M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.15 Mb.
bet14/48
Sana13.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1193912
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
Bog'liq
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan

Jyul Vern (1828-1905) hali-hamon o`smirlarning eng sevimli yozuvchilaridan biri bo`lib qolmoqda. Uning kitoblari dunyoga kelishi bilanoq, jahon tillariga tarjima qilinib, butun jahon bo`ylab tarqalgan. Zamondoshlari uni butundunyo sayyohi, ustaxonasiz kashfiyotchi, deb atashgan. U fransuz adabiyotida ilmiy fantastik janrning asoschisi. Adibning ijodiy g`oyalari juda ulkan: butun dunyoni, turli iqlimdagi mamlakatlarning tabiatini, turli xalqlarning madaniyati, urf-odati hamda an`analarini tasvirlash edi. Lekin bularning barchasini u geograf sifatida emas, balki, "G`aroyib sayohatlar" (yoki "G`aroyib sarguzashtlar") deb nomlagan ko`p tomli romanlar seriyasini yaratish maqsadini ko`zlardi. Jyul' Vern "G`aroyib sayohatlar" ustida ishlashni 1862 yildan 1905 yilgacha olib bordi va hamma qismlarining nashri qariyb yarim asrga cho`zildi. Uning asarlarida dunyo bo`ylab sayohatlar, chunonchi, Yevropa mamlakatlari, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo, Avstraliya, Okeaniya, Arktika va Antarktika mamlakatlari tasvirlangan. To`rtta roman "robinzonad" turkumini tashkil etadi; ularning voqealari kimsasiz orollarda kechadi. Boshqa romanlarning voqealari okeanlarda, dengizlarda, hattoki, planetalararo bo`shliqlarda bo`lib o`tadi. "G`aroyib sayohatlar"da muallifning jug`rofik, aniq va texnika fanlariga oid, fantastika va muhandislikka oid bilimlari ajoyib tarzda uyg`unlashib ketadi. Vernning qahramonlari – tadqiqotchilar, muhandislar, quruvchilar; ular uzoq masofalarni bosib o`tishadi, yangi mashinalarning turlarini yaratishadi, suv osti hamda havo kemalari ixtiro qilishadi, vulkanlarni, dengiz va okean tublarini tadqiq qilishadi hamda yangi erlarni kashf qilishadi. Binobarin, muallif jahon adabiyotiga ilmiy-fantastika janrining asoschisi bo`lib, kirib keldi. Shu jumladan, uning romanlari g`aroyib sayoh’atlar hamda sarguzashtlar namunasidir. Uning kitoblarida har bir zukko, aql-idrokli o`spirinni qiziqtirib qo`yadigan barcha narsalar mujassam. Bundan tashqari, uning asarlarida insonning yaratuvchanlik qobiliyati, ijodkorligi va aql-zakovatiga ishonch hissi ufurib turabdi. Yozuvchining o`zi Nante shahridagi advokat oilasida dunyoga kelgan. Oilaviy an`anaga ko`ra, bolakay otasining kasbini me`ros qilib olmoqchi edi. Ammo bola dengiz sayohatlarini, kemalarni orzu qilardi. Lekin otasi Jyul' Vernni parij huquq maktabiga o`qishga jo`natadi. O`ta qiziquvchan yosh yigitchaning ilmga tashnaligi uni Milliy kutubxonaga borib ko`proq kitob o`qishga, ma`ruzalarda, ilmiy munozaralarda ishtirok etishga, geografiya, astronomiya kitoblarini o`qishga hamda yangiliklardan boxabar bo`lishga undaydi. U o`zining yozuvchilik iqtidoriga amin bo`lgan holda komediyalar, dramalar, librettolar yozishga kirishadi va shu bila bir qatorda, Nantga qaytib yuristlik qilish niyati ham yo`q emasdi. U "Havo sharida besh hafta" deb nomlangan debyut asarga qo`l uradi. Ammo bu asar uning barcha taxminlaridan ham ortiqroq natijalar berdi. Bu ilm haqidagi haqiqiy asar bo`lib, unda qiziqarli sarguzashtlar, ilmiy bilimlar va gipotezalarni ommalashtirish bilan uyg`unlashib ketadi. Afrika haqidagi birinchi asarning o`zidayoq Jyul' Vern hali kashf etilmagan Nil manbalarining aniq joylarini bashorat qiladi. Havo shari bilan bog`liq fantastikani ortidan endi "Yer markaziga sayohat" (1864) deb nomlangan geologik, keyin Arktika haqidagi "Kapitan Gatterasning sayohatlari va sarguzashtlari" (1864-1865) hamda "Yerdan Oyga" deb nomlanagan fazoviy asarlar paydo bo`ldi. Fransuz yozuvchisining qahramonlari doim yodda qolarlidir. "Kapitan Grantning bolalari" haqida ham shunday fikrni bildirish mumkin. Uning qahramonlari yuragining tozaligi va maqsadlari sari intilishlari, sotqinlik va ikkiyuzlamachilikni bilmasliklari hamda har doim o`zlarining oldiga qo`ygan maqsadlarini amalga oshishiga ishonishlari bilan ajralib turishadi va ularning niyatlari o`zlariga hamroh bo`lib, yo`llarida uchragan barcha qiyinchilik va to`siqlarni yengib o`tishadi.
Shunga hamohang voqelik tizimi "Mo`jizakor orol", "Yigirma ming le suv ostida" kabi romanlarida davom ettiriladi. Shunday qilib, yuqorida nomlari zikr etilgan romanlar "Kapitan Grantning bolalari" "G`aroyib sayohatlar" bilan birgalikda trilogiyalar seriyasini tashkil etadi. Bu romanlar asosida yosh kitobxonlarning bir nechta avlodlari tarbiyalangan. Endilikda, ilm-fan taraqqiy etib, katta odimlar ila rivojlanayotir. Ammo, Kapitan Nemoning "Nautilus"i yoki jyulverncha aqlga sig`mas mashinalari eskirgan bo`lsa-da, baribir adib qahramonlarining mard-jasurligi avvalgidek, yoshlarni o`ziga tortadi. Fransuz yozuvchisining kitoblari motivi asosida bir qancha mul'tiplikatsion va badiiy fil'mlar olingan, spektakllar qo`yilgan.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling