M. G’aniyev O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami Kirish


-2-mavzular. Ajdodlarimizning ma`naviy qadriyatlari-jahon sivilizatsiyasi asoslaridan biri


Download 118.32 Kb.
bet2/15
Sana07.05.2023
Hajmi118.32 Kb.
#1439746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1672287661 O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami

1-2-mavzular. Ajdodlarimizning ma`naviy qadriyatlari-jahon sivilizatsiyasi asoslaridan biri.
IV-VII asrlarda mamlakatimiz xalqlarining turmush tarzi
1. Qadimgi Turon hududlarida azaldan yashab kelgan xalqlar keltirilgan javobni toping.
1) o`zbek; 2) qozoq; 3)tojik; 4) ozarbayjon; 5) qirg`iz; 6) uyg`ur; 7) qoraqalpoq; 8) turkman.
A) 1,2,3,5,7,8 B) 1,3,5,7,8 C) 1,2,5,6,7 C) 1,2,3,5,7,8 D) 1,3,4,5,7,8
2. 7-sinf O`zbekiston tarixi darsligida Vatanimizning o`rta asrlar tarixining ... gacha bo`lgan davri bilan tanishamiz.
A) IV-XIII asr boshlarigacha C) IV-XII asr oxirlarigacha
B) IV-XII asr oxirigacha D) IV-XIII asr o`rtalarigacha
3. “O`rta asrlar” tushunchasi tarix faniga ... tomonidan olib kirilgan.
A) Rus tarixchilari B) Fransuz tarixchilari C) Ingliz tarixchilari D) Italyan tarixchilari
4. Yevropada “o`rta asrlar” tarixi qachondan boshlanadi?
A) V asr boshi B) V asr o`rtalari C) V asr birinchi yarmi D) V asr oxirlari
5. Siyosiy maydonda kidariylar, xioniylar, eftaliylar kabi etnik atamalar ostida tushuniladigan qabila uyushmalari paydo bo`lgan davr bu-...
A) IV asr oxiri hamda V asr o`rtalari C) IV asr boshi va V asr o`rtalari
B) III asr o`rtalari va IV asr boshlari D) IV asr oxiri va V asr oxirlari
6. O`rta asrlar, o`z navbatida, ilk, rivojlangan va so`nggi o`rta asrlarga bo`linadi.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
7. O`zbekiston tarixining o`rta asrlar davrida Xorazm, xioniylar, kidariylar, eftaliylar, Turk xoqonligi, keyinchalik somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, Amir Temur va temuriylar hukmronlik qilgan yirik davlatlar mavjud bo`lgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
8. Ilk o`rta asrlarda “qishloq hokimlari” deb atalgan katta yer egalari bu-...
A) Kadivar B) Koshovarz C) Chokar D) Dehqon
9. Qadimda “Turon” deb atalib kelingan yurtimiz va unga tutash hududlar arablar davrida “Movarounnahr” va “Xuroson” deb atalmagan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
10. Yurtimiz XVII-XIX asr g`arb olimlari va sayyohlari tomonidan “O`rta Osiyo” yoki “Markaziy Osiyo” deb nomlangan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
11. Ilk o`rta asrlar “qishloq hokim” lari va ularning ekinzorlarida ishlovchi yersiz kishilar ...
A) Kadivar B) Koshovarz C) Chokar D) Dehqon
12. Ilk o`rta asrlar ziroatchi oddiy qo`shchilar nima deb atalgan?
A) Kadivar B) Koshovarz C) Chokar D) Dehqon
13. Mamlakatimiz hududida arab xalifaligi hukmronligi qachon o`rnatildi?
A) VIII asr boshlari C) VII asr oxiri
B) VIII asr o`rtalari D) VIII asr oxiri
14. IX-XII asrlarda yurtimizda tug`ilib, voyaga yetgan, islom dini va ta`limotiga oid asarlari bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan mashhur ulamolar tog`ri ko`rsatilgan javobni toping.
1) Imom Buxoriy; 2) Imom Termiziy; 3) Mahmud Zamaxshariy; 4) Ahmad Yassaviy; 5) Najmiddin Kubro; 6) Ahmad Farg`oniy
A) 1,3,4,5,6 B) 1,2,3,5,6 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,4,5
15. Yurtimizda yetishib chiqqan,jahon ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo`shgan buyuk mutafakkirlarni tog`ri ko`rsatilgan javobni toping.
1) Muhammad ibn Muso Xorazmiy; 2) Mahmud Zamaxshariy; 3) Ahmad Farg`oniy; 4) Abu Rayhon Beruniy; 5) Imom Termiziy; 6) Abu Ali ibn Sino.
A) 1,3,4,6 B) 1,2,3,5 C) 1,2,3,4,5,6 D) 1,2,3,4
16. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro IX-XII asrlarda zaminimizda tug`ilib voyaga yetgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
17. Moslashtiring ...
1) Ilk o`rta asrlar; 2) rivojlangan o`rta asrlar; 3) So`nggi o`rta asrlar.
a) XVI-XIX asrlar; b) IV-VIII asrlar; c) IX-XVI asrlar.
A) 1-b, 2-c, 3-a. B) 1-a; 2-b; 3-c. C) 1-b; 2-a; 3-c. D) 1-c; 2-b; 3-a.
18. V-VII-asrlarda qishloq xo`jalik ishlarining rivojiga ta`sir ko`rsatgan omil bu- ...
A) Savdoning rivojlanishi
B) Suv tegirmoni, chig`ir va charxpalak kabi suv inshootlari kashf etilishi
C) Mehnat unumdorligi
D) Yerni haydashda uy hayvonlari (buqalar)dan foydalanish
19. Vatanimiz o`rta asrlarda qanday nomlar bilan shuhrat topgan?
A) Turon B) Movarounnahr C) Turkiston D) barcha javoblar to`g`ri
20. Unumdor yerlar hamda suv taqsimoti qabila boshliqlari va ishboshilarning nazoratiga qachon o`tdi?
A) IV asrda B) V asrda C) VI asrda D) VII asrda
21. Ilk o`rta asrlar dehqon mulkini qo`riqlovchi harbiy psbon nima deb atalgan?
A) Kadivar B) Koshovarz C) Chokar D) Dehqon
22. “O`zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi” asari muallifi kim?
A) Bo`riboy Ahmedov C) Ahmadali Asqarov
B) Shuhrat Ergashev D) Moyli Lafasov
23. So`nggi antik davr to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping.
A) II-IV asrlar B) II-III asrlar C) IV-V asrlar D) II-V asrlar
24. O`rta Osiyoning dehqonchilik viloyatlarida ( So`g`diyona, Marg`iyona, Xorazm, Choch, Farg`ona va bochqalar) o`nlab mahalliy hokimliklar tashkil topishi va ularning yiriklashish jarayoni jadal kechgan davrlarni to`g`ri ko`rsating.
A) I-II asrlar B) VI-VII asrlar C) II-IV asrlar D) IV-VI asrlar
25. So`g`diyona, Marg`iyona, Xorazm, Choch, Farg`ona va bochqalar o`nlab mahalliy hokimliklar tashkil topgan
A) to`g`ri B) noto`g`ri



Download 118.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling