M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


- ish. Adamkevich va Gopkins–Kol reaksiyasi


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   150
19- ish. Adamkevich va Gopkins–Kol reaksiyasi 
Bu reaksiya triptofanning glioksil kislota bilan o‘zaro ta’sirlanishi 
asosida yuz beradi va bunda ikki molekula triptofan glioksil kislota bilan 
kondensatsiyalanib qizil – binafsha rangli birikmaga aylanadi. Odatda 
konsentrlangan sirka kislota tarkibida hamisha glioksil kislota bo‘ladi. 


39 
Adamkyevich reaksiyasi indol halqasi uchun xos bo‘lib, bu halqa esa faqat 
triptofan aminokislotasida uchraydi. Reaksiya 
jarayonidaoqsillar
va 
polipeptidlar tarkibidagi triptofan aminokislotasi konsentrlangan sulfat 
kislota ishtirokida gidrolizlangandan so‘ng glioqsil kislota bilan reaksiyaga 
kirishi natijasida kondensatsiyalanib kompleks birikma hosil qiladi. Bu 
reaksiyani oxirida aralashma qizg‘ ish-binafsha rangga bo‘yaladi.
Reaksiya mexanizmini quyidagi tenglama asosida ifodalash mumkin: 
Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan rangning jadallik darajasi oqsil 
tarkibidagi triptofanning miqdoriga bog‘liq. 
Kerakli biomaterialar:tuxum oqsili, bug‘doy oqsili, 1% li jelatina 
eritmasi, 0,05 % li triptofan eritmasi, sut oqsili eritmasi. 
Kerakli jihozlar:shtativ, probirkalar, pipetkalar, spirt lampa yoki suv 
hammomi. 
Kerakli reaktivlar:muz sirka kislota,sulfat kislota. 
Ishni bajarish tartibi.5 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi 1% li 
tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi 1 % li bug‘doy oqsili, uchinchisiga 5 
tomchi jelatina, to‘rtinchisiga 5 tomchi 0,05% li triptofan eritmasi, 
beshinchisiga 5 tomchi sut oqsili eritmasidan tomiziladi, ularning har 
biriga 5 tomchidan muzsirka kislota qo‘shiladi. Probirkalardagi suyuqliklar 
sekin-asta qizdiriladi, so‘ngra sovitilgach, ohistalik bilan probirkalarning 
devorlari bo‘ylab 10 tomchidan konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. 
Biroz turgandan keyin 1-, 2-, 4 va 5-probirkalarda 2 qavat suyuqlik
chegarasida qizg‘ish-binafsha rang paydo bo‘ladi. Agar probirkalar qaynab 
turgan suv hammomiga quyilsa, rangning rivojlanishi tezlashadi. Jelatina 
molekulasida triptofan bo‘lmaganligi uchun uchinchi probirkada rang 
paydo bo‘lmaydi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling