M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   150
Kerakli reaktivlar:konsentrlangan nitrat kislota, 10 % li natriy ishqori, 
15 % li ammiak eritmasi. 
Ishni bajarish tartibi. 3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi 1% li 
tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi bug‘doy yoki sut oqsili, uchinchisiga 5 
tomchi 0,1% li tirozin eritmasidan tomiziladi. So‘ng hamma probirkalarga, 3-4 
tomchidan kontsentrlangan nitrat kislota qo‘shib qizdiriladi. Uchala 
probirkadagi aralashma ham sariq rangga kiradi. Aralashmalar sovitilgach, 
ammiak yoki natriy gidroksid yordamida ishqoriy muhit hosil qilinadi va 
qizg‘ish-sariq rang paydo bo‘lishi kuzatiladi. 
16-ish. Millon reaksiyasi 


36 
Millon reaksiyasi oqsil molekulasi tarkibida tirozin aminokislotasi 
mavjudligini isbotlovchi reaksiyadir. Tarkibida tirozin aminokislotalari bor 
oqsillar bir valentli simobning nitrit va nitrat tuzlari aralashmasining 
kontsentrlangan nitrat kislotadagi eritmasi (Millon reaktivi) ta’sirida oq 
cho‘kma hosil qilib, qizdirganda qizaradi. Bu o‘ziga xos qizil rang fenol, 
salisilat kislota, pirokaxetinlar bilan ham hosil bo‘ladi. Ammo tarkibida 
tirozin bo‘lmagan oqsillar jelatina, klupein, salmin va boshqalar Millon 
reaksiyasini bermaydi. Millon reaksiyasining kimyoviy mohiyati ksantoprotein 
reaksiyasini eslatadi. Reaksiya uchun ortiqcha miqdorda Millon reaktivi 
qo‘shishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki bu reaktiv tarkibida nitrat kislota 
bo‘lganligi sababli oqsil bilan sariq rang hosil qilib, Millon reaksiyasio‘tishi 
ucunhalaqit berishi mumkin. 
Kerakli biomaterialar: tuxum oqsili, 0,1 % li tirozin, 0,1% li fenol 
eritmasi,1% li jelatina eritmasi. 
Kerakli jihozlar:shtativ, probirkalar, pipetkalar, spirt lampa yoki suv 
hammomi . 
Kerakli reaktivlar:Millon reaktivi (tayyorlash: mo‘rili shkafda 
kolbaga 80 g metal simob va 114 ml konsentrlangan nitrat kislota 
qo‘shiladi, Simob «eriyboshlaydi», «erish jarayoni»ni kuchaytirish uchun 
aralashmani 37-40
o
C suv hammomiga ko‘chiriladi. Hosil bo‘lgan reaktivni 
suv bilan suyultiriladi(1:2). Ancha muddat tinch qo‘yib qo‘yiladi va hosil 
bo‘lgan cho‘kmasidan ajratilib tajriba uchun foydalaniladi). 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling