Vengriya tajribasi qanday natija berdi?
Kartoshkachilik klasterlari
Download 18.63 Kb.
|
karto\'shkachillik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdurauf QORJOVOV, iqtisodiy sharhlovch
Kartoshkachilik klasterlari
Yurtimizda iste'mol va urug'lik kartoshka etishtirishni oshirish, bu sohada klaster va kooperatsiya mexanizmlarini kengaytirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlash, ushbu mahsulotga bo'lgan ichki talabni to'liq qondirish maqsad qilingan. Yuqorida qayd etilgan qaror asosida 40 ta tuman kartoshka ekishga, shundan, 23 ta tumanda urug'lik kartoshka va 9 ta tuman yuqori avlodli urug'lik kartoshka etishtirishga ixtisoslashtirildi. Ushbu tumanlarda 8 ta kartoshkachilik klasteri tashkil etildi. Ishlab chiqarishning urug'chilikdan tortib chuqur qayta ishlashgacha bo'lgan butun jarayonini qamrab olgan “Agrover” agrosanoat kartoshkachilik klasteri faoliyatini namuna sifatida ko'rsatish mumkin. Klaster ishlab chiqarish jarayonlarini maqbullashtirish, er-suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun zamonaviy texnologiyalar va uskunalardan samarali foydalanib keladi. Xususan, ming gektarga yaqin yer maydonda yomg'irlatib sug'orish va mexanizatsiyalashtirish tizimi joriy etilgan. Bu nainki obihayotni, balki mineral o'g'it va ozuqlantirish tadbirlarini 40 foizgacha tejash, har gektar erdan 50 tonnagacha hosil olish imkonini beryapti. — Mamlakatimiz murakkab iqlim sharoitida joylashgani sababli kartoshka yetishtirish achayin murakkab, — deydi “Agrover” klasteri rahbari Farhod Tohirov. — Bizdagi issiq va quruq havo kartoshka ildizi bir tekisda, bir xil hajmda o'sishi uchun muayyan agrotexnik chora-tadbirlarni o'tkazishni talab qiladi. Bunda an'anaviy usulda sug'orish juda zahmattalab va serxarajat ishdir. Biz kartoshka etishtirishda tannarxni tushirish, sarf-xarajatlarni qisqartirish maqsadida barcha jarayonni mexanizatsiyalashga qaror qildik va bunga to'la erishdik. Masalan, sprinkler (masofadan turib) aylanma sug'orish imkonini beruvchi qimmatbaho texnologiyani xarid qildik, Fregat yomg'irlatuvchi mashinalaridan ham unumli foydalanyapmiz. Bu esa yurtimizning ayrim hududlarida yiliga uch marotabagacha hosil olish imkonini beryapti. Surxondaryo viloyatida biz kartoshkaning super erta va kechki navlarini yetishtiramiz. Dekabr – yanvar oylarida super erta navini ekib, aprel – may oylarida, kechki nav esa avgust oyida ekib, dekabrda yig'ib olinadi. Ular oralig'ida esa boshqa ekinlar ekiladi. Toshkent viloyatidagi pastqam joylarga mart oyida kartoshka urug'i qadaladi, iyunda pishib yetiladi. Uning super erta va erta navlari faqat iste'mol bozori uchun etishtiriladi. Tog'oldi hududlarida kartoshkaning o'rta va kechki navlarini ekamiz. Bu iste'mol bozoriga yuboriluvchi va keyingi yilga sifatli urug'li fondini shakllantiruvi asosiy manba hisoblanadi. Shu tariqa turli tabiiy sharoitni hisobga olib, 9 oy mobaynida kartoshka ekib, 7 oy davomida hosil olishimiz mumkin. Klasterga qarashli “Voʻstonliq kartoshkachilik markazi” MCHJga Bo'stonliq tumanidagi foydalanilmayotgan va zaxiradagi yerlar hisobidan jami 1400 gektar yer o'ttiz yildan kam bo'lmagan muddatga ijaraga berilgan. Yaxlit plantatsiya maydonlarida urug'lik kartoshka uetishtirish yo'lga qo'yilgan. Uning yillik hajmi qariyb 20 ming tonnani tashkil etadi. Mazkur mahsulotning alohida saqlash sharoitlarini talab etishi ham inobatga olingan. Agrosanoat logistika markazining ishga tushirilishi 50 tonnagacha kartoshkani muzlatgichli omborlarda saqlash, birlamchi qayta ishlash (saralash, kalibrlash, qadoqlash) quvvatini esa soatiga 100 ming tonnaga etkazish imkoniyatini berdi. — Mamlakatimizda 2021-yil fermer va qishloq xo'jaligi korxonalarida jami 76 ming gektar maydonda kartoshka ekildi, — deydi Qishloq xo'jaligi vazirligi boshqarma boshlig'i Faxriddin Qirg'izboyev. — Erta bahorda asosiy maydonlarga 48,5 ming gektar va bog'-tok qator oralariga 6,4 ming gektar hamda g'alladan bo'shagan takroriy maydonlarga 21,1 ming gektar kartoshka urug'i qadaldi. Barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 3,2 million tonna (1,5 mln tonna fermer xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi korxonalarida va 1,7 mln tonna dehqon xo'jaliklari va aholi tomorqa maydonlarida) kartoshka yetishtirish ko'zda tutilgan. Kartoshkachilik sohasi salohiyatini oshirish, yanada yuqori, barqaror hamda sifatli mahsulot yetishtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga ham xizmat qiladi. Sifatli urug' – bo'liq hosil, deganlaridek, kartoshkachilikning innovatsion usullar va zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirilishi dasturxonimizda “ikkinchi non”ning to'kin bo'lishiga mustahkam zamin yaratadi. Abdurauf QORJOVOV, iqtisodiy sharhlovch Download 18.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling