M. G’aniyev O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami Kirish


Download 118.32 Kb.
bet1/15
Sana07.05.2023
Hajmi118.32 Kb.
#1439746
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1672287661 O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami


M.G’aniyev


O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami




Kirish


Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, sog`lom hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hech qachon o`zining dolzarbligini yo`qotmaydigan masala hisoblanadi.
Shavkat Mirziyoyev

Mamlakatimizda so`nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar respublikamiz hayotining barcha jabhalari singari ta`lim tizimida ham yaqin istiqboldagi samaralarni ko`zlagan qator o`zgarish va yangilanishlar davrini boshlab berdi.


Tarixni o`rganar ekanmiz, qalbimizni faxr va iftixor tuyg`usi chulg`ab olaveradi. Ajdodlarimizning boy ilmiy va madaniy merosi bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo olimlarining ham diqqat-e`tiborini o`ziga tortib kelmoqda.


Qadimgi Turon hududlarida azaldan o`zbek, tojik, qirg`iz, qozoq, qoraqalpoq va turkmanlarning ajdodlari yashab kelishgan. Shu boisdan, o`zbek xalqining o`tmishi etnik jihatdan yaqin bo`lgan qardosh xalqlarning tarixi bilan chambarchas bog`lanib, uyg`unlashib ketgan.

Biz 7-sinf “Ozbekiston tarixi” darsligida IV asrdan XIII asr boshlarigacha bo`lgan vatanimizning o`rta asrlar tarixi bilan tanishamiz. Darslikdan o`zbek xalqi haqidagi ma`lumotlar, dunyo tamadduniga o`zining benazir hissasini qo`shgan buyuk ajdodlarimiz, vatanparvarlik na`munasi bo`lgan bahodirlar jasoratlari bilan bir qatorda, xalqimizning boy madaniy merosi haqidagi ma`lumotlarga ega bo`lamiz. Mazkur davrda Xorazm, xioniylar, kidariylar, eftaliylar, Turk xoqonligi, keyinchalik somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar hukmronlik qilgan yirik davlatlar mavjud bo`lgan.


VIII asr boshlariga kelib mamlakatimiz hududida arab xalifaligi hukmronligi o`rnatildi hamda o`lkamiz madaniyatiga islom dinining ta`siri kuchaydi. Xalifalik hukmronligidan keyingi asrlarda ilm-ma`rifatning rivoji uchun sharoit yuzaga keldi. Yurtimizda jahon ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo`shgan Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk mutafakkirlar, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamahshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro singari islom dini va ta`limotiga oid asarlari bilan mashhur ulamolar yetishib chiqdi.


Ushbu darslikdagi voqealar bilan tanishar ekanmiz ajdodlarimizning boy ma`naviy merosi Vatanimiz haqida ma`lumot beradi. Ilm va ma`rifatga erishish, uni egallash orqaligina komillikka erishish mumkinligini tushunamiz.
Ushbu qo`llanma Siz pedagoglarning ushbu mashaqqatli va ayni paytda sharafli vazifangiz yo`lida biroz bo`lsada ko`mak berish maqsadida 2022-yil nashrdan chiqqan va bugungu kunda respublikamizning barcha umumiy o`rta ta`lim maktablarida amalda bo`lgan 7-sinf “O`zbekiston tarixi” darsligi asosida yaratilgan. Unda keltirilgan har bir mavzu uchun mukammal mavzulashtirilgan testlar “O`zbekiston tarixi” fanidan I yarim yillik 1-25-mavzular asosida o`quvchilar bilimlaridagi bo`shliqlarni aniqlash, ularni to`ldirish va mustahkamlash uchun qo`l keladi degan umiddamiz. Qo`llanmada har bir mavzu bo`yicha tuzilgan test savollari javoblari ilova qilingan. Shunday ekan, mazkur o`quv qo`llanma Sizning samarali pedagogik faoliyatingizda ajralmas hamrohingizga aylanishiga ishonamiz.
Bundan tashqari ushbu o`quv qo`llanma umumiy o`rta ta`lim maktabi va o`rta-maxsus ta`lim muassasalarining tarix fanidan oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kiruvchi,fan olimpiadasiga tayyorgarlik ko`ruvchi o`quvchilari uchun tavsiya etiladi.


Download 118.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling