M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.15 Mb.
bet8/48
Sana13.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1193912
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
Bog'liq
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan

Valter Skott (1771 -1832). Bu yozuvchi haqqoniy mumtoz tarixiy roman asoschisi deb tan olingan. U birinchi bo`lib quruq tarix bayoniga tirik insonlarni (aksariyat o`zining to`qima personajlarini) kiritdi va shu narsa uning ijodini jamiyatning barcha qatlamlari uchun qiziqarli bo`lgan asarlar yozilishiga asos bo`ldi. Edenburglik advokat, xalq balladalarini yig`uvchisi, kolleksioner hamda gotik uslubida qurilgan hashamatli qasr egasi ser Val'ter Skottga 26 roman, bir qancha she`riy to`plamlar, to`rtta p'esa, cheksiz tarjimalar, adabiy qayta ishlangan tarjimalar, jurnal maqolalari, retsenziya fel'etonlar, yorqin tarixiy tadqiqotlar tegishlidir. Hozirda Skottning asarlari o`smirlar adabiyoti xazinasi sanalsa, o`z vaqtida uning asarlarini Bayron va Gyote, Geyne va Stendallar o`qigan. Pushkin uni "shotland sehrgari" deb atagan bo`lsa, Bal'zak uni o`z ustozi deb bilgan. Val'ter Skott Shotlandiyaning Edenburg shahrida mashhur va taniqli shotland shajarasiga mansub huquqshunos oilasida tug`ildi. U o`zining ham ota, ham ona tomonidan mashhur sulolardan ekanligi bilan faxrlangan. 1772 yilning fevralida Skott bolalar falaji bilan kasal bo`lib, bir o`ng oyog`i harakatlanmay qoladi. Davolash uchun qilingan urinishlarning bari samarasiz bo`lib, u bir umrga cho`loq bo`lib qoladi. Skottning o`zi, aynan shu kasallikni boshqa bolalar bilan birga o`ynab, harakat qila olmasligini - yoshligidan "sehrli va qo`rqinchli" asarlar mutoolasi bilan mashg`ul bo`lishiga sabab, deb ko`rsatadi. Kasalligi sabab u yoshligini shahar tashqarisidagi buvasining uyida o`tkazadi. Bu davrlar uning yodida bir umrga qolgan. Djanet xola unga tarixiy qahramonlik haqidagi va sehrli balladalarni o`qib berar, Skott esa uni darhol yodlab olardi. Skott 1814 yilda asosan dunyoviy shon-shuhrat keltirgan romanlar yozdi. Uning romanlari orqali bizga Angliya va Shotlandiya tarixi butun borlig`icha gavdalnadi. Skott ijodida romantizmdan realizmga o`tish kuzatiladi. Birinchi bo`lib uning asarlarida davlat boshqaruvi, jamiyat hayotiga qirollar, podsholar ko`zi bilan emas, balki badiiy qahramonlar nigohi bilan razm solinadi. Jahon adabiyoti tarixiga Val'ter Skott tarixiy roman asoschisi sifatida hamda shu janrning eng zo`r ustasi sifatida kirib kelgan.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling