Vengriya tajribasi qanday natija berdi?


Download 18.63 Kb.
bet1/3
Sana27.02.2023
Hajmi18.63 Kb.
#1234087
  1   2   3
Bog'liq
karto\'shkachillik


Kartoshka, xalqimiz ta'biri bilan aytganda, ikkinchi non. Chunki u ham non kabi me'daga tegmaydi. U nafaqat to'yimliligi, balki shifobaxshligi bilan ham o'ziga xosdir. Kartoshka tarkibida oqsil, yog', uglevodlar, organik kislotalar, V1, V2, RR, S, D, K, E, A vitaminlari, natriy, kaliy, magniy, kalsiy, temir, fosfor, yod kabi elementlar mavjud.
Boshqa jihatdan, “ikkinchi non” atamasining o'zi uning ijtimoiy ahamiyatini belgilaydi va oziq-ovqat iste'molida muhim o'rin tutadi. Uning sifatli va arzon bo'lishi har bir oila farovonligiga ta'sir qiladi.
Hozirgi kunda 156 mamlakatda yiliga 377 million tonnaga yaqin kartoshka etishtiriladi. Xitoy, Hindiston, Rossiya, Ukraina, AQSH, Germaniya, Bangladesh, Polsha, Fransiya va Niderlandiya eng yetakchi ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi.
O'zbekiston bu ro'yxatda 23-o'rinda turadi. 2020-yilda barcha toifadagi xo'jaliklarda 2,9 million tonna kartoshka etishtirildi, shundan 1,5 million tonnasi fermer xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi korxonalari hissasiga to'g'ri keldi.
“East fruit” kompaniyasi tahlilicha, yurtimizda kartoshka yetishtirish hajmlari yildan yilga aholi sonidan ham tezroq o'sib boryapti. Natijada 2000-yildan 2020-yilga qadar aholi jon boshiga kartoshka yetishtirishning yillik hajmi 29,5 kilogrammdan 91 kilogrammgacha, ya'ni 3 baravardan ko'proq o'sgan.
Bu juda katta muvaffaqqiyat. Lekin tahlillar kartoshkaning qaysi navini qaerga ekish aniq hisobga olinmayotgani, ayniqsa, fermer va tomorqa xo'jaliklarida topilgan urug' qadalayotgani, pirovard natijada hosildorlik past darajada bo'lib qolayotganini ko'rsatmoqda. Shu bois, yurtimizga iste'mol uchun yiliga 200-300 ming tonna, urug'lik uchun 17 ming tonna kartoshka chetdan keltiriladi.
Vengriya tajribasi qanday natija berdi?
Shu yil mart oyi oxirida mamlakatimiz kartoshkachiligi sohasida muhim voqea yuz berdi. Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida O'zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi ish boshladi. Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan ushbu muassasa Vengriya qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi negizida tashkil etildi. Markaz Vengriyadan keltirilgan navlarni sinovdan o'tkazish va urug'lik kartoshka ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.
Bu yerda mahalliy va xorijiy navlarni chatishtirish orqali kartoshka yetishtirishning barcha bosqichlarida sifatni ta'minlashga qaratilgan kompleks tizim ishlab chiqilishi, 50 dan ortiq nav mahalliylashtirilib, kartoshka genofondi yaxshilanishi uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, in vitro, o'simliklar patologiyasi, kartoshkani saqlash fiziologiyasi, sifat nazorati bo'yicha laboratoriyalar, namunalar tayyorlash, etishtirish va saqlash xonalari faoliyati yo'lga qo'yildi.
— Vengriya qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlar universiteti bilan O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi o'rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan, ushbu mamlakat selektsiyasiga mansub 6 ta — “Aranu clipke”, “Balatoni Rossa”, “Demon”, “Botant”, “White”, “09-688” nav namunalari yurtimiz tuproq-iqlim sharoitida sinash maqsadida olib kelindi, — deydi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Rustam Nizomov. — Ularning urug'lik tuganaklarini ekish ishlari Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida, shuningdek, Bo'stonliq tajriba uchastkasi, Samarqand ilmiy tajriba stantsiyasi va “Bo'stonliq kartoshkachilik markazi” qo'shma korxonasida amalga oshirildi.
Tajriba maydonlariga tomchilatib sug'orish tizimi o'rnatildi va o'simliklarni sug'orish hamda oziqlantirish ishlari ular orqali avtomatlashgan holda olib borildi. Nihollarga zarar keltiruvchi hasharot va kasalliklarga qarshi tadbirlar institutimizning O'simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish laboratoriyasi olimlari tomonidan tavsiya etilgan biologik va kimyoviy preparatlar asosida o'tkazildi. ekilgan navlar o'sib-rivojlanishi bo'yicha fenologik kuzatuvlar va biometrik o'lchovlar o'z muddatida qayd etib borildi.
Tahlil va xulosalar asosida 6 ta nav namunasidan barchasining o'sib-rivojlanishi, mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashishini ijobiy baholash mumkin. O'suv va meva shakllanishi jihatidan “09-688” (mevasi sarg'ish rangda), “Demon” (qizil rangda), “Aranu clipke” ( oq-sarg'ish rangda) boshqalariga nisbatan ertaroqligi kuzatildi. Mevalari yirik ko'rinishga ega “Demon”, “Balatoni Rossa”, “Botant” (mevasi qizil rangda) nav namunalarida bozorboplik xususiyati yuqoriroq baholandi.
Taqqoslanganda, olimlarimiz tomonidan reestrga kiritilgan “Pskom” navida o'rtacha hosildorlik gektar boshiga 18,6 tonnani tashkil etgan bo'lsa, Vengriyaning “Botant” navida 39,5 tonnadan ko'proq tosh bosdi. Bu ko'rsatkich o'z standart naviga nsbatan 112 foiz yuqori hisoblanadi. SHu jihatdan olganda, “Araniy Clipke” navi respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga to'liq moslashmagani bois standart naviga nisbatan o'rtacha hosildorligi 3,3 tonna kam bo'ldi. Degustatsiya usulidagi tahlillar hosildorligi eng yuqori bo'lgan “Balatoni Rossa” va “Botant” navlarida tugunaklar ta'mi boshqalariga nisbatan ancha yaxshi va shakli bozorgir ekanini ko'rsatdi.
Mavsumiy tajribalarga asoslanib, ishlab chiqarishga ertangi muddatda “Balatoni Rossa”, “Botant”, “White” “Demon”, “09-688” navlarini ekish tavsiya etiladi.
Vengriya seleksiyasiga mansub ertapishar kartoshka navlarini har tomonlama baholash ishlari davom ettiriladi. Shu bilan birga, institut laboratoriyasida fuzarioz vilti va fitoftora qo'zg'atuvchilarini ajratish, ularning tur tarkibi, rivojlanishi, ko'payishi va ba'zi bioekologik xususiyatlarini o'rganish ishlari olib boriladi.
Innovatsion usullar samarasida 2021-2023-yillarda hosildorlikni 30-50 foizgacha oshirish mo'ljallangan. 2024-yilga borib 21 ming tonna urug'lik kartoshka etishtirish, bu boradagi import o'rnini to'liq qoplash maqsad qilingan.

Download 18.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling