Mavzu: Oqsillar Oqsillming tirik tabiatdagi
Download 0.79 Mb.
|
Oqsillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Oqsillarning biologik funksiyasi,elemenrtar tarkibi,fizik-kimyoviy xassalar.
Mahammadumarova Durdona Biologiya 208 guruh Mavzu: Oqsillar 1. Oqsillming tirik tabiatdagi. Muhim ahamiyatini hisobga olib, shuningdek, oqsillaming tirik organizm massasining yarmini tashkil etishi va qator ajoyib xususiyatlarga ega bo‘lishi, oqsil strukturasi va funksiyasini tushunish, biol giya va tibbiyot uchun m uhim muammolami yechishda asos bo'lishi, tibbiyot institutlarida biokimyo kursini o‘rganishni - shu sinf, organik moddalardan boshlashni taqozoetadi.Tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan turli-tuman va juda ko p funksiyalami oqsillar bajaradi.Shved kimyog'ari I.Ya.Berselius 1938-yilda azot saqlovchi orgamk birikmalarni o‘simlik va hayvon to‘qimalaridan ajratib olib, uni proteinlar deb nomlagan (grekcha protos - birlam chi, m uhim demakdir). . Hozirgi tibbiyot adabiyotlarida azot saqlovchi yuqori molekulau birikm alarni oqsillar deyiladi. Oqsil termini - tuxum oqsilini qizdirilganda oq rang hosil bo‘lishiga asoslangan. Oqsillar har qandaytirik organizm to'qimasining asosiy qismi hisoblanib, to'qim ada boiadigan turli jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Oqsillar tirik organizmlar ham strukturasi, ham funksiyasining asosini tashkil etadi. Molekulyar biologiya asoschilaridan bo'lgan F.Krikning tajribasi bo‘yicha, oqsillar juda muhim moddalar bo‘lib, turli funksiyalami juda yengil va nozik bajarishlari mumkin. 2.Oqsillarning biologik funksiyasi,elemenrtar tarkibi,fizik-kimyoviy xassalar. Oqsil inson organizmi massasining 25% gacha, quritilgandan keyin esa 45-50% ni tashkil qiladi. Oqsillaming turli a’zo va to'qimalardagi miqdori turlicha bo'ladi. Oqsil inson va hayvon organizmlarida quyidagi vazifalami bajaradi 1. Strukturali funksiya - barcha to ‘qimalar, hujayralar va organoidlar oqsildan tashkil topgan. Bu yerda fibrillar oqsillar (kollagen,keratin, elastin va boshqalar) muhim vazifani bajaradi . 2.Katalitik funksiya - organizmdagi biokatalizatorlar - fermentlar oqsil tabiatiga ega va barcha biokimyoviy reaksiya sodir boiishini boshqaradilar, ya’ni reaksiyalar tezligini m aium tartibda borishiga va boshqarilishiga imkon beradi. . 3. Energetik funksiya - oqsillar oshqozon ichak traktida parchalanib , oddiy am inokislotalar shaklida so 'riladi.Aminokislotalaming m aium qismi oksidlanib energiya hosil qiladi. . 4. Transport vazifasi. Oqsillar suvda, qonda yaxshi eriydigan xususiyatga ega va suvda, qonda erimaydigan moddalar bilan komplekshosil qilib ulaming eruvchanligini, tashilishini ta’minlaydi. Masalan: qon plazmasi oqsili albumin yog‘ kislotalar, lipidiar, boshqa oqsillar temir, mis, vitamin, gormonlami nishon a’zolarga tashiydi . 5. Qisqaruv funksiyasi - mushak oqsillari tarkibiga kiruvchi aktin, miozin, troponinlar qisqaruv qobiliyatiga ega. Bu oqsillar muskullar tarkibiga kirib mexanik ish bajarishda qatnashadi. Qisqarish funksiyasi sitoskelet oqsillariga ham xosdir, ular hujayra hayot faoliyati jarayonlarini (mitoz jarayonida, xromosomalar ajralishida) ta’minlaydi. . 6. Himoya funksiyasi. Organizm ga tushgan begona oqsillar, viruslar, bakteriyalar toksinlari antigenlar deb hisoblanadi va ularga qarshi himoya oqsillar-antitelolar hosil boiib antigenlar bilan birikib zararsizlantiradi. Qon plazmasidagi fibrinogen va trombin oqsillari qon ivishida ishtirok etib, organizmni turli jarohatlanish sodir boiganda, qon yo'qotishdan saqlaydi. . 7. Tayanch vazifasini bajaradi. Teri, suyak, timoq, soch, pay, tog'ay oqsillardan tashkil topgan bo lib , inson tanasida tayanch vazifasini bajaradi. . 8. Boshqaruv vazifasi. Ba’zi boshqaruv moddalar- gormonlar oqsil tabiatiga ega. Masalan, insulin gormoni, yuqori biologik aktiv modda bo'lib,modda almashinuvini boshqaruvida ishtirok etadi. . 9. Irsiy vazifasi. Irsiy axborotni saqlovchi xromosomalar murakkab oqsillar nukleoproteidlardan iborat . 10.Gormonal funksiya. Organizmdagi modda almashinuvi turli mexanizmlar yordamida boshqariladi.Bu boshqaruvda ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlar asosiy o‘rinni egallaydi. . . 11.To’yimli oziqa funksiyasi. Bu funksiyani rezerv oqsillar - tuxumning albumini, sutning kozeini, dukkakdoshlarning urug‘ida zahira oqsillar bajaradi . Ko‘pchilik gormonlar oqsil yoki polipeptid tabiatiga egadirlar (gipofiz, oshqozon osti bezi gormonlari). Lekin bu sanab o ‘tilgan funksiyalar oqsillar bajaradigan barcha funksiyalar emas, haqiqatda oqsillar bajaradigan funksiyalar juda ko‘pdir. Hayvonlar to'qim a va a’zolari oqsilga boydir. Ko‘pchilik bu oqsillar suvda yaxshi eriydilar. Lekin tog‘ay, soch, timoq, suyak to'qimasidan ajratilgan suvda erimaydigan ba’zi organik moddalar ham oqsillar guruhiga kiritilgan, chunki ular о zining kimyoviy tarkibi bo'yicha mushak to‘qimasi, qon zardobi, tuxum oqsillariga yaqin.Oqsillar mushak, o ‘pka, qora taloq, buyrak quruq massasining 70-80%ini, odam tanasi quruq vaznining 45%ni tashkil etadi. Hayvon to‘qimalaridan farqli ravishda o'simliklarda oqsillar kam saqlanadi. Oqsillarning kim yoviy tarkibi, tuzilishi va xususiyatlarini o'rganish uchun odatda ularni suyuq to'qim alar yoki oqsilga boy bo'lgan hayvon a’zolaridan, masalan: qon zardobi, sut, mushak, jigar, teri, soch, timoqdan ajratiladi.Oqsillar molekula shakliga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo'linadi; . 1.Globulyar oqsillar-suvda yaxshi eruvchan. . 3.Fibrillyar-suvda erimaydigan oqsillar. . Oqsillarning elementar tarkibi. Oqsillaming elementar tarkibi quyidagicha: uglerod 50,6 -54,5%, azot 15-17%, kislorod 21,5 -23,5% , vodorod 6,5-7,3% , oltingugurt-0,5% ni tashkil qiladi. Oqsil molekulasida azot miqdori doimiy bo‘ladi va o ‘rtacha 16%ni tashkil etadi. Bu elementlardan tashqari oz miqdorda fosfor temir, rux, mis, marganets, magniy va yod uchraydi. Azot miqdoridan foydalanib plazmadagi oqsil miqdori aniqlanadi. Oqsillar kislota, ishqor va ferment yordamida gidrolizlanganda aminokislotalar hosil bo‘ladi. . Oqsil molekulalarining shakli va o‘lchami: Oqsil molekulalarining shakli ultratsentrifugalash, rentgenstruktur analiz asosida yoki elektron mikrosko'pda aniqlanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oqsil molekulalari har uch olchami bo'yicha assimetrik moddalardir. Tabiiy oqsillar molekulasining shakliga qarab 2 guruhga bo'liinadi:globulyar va fibrillyar. Fibrillyar oqsillaming molekulasi ipsimon boiib, uzunligi diametriga nisbatan 100 marta ko'proqdir. Globulyar oqsil molekulasi sferik shaklga ega boiib, uning uzunligi diametriga qaraganda 3¬10 marta ortiqdir. Masalan: elastin oqsil molekulasining diametri 70 nm boiib oval shaklda, gemoglobin oqsilini diam etri 220 nm bolib ozgina cho‘zinchoq shaklda, miozinmolekulasining diametri 100 nm boiib, uzunligi ming angstremga teng. Shunday qilib, miozin oqsili tolasimon bo'ladi. . 4.Oqsillarning klassifikatsiyasi, oddiy oqsillar birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi,tortlamchi oqsillar Oqsillar o‘zlarining kimyoviy tarkibi bo‘yicha -oddiy (proteinlar)va murakkab ( proteidlar) oqsillarga bo‘linadi Murakkab oqsillarning molekulalari oqsil qismdan (aminokislotalardan) va oqsil bo‘lmagan (boshqabirikmalardan) - prostetik guruhdan tuzilgan. Prostetik guruhlarining kimyoviy tabiatiga ko‘ra murakkab oqsillarni bir necha sinfchalarga bo‘linadi: xromoproteidlar, nukleoproteidlar, lipoproteidlar, glikoproteidlar, fosfoporoteidlar, metalloproteidla Xromoproteidlar - bo‘yalgan oqsillar, ularga rangli oqsil qismga birikkan turli organik birikmalar beradi. Xromoproteidlar prostetik guruhi sifatida temirli birikma porfirinni (gemoproteidlar) va izoallaksazinni (flavoproteidlar) tutadi. Gemoproteidlarga - qonning gemoglobini, muskul tolasi hujayrasidagi - mioglobin, o‘simliklardagi xlorofil (magniy-porfirin) va boshqalar kiradi. Gemoglobin - o‘pkadan to‘qimalarga kislorodni, to‘qimalardan o‘pkaga esa karbonat angidrid (CO2) ni tashuvchisi hisoblanadi.U eritrotsitlar joylashgan (bitta eritrotsitda 280 million molekula atrofida gemoglobin bo‘ladi) globin oqsilidan va oqsil bo‘lmagan qism - gemdan tuzilgan. Globin 4 polipeptid zanjiridan - ikkita bzanjirdan va ikkita (-zanjirdan tuzilgan. Globinning molekulasi 574 aminokislota qoldig‘idan tuzilgan. Molekulyar massasi 64500 Da ga teng. Gem - qizil rang va kislorodni biriktirib olish qobiliyatini beradi. Xulosa 1.Oqsillar tarkibida C,O,H,N,S tutuvchi yuqori molekular biologik polimerlar bo‘lib, ular 20 xil aminokislotalardan tashkil topgan. Ular birinchi darajali biologik ahamiyatga ega ekanligi uchunproteinlar (grekcha «protos» - birlamchi, muhim) deb ataladi. . 2. Oqsillar viruslar va barcha tirik organizmlar: bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar tarkibining ajralmas qismi hisoblanadi.Hujayrada yuz beradigan kimyoviy o‘zgarishlarda oqsillar ishtirok etadi. 3 Aminokislotalar.Aminokislotalar kichik molekulali organik birikmalar bo‘lib, organik karbon kislotalarning hosilalari hisoblanadi. Tirik organizmlardagi oqsil turlarining xilma-xilligi oqsillar tarkibiga kiruvchi aminokislotalarning turli variantlarda kombinatsiyalar hosil qilishi tufayli ta’minlanad 4.Odam va hayvonlar bir necha aminokislotalarni boshqa organik moddalardan. . sintezlay olmaydilar. Bu aminokislotalar ular organizmiga ovqat tarkibida qabul qilinishi kerak. Bu aminokislotalaralmashinmaydigan aminokislotalar deyiladi. Masalan: valin, izoleytsin, leytsin, lizin, metionin, treonin, triptofan, fenilalanin. Odam va hayvon organizmida boshqa organik moddalardan sintezlanadigan aminokislotalaralmashinadigan aminokislotalardeyiladi. 5.Plastik funksiya. Oqsillar hujayraning barcha membranali tuzilmalari asosini tashkil etadi. Kollagen oqsili biriktiruvchi to‘qimaning, keratin oqsili sutemizuvchilar juni, tirnoqlari, qushlar patlari, elastin oqsili pay, qon tomirlari devorining tarkibiga kiradi. Hujayraning sitoskelet elementlari tubulin oqsilidan tuzilgan.Oqsillar xromosomalar, ribosomalar, tar kibiga ham kiradi . 6.Organizmdagi modda almashinuvi turli mexanizmlar yordamida boshqariladi. Bu boshqaruvda ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlar asosiy o‘rinni egallaydi. Ko‘pchilik gormonlar oqsil yoki polipeptid tabiatiga egadirlar gipofiz, oshqozon osti bezi gormonlari. Foydalanilgan adabiyotlar 1. A.A. XODJIMETOV BIOLOGIK KIMYO O 'zbekiston Respublikasi O liy va o ‘rta maxsus ta'lirn azirligi R.A. Sobirova, O.A. Abrorov, F.X. Inoyatova, A.N. Aripov, «Biologik kimyo». «Yangi asr avlodi», 2006 yil 2. Березов Т. Биологическая химия. М. 2000. 3. O.O.Obidov, A.A.Jo'rayeva BIOLOGIK KIMYO Laboratoriya amaliyoti 4. Кольман Я. Рём К.Наглядная биохимия. М., 2000 5. M.N.Valixanov,S.N.Dolimova, G.B.Umarova,P.Mirxamidova. Biologik kimyo va molekulyar biologiya (2-qism. Molekulyar biologiya).Toshkent, —Navroz ,2015. 3. M.N. Valixonov. Biokimyo. Toshkent. "Universitet". 2009. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling