrat tuzi eritmasiga ammiakning konsentrlangan eritmasini qo‘shib bunda hosil bo‘lgan cho‘kmani erib ketishigacha bo‘lgan miqdorda qo‘shiladi); ammoniy molibdatning nitrat kislotadagi eritmasi (tayyorlash: 100 ml suvda 7,5 g ammoniy molibdatni eritib uni ustiga 100 ml 32 % li nitrat kislota qo‘shiladi); magnezial aralashma (tayyorlash:o‘lchov kolbasiga 3,5 g magniy xlor, 1,8 g ammoniy xlorid va 2 ml 25 % li ammiak eritmasi qo‘shib suv yordamida umumiy hajmi 100 ml ga yetkaziladi). Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling