M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli reaktivlar
- Ishni bajarish tartibi.
Kerakli biomaterial: oqsilli eritma namunasi.
49 Kerakli jihozlar: Konvey idishchasi( 2 dona), 2 ml li pipetka (2 dona), skalpel, mikrobyuretka (2 dona), Kyeldal kolbasi (2 dona), 15 ml li o‘lchov silindri. Kerakli reaktivlar: konsentrlangan sulfat kislota, 0,01 N sulfat kislota, Tashiro indikatori( tayyorlash: dastlab metilrotning to‘yingan asosiy eritmasi, undan keyin metilen ko‘kini 1 % li spirtli eritmasi tayyorlanadi. Nihoyat bundan keyin 80 ml metilrot eritmasiga 20 ml 1 %li metilen ko‘ki va uni ustiga 2 hajm distillangan suv qo‘shiladi). Tashiro reaktivi nordon muhitda binafsha,ishqoriy muhitda yashil rangga bo‘yalad shisha kranlar uchun surtkich moy, 30 % li natriy ishqori,0,01 natriy ishqori. Ishni bajarish tartibi. 1) Buning uchun 5-rasmda keltirilgan qurilmadan foydalaniladi.Oqsilli eritmani 10 marta suyultiriladi. So‘ng 1 ml suyultirilgan oqsil eritmasini Kyeldal kolbasiga ko‘chirib, ustiga 1 ml konsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi. Xuddi shu tarzda suyultirilgan oqsil eritmasi o‘rniga 1 ml distillangan suv qo‘shish yo‘li bilan nazorat namunasi tayyorlanadi. Ikkala kolba ham mo‘rili shkaf ostida qizdiriladi. Aralashmalarga 1-2 tomchi pergidrol tomizib 1 soat davomida qaynatiladi va rangsiz mineralizat hosil qilinadi. Mineralizatlarga 3 ml distillangan suv qo‘shib yaxshilab aralashtirgandan keyin 10 ml li o‘lchov silindriga solinadi. Kolbalardagi qoldiqni yana ikki marta 3 ml dan distillangan suv bilan chayqaladi va silindrlarga solinadi. Eng so‘ngida 100 marta suyultirilgan oqsil mineralizatini hajmi distillangan suv yordamida 10 ml ga yetkaziladi. 2) Konvey idishchasini ichki kamerasiga mikrobyuretkadan 2 ml 0,01 N sulfat kislota tomiziladi. 3)Sulfat kislota ustiga 2 tomchi Tashiro indikatori tomiziladi ( nordon pH 4,4 da binafsha, pH 6,2 da yashil rang). 4) Tashqi kameraga pipetka yordamida birinchi Konvey idishchasiga 1,5 ml oqsil mineralizati, ikkinchi Konvey idishchasiga suv mineralizati solinadi. 5) Kichkina yoriq qoldirib idishchani moylangan qopqoq bilan qoplanadi. 6) Rezina o‘rnatilgan pipetka yordamida tashqi kameraga 1,5 ml 30 % li ishqor tomiziladi va qopqoqni surib yorug‘ ni yopiladi. 50 7)Asta- sekinlik bilan aylanma harakat orqali tashqi kameradagi suyuqlikni aralashtiriladi. 8) Idishchalarni ajralib chiqayotgan ammiakni 0,01 N sulfat kislota tomonidan yutilishini ta’minlash uchun 40 0 C li termostatga 60 daqiqaga joylashtiriladi. 9) Bir soat vaqt o‘tgandan keyin qopqoqni olib qo‘yib ichki kameradagi oshiqcha kislotani mikrobyuretkadagi 0,01 N ishqor eritmasi bilan yashil rang hosil bo‘lgunga qadar titrlanadi. 10) Nazorat va tajriba namunalarini titrlashda sarflangan ishqor eritmasi miqdorlaridagi farqqa qarab tajriba namunasidagi ammiakning miqdori hisoblab topiladi va bunda 1 ml 0,01N sulfat kislotasi 0,14mg azotga teng ekanligini hisobga olinadi. Oqsil tarkibidagi azotning miqdori 16 % ekanligini e’tiborga olib tajriba namunasidagi oqsilning miqdori tenglamaga muvofiqkeltirib chiqariladi: Bu yerda: X – azotning miqdori, A- azot namunalarini 0,01 N ishqor eritmasi bilan titrlashga sarflangan miqdoriy ko‘rsatkich, B – tajriba namunasini 0,01 NaOH bilan titrlash uchun sarflangan miqdoriy ko‘rsatkich, C- suyultirish ko‘rsatgichi, D – hisoblash mg % ga aylantirish koeffisiyenti. Bunda oqsil tarkibida o‘rtacha azotning miqdori 16% ligi tufayli (100:16=6,25) mg% hisobidagi N ko‘rsatgichini oqsil miqdoriga aylantirish uchun 6,25 ga ko‘paytiriladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling