M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan


J.Rouling kitobining oltinchi va so`nggi qismi “Harry Potter va qonli shahzoda”


Download 1.15 Mb.
bet31/48
Sana13.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1193912
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
Bog'liq
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan

J.Rouling kitobining oltinchi va so`nggi qismi “Harry Potter va qonli shahzoda” deb nomlanadi. Mazkur yil butun sehrgarlik olami uchun va asosan, Harry Potter uchun oxirgi yil bo`lib qoladi.
Woldemort qochib ketganidan so`ng u o`z jonini 7 bo`lakka bo`lib yashiradi. Dambldor va Harry shu narsalarni topish uchun hamma joyni aylanib chiqib, shu orqali Woldemortni o`ldirmoqchi bo`lishadi. Yangi o`quv yili boshlangach, maktabga yangi o`qituvchilar kelishadi. Harry maktabdagi kuchli sehrgarga aylanadi. Uning nomi hammaning tilida yuradi. Potter 16 yoshga kirib, ancha katta yigitga aylanadi, o`ziga o`qituvchilardan do`stlar orttiradi.
Shuningdek, shu maktabda ishlab yurgan o`qituvchilardan biri Severus Sneip Woldemortga bo`ysunadigan odam bo`ladi. Qisqa vaqt ichida maktab o`quvchilaridan bo`lgan Draco Malfoy ismli bolani ham Woldemort tomonga o`tishga majbur qiladi. Ammo Dambldor 5 yildan buyon shu o`qituvchiga ishonib kelgan. Yovuz kuchlar kundan-kunga maktabga kirishni boshlaydilar. Dambldor va Harry bu paytda Woldemort bilan mashg`ul bo`lib buni sezishmaydi. Ammo qaytib kelishganda, maktabda Woldemortning tarafdorlari to`lib ketganini ko`rishadi. Lekin endi qandaydir chora ko`rishga kech edi. Shu payt Dambldor Harryga tezda ketishini, nima bo`lganda ham qaytmasligi kerakligini uqtiradi. Harry ketishi bilanoq Dambldorni bosqinchilar o`rab olishib, uni o`ldirishadi. Bu ishni Dambldor ishongan odam Severus Sneip amalga oshiradi.
Eng ulug` va eng buyuk sehrgar olamdan o`tadi. Bu ishlar Harryning ko`z oldida yuz beradi. Ular Dambldorni o`ldirishgach, butun Hogwartsni ostun-ustun qilishadi. Maktab qaytib tiklab bo`lmas holga keladi. Biroq, Harry Dambldor boshlagan ishni oxiriga yetkazishga so`z berdi. U ustozining o`limi uchun albatta, qasd oladi.
Ha, yana bir narsani aytib o`tish joizki, shu yillar ichida Harryning 2 do`sti uni doim qo`llab-quvvatlab kelishdi. Ularning ismini bilasiz. Qonli shahzoda esa Severus Sneip ekanligi, Woldemortni faqatgina Harry Potter o`ldira olishi ham asarning so`nggi qismida batafsil aytib o`tilgan. Yozuvchi ham o`z asaridan ta’sirlangan bo`lsa kerak. Asosiy qahromonimizning hayoti esa har bir o`quvchini qiziqtirishi turgan gap. Biz esa yozuvchidan bundan-da, qiziqroq asarlar, Harry Potterdan esa yangi qahramonliklar kutib qolamiz. Shu asar asosida ajoyib filmlar ishlangan bo`lib ular xuddi shunday nomlar bilan ataladi. Bu nomdagi filmlar hozir katta ekranlarga chiqqan hamda yuqorida keltirilgan olti qism kattayu kichik tomoshabinlarga takror-takror havola etilayotir. Filmda yosh Harry Potter rolini Daniel Radclife o`ynagan. Nazarimizda, ingliz xalqining bu asari butun dunyo bolalarining sevib o`qiydigan kitoblari qatoridan o`rin egallashga ulgurgan.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling