O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi
Buxoro Davlat Universiteti
Qayd raqami ____________ Tasdiqlayman
O `quv ishlari bo`yicha prorektor
_________ M.I.Daminov
«_____»_________2020-y.
ONA TILI VA ADABIYOT
FANIDAN
O`QUV-USULIY MAJMUA
3-kurs uchun
(Adabiyot qismi)
Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo`nalishi:
|
100000 –
110000 –
5111700 –
|
gumanitar
pedagogika
boshlang`ich ta’lim, sport va tarbiyaviy ish ta’lim yo`nalishi
|
Buxoro – 2020
O`UM muallifi: Jamilova B.S.
Boshlang`ich ta’lim nazariyasi kafedrasi
dotsenti
Taqrizchilar: L.F.Sharipova, f.f.d. dotsent
D.H.Quvvatova, f.f. d., dotsent.
Kafedra mudiri v.b.: PhD, dotsent M.Y. Ro`ziyeva.
Kafedraning _____ yig`ilishi qarori 2020-y. «______» ______________
Kelishildi:
Fakultet kengashi raisi: Q.R.To`xsanov
Fakultetning _____ yig`ilishi qarori 2020-y. «_____» _________________
MUNDARIJA
O`QUV MATERIALLARI 5
MUSTAQIL TA’LIM 82
Ilovalar. 94
Baholash mezonlari 94
TAQDIMOT 96
ANNOTATSIYA
Ona tili va adabiyot universitet va institutlarning boshlang`ich ta'lim yo`nalishi o`quv rejasiga kiritilgan bo`lib, uni mutaxassislik o`quv predmeti sifatida bosqichma-bosqich tizim asosida o`qitish ko`zda tutilgan.
Ona tili va adabiyot fani yuzasidan mazkur dastur asosida bo`lg`usi boshlang`ich ta'lim o`qituvchilariga ona tilimizning sintaktik xususiyatlari, so`z birikmalari, gap bo`laklari, tilning grammatik qurilishi, gap sintaksisi, ko`chirma va o`zlashtirma gap yuzasidan nazariy bilim berish, talabalarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish hamda savodxonlgini oshirish, takomilashtirish yuzasidan amaliy malaka hosil qilishdir. Shuningdek, yuqori kurs talabalariga jahon bolalar adabiyoti namunalarini mutolaa qilish malakasini shakllantirish, turli xalqlar bolalariga mo`ljallangan asarlarning g`oyaviy-badiiy jihatdan o`ziga xosligini ochib berishga qaratilgan. Zero, o`z kasbiy mutaxassisliklari talabidan kelib chiqib, bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilari va psixologlar nafaqat o`zbek bolalar adabiyoti namunalarini, balki jahon xalqlari bolalar adabiyotidan voqif bo`lish, uning ma’rifiy-estetik ahamiyatini anglay bilmog`i darkor. Shu ma’noda, bu sohadagi asosiy nazariy bilimlarni o`rganishda quyidagi tamoyillarga alohida e’tibor beriladi: o`zbek va jahon bolalar adabiyoti durdonalari, ularning mazmun-mundarijasi,chet el bolalar adiblarining mahorati, asarlari-ning badiiy xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |