M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


- mavzu. Umumiynukleoprotein (NP) va dezoksiriboprotein(DRP)


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   150
 
9- mavzu. Umumiynukleoprotein (NP) va dezoksiriboprotein(DRP) 
larni biomateriallardan ajratib olish 
 


72 
Darsning maqsadi. Achitqi, qoramolni talog‘i, jigaridan umumiy 
nukleoprotein (UNP) va dezoksiriboprotein(DRP) larni ajratib olishga va 
ularning xossalariga oid nazariy bilimlarni muhokama qilish va kimyobiy 
reaksiyalar o‘tkazish asosida mustahkamlash va tegishli xulosalarga 
kelish. 
Kerakli biomaterial:achitqi, qoramol yoki qo‘yning talog‘i, jigari. 
Kerakli jihozlar: chinni hovoncha, pipetka, laboratoriya sentrifugasi, 
sentrifuga tarozisi, yog‘och tayoqcha, stakan, silindr, shisha tayoqcha, 
sentrifuga 
probirkalari, 
oddiy 
kimyoviy 
probirkalar, 
o‘lchagich 
silindr,mayda shisha bo‘lakchalari. 
Kerakli reaktivlar: 1 N NaCl ning eritmasi;difenilaminli reaktiv 
(tayyorlash: 1,0g difenilamin 100 ml 1 % li muzsirka kislotada eritilib, 
ustiga 2,8 ml konsentrlangan sulfat kislotasi qo‘shiladi); 0,4 % li natriy 
ishqori eritmasi; 5 % li sirka kislota eritmasi; efir (dietil efir); 5% li sirka 
kislota eritmasi. 
29- ish. Biomateriallardan nukleoproteinlarni ajratish
Quyida umumiy nukleoprotein(UNP)larni achitqi, qoramolni jigari 
yoki talog‘idan, dezoksiribonukleoprotein (DRNP)larni esa, qoramol 
talog‘idan ajratib olish, shuningdek ajratib olingan DRNP ga xos sifat 
reaksiyasini o‘tkazish tajribalari keltirilgan.
1-tajriba. Achitqidan nukleoproteinlarni ajratib olish 
 
Ishni bajarish tartibi.Chinni hovonchaga 1 g achitqi solib, uning 
ustiga 1-2 tomchi efir, 4-5 tomchi suv tomiziladi va 0,2-0,4 g shisha 
maydasi solinadi, so‘ngra 1-2 daqiqa yanchiladi. Shundan so‘ng aralashma 
ustiga o‘yuvchi natriyning 0,4% li eritmasidan 4 ml quyib, yana 5 daqiqa 
tuyib yanchiladi. Hovonchadagi massa sentrifuga probirkasiga solinadi, 
ikkinchi 
shunday 
probirkaga 
suv 
quyib, 
sentrifuga 
tarozisida 
tenglashtiriladi va 10 daqiqa sentrifugalanadi. Sentrifugat pipetka 
yordamida toza hovonchaga o‘tkaziladi va shisha tayoqcha yordamida, 
aralashtirib turgan holda 5% li sirka kislota eritmasidan 1,5 ml quyiladi. 
Bunda nukleoproteid cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Hovonchadagi aralashma 
pipetka yordamida sentrifuga probirkasiga o‘tkaziladi va 10 daqiqa 
sentrifugalanadi. Sentrifugat to‘kib tashlanadi, nukleoprotein cho‘kmasi 
keyingi laboratoriya ishlarini o‘tkazish uchun olib qo‘yiladi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling