Vengriya tajribasi qanday natija berdi?
Bu va boshqa samarador navlar
Download 18.63 Kb.
|
karto\'shkachillik
Bu va boshqa samarador navlar
O'zbekistonga yuqori avlodli urug'lik kartoshka yetkazib beruvchi asosiy davlatlar Niderlandiya va Rossiya hisoblanadi. Bunday kartoshkaning narxi transport xarajatlari va sotuvchi ustamasidan kelib chiqqan holda, uni mustaqil ravishda etishtirish imkoniga ega bo'lgan mamlakatlarga qaraganda kamida ikki baravar yuqori bo'lyapti. Urug'lik kartoshka qiymati esa odatda uni etishtirish xarajatlarida eng katta ulushni egallaydi. Masalan, Samarqand viloyati Bulung'ur tumanidagi “Shamsiddin Jalilov dalasi” fermer xo'jaligi o'tgan yili Niderlandiyadan 340 tonna urug'lik kartoshka olib kelib, hududdagi fermer xo'jaliklariga etkazib bergan. Uning sifatidan fermerlar mamnun bo'ldi, lekin tannarxi “chaqib” olgani bor gap. Chunki har bir kilogramm urug'lik narxi 11 ming so'm bo'lib, shundan yo'l xarajati 8 ming so'mni tashkil qilgan. Hisob-kitoblar agar ana shu urug' o'zimizda etishtirilsa, uning narxini qariyb teng yarmiga pasaytirish mumkinligini ko'rsatadi. Qayd etganimizdek, urug'lik elita navlarining asosiy qismi yurtimizga chetdan olib kelinadi. Prezidentning 2020-yil 6-maydagi “Respublikada kartoshka etishtirishni kengaytirish va urug'chiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida“gi qarorida ana shu jihatlar hisobga olinib, xorijdan keltiriladigan urug'lik 2023-yil 1-iyulgacha bo'lgan muddatga bojxona bojidan ozod etilgan. Shu vaqt mobaynida mamlakatimizda soha urug'chiligini rivojlantirishga katta e'tibor qaratiladi. Xususan, kartoshka ekish uchun mo'ljallangan ekin maydonining kamida 50 foizida super elita va (yoki) elita va avlod urug'larini etishtirishni yo'lga qo'yilishini ta'minlanishi belgilangan. Urug'lik kartoshkani saqlash, saralash, etkazib berish va qayta ishlashni yo'lga qo'yish, sohaga ilg'or texnologiyalar, innovatsion echimlar (nou-xau) va ilm-fan yutuqlarini joriy etish ham ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Qishloq xo'jaligi vazirligi ma'lumotiga ko'ra, kartoshkaning O'zbekiston hududida ekish uchun tavsiya etilgan 131 ta navi davlat reestriga kiritilgan, shundan 19 tasi mahalliy ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan yaratilgan. — Ularning 11 tasi institutimiz olimlarining ko'p yillik ilmiy tadqiqotlarining amaliy samarasidir, — deydi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Rustam Nizomov. — “To'yimli”, ”Aqrab”, “Diyora”, “Ko'ksaroy”, ”Hosil” va, ayniqsa, keyingi paytda yaratilgan “Feruza”, “Bog'izg'on” kabi navlar keng maydonlarga ekilib kelinyapti. Lekin o'sib borayotgan bozor talabiga chetdan keltirilib, zaminimiz bag'rida etishtirilayotgan kartoshka ko'proq ma'qul kelmoqda. Bu, o'z navbatida, mahalliy va xorijiy selektsiya hamda biotexnologik navlarning birlamchi urug'chiligini yo'lga qo'yish, urug'lik bo'yicha mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yanada kengaytirishni taqozo etyapti. Kartoshkachilik sohasini rivojlantirish hamda yangi navlar yaratishda Jahon kartoshkachilik markazi (CIP) bilan hamkorlikda ishlanmoqda va botanik urug'lardan kartoshka etishtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Qishloq xo'jaligi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligidagi umumiy qiymati 195 ming dollar bo'lgan loyiha 2021-2023-yillar davomida amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi kartoshka ishlab chiqarish sohasi salohiyatini oshirishga qaratilgan bo'lib, bunga navlarni ro'yxatga olish va sertifikatlash tizimini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar yo'nalishini modernizatsiyalash, yuqori sifatli kartoshka ishlab chiqarishni rivojlantirish va tayyor mahsulotlarni omborxonalarda saqlash sharoitlarini yaxshilash orqali erishiladi. Joriy yildan Bo'stonliq, Bulung'ur, YAngiqo'rg'on, Andijon, Oltiariq, Muzrabot, Mirzaobod tumanlarida sabzavot, poliz ekinlari qator orasida kartoshkaning birlamchi urug'chiligini tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan Ilmiy izlanishlar va innovatsion ishlanmalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, kartoshka navlari seleksiyasi va urug'chiligini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etildi. Download 18.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling