Nukleoproteinlarni 5-10 LI sulfat kislota yordamida bir soat davomida


Download 194.39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.04.2023
Hajmi194.39 Kb.
#1360827
Bog'liq
8-laboratoriya.Molekulyar



Nazariy qism. Nukleoproteinlarni 5-10 % li sulfat kislota yordamida bir soat davomida 
gidrolizlaganda ular oqsil va nuklein kislotagacha parchalanadi. Nuklein kislota 
keyinchalik alohida nukleotidlarga va birinchi galda purin, pirimidin asoslariga hamda 
fosfat kislotaga aylanadi. Nukleoproteidlarni erkin holdagi parchalanish mahsulotlarini, 
shuningdek pentozani maxsus reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin. Purin asoslarini 
kumush tuzlarini cho‘kmasini hosil qilish, fosfat kislotani ammoniy molibdat, pentozani 
orsin va flyuroglisin bilan yuz beradigan sifat reaksiyasi yordamida aniqlash mumkin. 
Jigar, taloq, oshqozon osti bezi, buyraklar va achitqi nukleoproteidlarga boy 
hisoblanadilar. Ular ishqoriy eritmalarda erib, kislotali eritmalarda cho’kmaga tushadi. 
Dezoksiribonukleotidlar tuzli eritmalarda ham yaxshi eriydi. 
Darsning maqsadi: Achitqi va jigar tarkibida uchraydigan nukleoproteidlarni cho’ktirish 
ususlida ajratib olish va ularga xos tajribalar o’tkazish.
Kerakli asbob: chinni hovoncha, pipetka, laboratoriya sentrifugasi, sentrifuga tarozisi, 
yog‘och tayoqcha, stakan, silindr, shisha tayoqcha, sentrifuga probirkalari, oddiy 
kimyoviy probirkalar, o‘lchagich silindr,mayda shisha bo‘lakchalari. 
Reaktivlar : 1 
N
NaCl ning eritmasi;difenilaminli reaktiv (tayyorlash: 1,0g difenilamin 
100 ml 1 % li muzsirka kislotada eritilib, ustiga 2,8 ml konsentrlangan sulfat kislotasi 
qo‘shiladi); 0,4 % li natriy ishqori eritmasi; 5 % li sirka kislota eritmasi; efir (dietil efir); 
5% li sirka kislota eritmasi.. 
Biomateriallar: achitqi. 
20-rasm. 
Nukleoproteidlarni achitqidan ajratib olish 
Ishning bajarilishi: 5 g achitqi 1 ml dietil efiri va 1 ml suv bilan ho’llanadi va forfor 
havonchada shisha kukuni qo’shib, 0,4%- li natriy ishqori bilan eziladi (bunda natriy 
ishqoridan sekin-astalik bilan 5-10 ml chamasi solib turiladi). Hammasi bo’lib, 50 ml 
ishqor sarf bo’ladi. Achitqini 15-20 minut davomida to’xtovsiz ezib turiladi. 
Havonchadagi hosil bo’lgan massa filtrlanadi yoki 10 minut davomida sentrifugirlanadi 
(2500 G). Filtrat yoki sentrifugat stakanga quyiladi va unga tomchilatib 5%-li sirka 
kislotadan nukleoproteidlar to’liq cho’kmaga tushguncha tomizilib turiladi (Odatda 10-15 
ml eritma sarflanadi). Cho’kma sentrifugalash usuli bilan ajratib olinadi. (20-rasm.) 
8-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
Achitqi nukleoproteidlarni ajratish
 
 


21-rasm. 
Nazorat uchun savollar. 
1.Purin asoslarini qanday aniqlash mumkin? 
2. fosfat kislotaniqanday aniqlash mumkin? 
3. pentozani aniqlash mumkin. 
4. Nukleoproteinlarni oqsil va nuklein kislotagacha parchalashda qaysi reaktivdan 
foydalanasiz? 
5. Dezoksiribonukleotidlar qanday eritmalarda ham yaxshi eriydi? 

Download 194.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling