M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.15 Mb.
bet16/48
Sana13.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1193912
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
Bog'liq
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan

Tayanch so`zlar: "Janglyorlar", jestlar, Buyuk Karl, "Roland haqida qo`shiq", sxolastika, cherkov, gumanizm, imjimaloq, etikdo`z, cho`qintirgan, feya, tipik, parallel, turkum, trilogiya, robinzonad, ilmiy fantastika, jyulverncha, motiv, mul'tiplikatsiya, soddadil, ehtiyojmand.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Fransuz adabiyotining ilk yodgorligi nima?
2. Janglyorlar poeziyasi qanday doston?
3. "Roland haqida qo`shiq" qay darajada mashqur, nega?
4. Frantsiyada ertaklarning oltin asri qaysi davr?
5."Gargantyua va Pantagryuel"-qanday asar?
6. Jyul' Vern trilogiyasi qaysi janrdagi asar va ular nima uchun "robinzonad" deyiladi?
7."Kichik shahzoda" kimning qalamiga mansub va uning bolalarbop xususiyatlari nimada?


7-mavzu: Sharl Perro ertaklarining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari
Reja:
1.Sharl Perro hayoti va ijodi.
2. Sharl Perro – adabiy ertaklar muallifi.
3. Sharl Perro adabiy ertaklarida bolalar obrazi ifodasi.
IPT – sharhlovchi ma'ruza.
IAT – mavzuga doir slayd.
Sharl Perro (1625 - 1703). 1697-yilda Fransiyada "Mening onajonim Gusinining ertaklari" deb nomlangan kitob nashrdan chiqdi. Aslida ertakni o`sha davrdagi mashhur shoir, fransuz akademiyasining a`zosi Sharl Perro yozgan bo`lsa-da, uning muallifi P.Darmenkur deb hisoblanardi. Ko`p kitoblar muallifi Sharl Perro ismi sharifini "jiddiy bo`lmagan" ertaklar ostiga qo`yishni o`ziga eb ko`rmay, uni o`g`lining ismi sharifi bilan imzolagan edi. Lekin aynan shu sehrli ertaklar jahon adabiyotining oltin fondiga kirib, yozuvchiga shon-shuhrat keltirdi. Perroning ertaklari ko`p marotaba boshqa tillarga tarjima qilingan va nashrdan chiqqan. Ertakning rus tilidagi tarjimasini I.S.Turgenev amalgam oshirgan.
Perro o`z ertaklarining so`zboshisida ertak janrining asosida yotgan jiddiy hamda kulgili va g`alati narsalarni uyg`unlashib ketishiga ishora qilib:"...bu umuman, bekorchilik emas, balki o`zida foydali pand-nasihatni mujassamlashtirgan... hikoyaning sho`x, o`ynoqi tuzilishini esa faqagina o`quvchi aqliga ko`proq yoqimli tarzda ta`sir qilish, shu bilan birga unga ham o`rgatib, ham xushnud qilishi uchundir..." degan edi. Bolalikning ilk davridan boshlab bizga "Qizil shapkacha", "Jimjimaloq bola", "Zolushka", "Etikli Mushukcha", "Uyqudagi malika", "Ko`k Soqol" kabi ertaklar ma`lum. Bir xil ertaklarning qahramonlari odamxo`r maxluqdan yoki zolim bo`ridan o`zlarini o`zlari qutqargan bolalardir. Bu odatga ko`ra, bibliyadagi yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytargan Iosifni esga soladi. Jimjimaloq bola shu kabidir; muallif ertakning oxirida yozishicha, o`zining yaqinlariga yaxshilik qiladi va o`zining butun oilasini - ham otasini, ham og`alarini ta`minlaydi. Zolushka ham xuddi shundaylardan, u qanchalar go`zal bo`lsa, shunchalar oqko`ngil hamdir; u o`gay opalarini o`zi bilan saroyga olib ketadi. Perro ertaklarida yaxshilik va haqiqat g`alaba qozonadi hamda qahramonlarga sehrgar personajlar, “Zolushka” yoki “Etikli mushukcha”da etikdo`zning kichik o`g`lini cho`qintirgan onasi - oqko`ngil Feya yordam beradi. Bo`ri, mushuk inson tilida so`zlashadi, bu folklorning bir ko`rinishi bo`lib, muallif xalq ijodining boy an`analariga tayanadi hamda o`ziga xos mualliflik janrini yaratadi. "Qizil shapkacha" ertagida tipik fol'klor asos namoyon bo`ladi: bu qizil Shapkachaning buvisiga etayotgan narsasi ("pirojok nesu da gorshochek masla"), savollaridagi hamda buvisining kiyimiga kiyinib olgan bo`rining javoblaridagi takrorlash va parallelliklarda ko`zga tashlanadi. Perroning boshqa ertaklarida birinchi o`rinni romantik sevgi tarixi egallagan. Qahramon qator sinovlardan o`tib, o`zining mukofotini oladi: yaxshilik yomonlikni ustidan g`alaba qozonadi, ya`ni, xuddi "Uyqudagi malika" yoki "Ko`k Soqol" ertaklaridagi kabi. Sharl' Perro ertaklari qahramonlarining nomlari allaqachon turdosh otlarga aylanib ulgurgan. Zolushka yoki Ko`k Soqol tarixlari har xil ko`rinishlarda ko`p marta jahon adabiyotida qayta-qayta ishlangan va saqnalashtirilgan.



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling