M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


- ish. Oqsil miqdorini refraktometrik uslubida aniqlash


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150
25- ish. Oqsil miqdorini refraktometrik uslubida aniqlash 
Refraktometrning ishlash tamyili har xil eritmali muhitning yorug‘lik 
nurini o‘tkazishi bir xil bo‘lmaganligiga asoslanadi. Tushish burchagi 
sinusini sinish burchagi sinusiga bo‘lgan nisbati sinish ko‘rsatkichi 
(koeffisiyenti) deyiladi: 
Eritmaning refraktsiya darajasi unda erigan zarrachalarning miqdori, 
kattaligi va fizik holati, shuningdek tashqi muhit harorati bilan bog‘liq. 
Biologik suyuqliklarda, masalan qon zardobida, refraksiya darajasi 
birinchi navbatda oqsillarning miqdori va sifatiga bog‘liq, tuzlar va boshqa 
tarkibiy qism moddalarining roli kam. Sinish ko‘rsatkichini aniqlashda 
maxsus asboblar refraktometrlardan foydalaniladi. Ko‘pincha qon zardobi 


51 
tarkibidagi oqsillar miqdorini aniqlashda refraktometr qo‘llaniladi. Odatda 
qon zardobi oqsillarini miqdorini aniqlashda Pulfrix refraktometridan 
foydalaniladi (6 a va b rasm).
Bu refraktometr prizma bilan tugaydigan obyektiv va okulyarga ega 
bo‘lgan ko‘rish trubasi (A) dan iborat. Asbobda chiziqlar bilan ajratilgan 
shkala mavjud, ular yordamida ko‘rish chegarasidagi yorug‘ va qorong‘ i 
chegarani farqlash mumkin. Kompensator( K) va mikrometrik buragich 
(M)yordamida shkalani surib o‘zgartirib ko‘rish chegarasidagi yorug‘lik 
va qorong‘ulik nuqtasi aniq belgilab olinadi. Refraksiya ko‘rsatkichini 
aniqlash maxsus rezervuar- hammom (B)da ma’lum harorat (17,5
o
C) da 
amalga oshiriladi. Hammomga termometr (T) o‘rnatilgan. Qon zardobi 
tarkibidagi oqsilni mikrometod yordamida qo‘shimcha prizmadan 
foydalangan holda aniqlanadi
Kerakli biomaterial:oqsilli eritma, qon zardobi. 
Kerakli jihozlar: refraktometr, shtativ, probirkalar, pipetkalar.
 
Kerakli reaktivlar:0,9 % li natriy xlor eritmasi, distillangan suv. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling