M. G’aniyev O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami Kirish


Download 118.32 Kb.
bet5/15
Sana07.05.2023
Hajmi118.32 Kb.
#1439746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1672287661 O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami

6-7-mavzular. Eftaliylar

1. Eftalon sulolasiga mansub qabila Turon hududida hukmronlik qilgan davrni toping.


A) V-VI asrlarda B) IV-V asrlarda C) VI-VII asrlarda D) III-IV asrlarda
2. Manbalarda eftaliylar, eftallar, eftalitlar, xaytallar kabi turli nomlar bilan atalgan eftaliylar qabilalari ittifoqiga asos solgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
3. Eftallar shohi to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping.
A) Eftalon B) Shovshafar C) Vaxshunvar D) A va B javob to`g`ri
4. Eftallar davrida Xorazm, So`g`diyona, Choch va Baqtriya viloyatlarida hashamatli binolari bo`lgan alohida-alohida qo`rg`onlar yuzaga kelgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
5. Eftaliylar davlatida iqtisodiy-savdo munosabatlarining izchil yo`lga qo`yilishi na`tijasida mamlakat xo`jalik hayotining ravnaq topgan sohalari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping.
1) dehqonchilik; 2) suniy sug`orish; 3) chorvachilik; 4) zargarlik; 5) bog`dorchilik; 6) hunarmandchilik; 7) kandakorlik.
A) 1,2,3,5,6 B) 1,2,4,5,6 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1,3,4,5,6
6. Eftaliylar davlat boshqaruvida ma`lum qonun-qoidalar mavjud bo`lgan. Davlat harbiy kuchga tayanmagan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
7. Sosoniylar va eftallar o`rtasidagi harbiy to`qnashuvlar bo`lgan?
A) IV asrda B) V asrda C) VI asrda D) IV asr oxirlari
8. Vaxshunvar va Peruz davri voqealari o`z aksini topgan asarni toping.
A) Mirxondning “Ravzat us-safo” asari
B) Hofiz Tanish Buxoriyning “Zafarnoma” asari
C) Ahmadali Asqarovning “Ozbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi” asari
D) Firdavsiyning “Shohnoma” asari”
9.Eftaliylar davriga oid koshin (freska) parchasida nima tasvirlangan?
A) bo`ri tasviri B) suvoriy tasviri C) sulola tamg`asi tasviri D) hukmdor tasviri
10. Eftaliylar davlatining poytaxti bo`lgan shahar.
A) Poykent B) Balx C) Varaxsha D) A va C javo to`g`ri
11. Qaysi davlat hukmdorlari Sho deb atalgan?
A) Eftaliylar B) Xioniylar C) Kidariylar D) Xunnlar
12. Eftallar davlatida Viloyatlarda boshqaruv mahalliy xonadonlar ( sulolalar) tomonidan olib borilgan. Mazkur mulklar hukmdorga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. Hatto ularning har biri o`zining kumush yoki mis tangalarini zarb etgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
13. Sosoniylar shohi Pero`z qachon halok bo`lgan?
A) 456-yil B) 484-yil C) 452-yil D) 457-yil
14. Eftaliylar davrida saltanat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan. Taxt avloddan-avlodga o`tgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
15. “Shohnoma”da ko`rsatilgan shu xalqning Gatfal ismli podshohiga o`xshatilgan eftaliylar podshosi kim?
A) Vaxshunvar B) Eftalon C) Katulf D) Pero`z
16. Eftaliylar V asr boshlarida mamlakatimiz hududiga G`arbdan kirib kelgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
17. So`g`d tili xalqaro savdo tili sifatida ... hududlarida muomalada bo`lgan.
A) Yettisuv, Farg`ona, Sharqiy Turkiston va Xitoy
B) Farg`ona, Samarqand va Balxda
C) Shimoliy Xitoy, Yettisuv va janubiy Sibir
D) Sharqiy Turkiston, Eron va Yettisuv
18. Eftaliylar alifbosiga xos xususiyatlarni belgilang.
1) Eftaliylar alifbosi Baqtriya yozuvi asosida shakllangan; 2) mazkur alifbo o`ngdan chapga qarab yozilgan; 3) ushbu alifbo 25 harfdan iborat bo`lgan; 4) mazkur alifbo chapdan o`ngga qarab yozilgan.
A) 1,3,4 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4
19. Eftaliylar davrida harbiy soha bilan faqat o`smir o`g`il bolalargina shug`ullanmagan, qizlar ham otda yurishga, kamondan o`q uzish kabi mashqlarga jalb qilingan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
20. Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftallar dastavval ... hukmdorlarning kumush tangalaridan keng foydalanadi.
A) so`g`diy B) xioniy C) kidariy D) sosoniy
21. Eftallar davrida ... da mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa-tangalar mamlakatning ichki savdosida keng muomalada bo`lgan.
A) Buxoro, Poykand, Vardona, Naxshab, Samarqand va Xorazm
B) Buxoro, Poykand, Vardona, Farg`ona, Samarqand va Xorazm
C)Buxoro, Poykand, Chog`aniyon, Naxshab, Samarqand va Xorazm
D) Buxoro, Poykand, Vardona, Balx, Samarqand va Xorazm
22. Turonda shishasozlik rivojlangan. Vizantiya imperatorlari o`z saroylarini bezashda Turondan keltirilgan rangli shishalardan foydalanganlar.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
23. Eftallar ... bilan bo`lgan xalqaro savdoda faol qatnashganlar.
A) Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya
B) Hindiston, Eron va Vizantiya
C) Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya va Vizantiya
D) Xitoy, Turkiya va Vizantiya
24. Ipak yo`li savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan ... vositachi rolini o`ynardi.
A) baqtriyaliklar B) so`g`diylar C) turklar D) xorazmliklar
25. Eftaliylar tangasida nima tasvirlangan?
A) bo`ri tasviri B) suvoriy tasviri C) hukmdor tasviri D) sulola tamg`asi
26. Eftaliylar e`tiqod qilgan dinlarni ko`rsating.
1) zardushtiylik; 2) islom; 3) tangrichilik; 4) buddaviylik; 5) moniylik; 6) mazdakiylik.
A) 1,2,3,5 B) 2,4,5 C) 1,2,3,5,6 D) 1,3,4,5,6
27. 568-569-yillarda Vizantiya imperatori huzurida bo`lga turk elchisi imperatorning: “Eftaliylar shaharlarda yashaydilarmi yoki qishloqlardami?”-degan savoliga: “Ular qishloqlik sulolalar, oliy bhazratlari”, - deb javob bergan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
28. V asrda Pnjikentda nisbatan qadimiyroq bo`lgan qishloq o`rniga barpo etilgan yangi shahar maydoni qancha bo`lgan?
A) 15 gektar B) 17 gektar C) 18 gektar D) 25 gektar
29. Arab manbalarida “Madina at-tujjor”-”Savdogarlar shahri” deb ta`riflangan shahar ...
A) Poykand B) So`g`d C) Panjikent D) Farg`ona
30. Turon aholisining madaniy an`analari qo`shni mamlakatlar tasviriy uslublari bilan uyg`unlashib, IV-V asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylangan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
31. Buxoro shahriga oid to`g`ri javoblar berilgan qatorni toping.
1) IV-V asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim ahamiyatga ega bo`lgan yiriki markazlardan biri Buxoro edi; 2) to`g`ri to`rtburchak shakldagi ushbu shaharning asosi21 gektar bo`lib, bu yerda mustahkam himoya inshootlari, hukmdor saroyi, mafkuraviy inshootlar, turar joylar qad rostlagan; 3) Buxoro IV asrdan boshlab Turonning yirik madaniy va iqtisodiy markazlaridan biri bo`lgan; 4) shaharning yettita darvozasi bo`lib, mazkur holat uning muhim savdo-tranzit yo`li ustida joylashganligidan dalolat beradi.
A) 1,4 B) 2,4 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4
32. Zartepaning maydoni qancha?
A) 15 gektar B) 17 gektar C) 18 gektar D) 25 gektar
33. Eftallar davriga oid qadimgi shaharlar to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping.
1) Panjikent; 2) Termiz; 3) Buxoro; 3) Poykand; 4) Zartepa; 5) Naxshab.
A) 1,3,4 B) 2,4,5 C) 1,4,5 D) 1,2,3,4,5
34. Qal`a, qo`rg`on va istehkomlar ilk o`rta asrlar davrining o`ziga xos me`morchilik na`munalaridan bo`lib, Naxshab vohasidagi Zahoki Maron, Buxorodagi Shahri Vayron, Xorazmdagi Fir qal`asi shular jumlasidandir.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
35. Moslashtiring.
1) Buxoro So`g`dida; 2) Samarqand So`g`dida: 3) Naxshab (Qarshi) vohasida; 4) Xorazmda;
a) o`ng tomonida hukmdor tasviri tushirilgan kumush va mistangalar; b) orqa tomonida tik turgan kamonchi tasviri tushirilgan kumush tangalar; c) old tomonida hukmdor boshi, orqa tomonida otliq chavandoz tasviri tushirilgan kumush va mis tangalar zarb etilgan;
d) o`ng tomonida podsho bosh qismi tasviri tushirilgan mahalliy kumush va mis tangalar muomalada bo`lgan.
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
36. Moslashtiring.
1) Zog`ariq; 2) Bo`zsuv; 3) Darg`om
a) hozirgi vaqtda ham Toshkent vohasi va janubiy Qozog`iston yerlarining bir qismini suv bilan ta`minlab turadi; b) Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi; c)V asrda barpo etilgan.
A) 1-a,c, 2-a,c 3-b,c B) 1-b,c, 2-a,c, 3-b,c C) 1-a,c, 2-b,c, 3-a,c
37. “Eftaliylar podshosi rimliklar va boshqa podsholardan qolishmaydigan holda alohida g`amxo`rlik ko`rsatadi, o`zlari va qo`shnilari bilan bo`lgan munosabatlarda adolat me`zonlariga amal qiladi”. Ushbu so`zlar muallifini toping.
A) Firdavsiy B) A.Asqarov C) K.Trever D) Prokopiy Kesariyskiy

Download 118.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling