M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   150
Ishni bajarish tartibi.4 ta probirka olib, birinchisiga 1 ml 1% li tuxum 
oqsili, ikkinchisiga 1 ml 0,1 % li tirozin, uchinchisiga 0,1% li 1 ml fenol 
eritmasi va to‘rtinchisiga 1% li jelatina eritmasidan 1 ml solib, ularning har 
biriga 5 tomchidan Millon reaktividan tomiziladi va ohista qizdiriladi. Bunda 
dastlabki uchta probirkadagi aralashmalarsekin-asta qizil rangga kiradi, 
to‘rtinchi probirkadagi aralashma esa bunday rang hosil qilmaydi. 
To‘rtinchi 
probirkada 
Millon 
reaksiyasining 
salbiy 
chiqishi 
jelatinaning tarkibida aromatik halqali aminokislotalarning yo‘qligidan 
dalolat beradi. 
17- ish. Fol reaksiyasi 
Fol reaksiyasi yordamida oqsillar molekulasi tarkibida oltingugurt 
tutuvchi aminokislotalar- sistein vasistin borligini aniqlash mumkin bo‘ladi. 
Metionin oltingugurt bilan kuchli bog‘langanligi uchun bu reaksiyani 
bermaydi.


37 
Oqsil eritmasiga ishqor qo‘shib qizdirilganda oltingugurt osongina ajralib
natriy sulfid hosil qiladi. Aralashmaga natriy plyumbit yoki qo‘rg‘oshin 
atsyetat qo‘shilsa, qora rangli qo‘rg‘oshin sulfid cho‘kmasi hosil bo‘ladi. 
Reaksiya quyidagicha ketadi: 
Qora 
rangning 
ravshanlik 
darajasi 
eritmadagi 
oqsilning 
konsentratsiyasiga hamda oqsil molekulasidagi sistein va sistinning 
miqdoriga bog‘liq. 
Kerakli biomaterialar:tuxum oqsili, bug‘doy oqsili, 1% li jelatina 
eritmasi. 
Kerakli jihozlar:shtativ, probirkalar, pipetkalar,spirt lampa yoki suv 
hammomi . 
Kerakli reaktivlar:30 % li natriy ishqoriy eritmasi, 5% li qo‘rg‘oshin 
atsetati eritmasi. 
Ishni bajarish tartibi.3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi 1 % li 
tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi 1 % li bug‘doy oqsili, uchinchisiga 5 
tomchi 1 % li jelatina eritmasidan quyib, ularning ustiga 5 tomchi 30% li 
natriy gidroksid va 1 tomchi 5% li qo‘rg‘oshin atsetati qo‘shib, yaxshilab 
qaynatiladi. Birinchi ikkita probirkadagi aralashma qorayadi va qora rangli 
PbS cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Uchinchisining rangi o‘zgarmaydi, chunki 
jelatina tarkibida oltingugurt tutuvchi aminokislotalar yo‘q. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling