M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan
Download 1.15 Mb.
|
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-mavzu: Rus bolalar adabiyoti va uning yetakchi xususiyatlari . Reja
Tayanch so`zlar: "Kantson'ere", volgar'e, ruhiy kamolot, "Pantameron", Pinokkio, Chippolino, buratino, marionetka, Djannetino, qo`g`irchoq komediya, seminariya, qirollik, piyoz oilasi, kosmik svilizatsiya, novella, majmua.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Italiya adabiyoti Uyg`onish davri vakillari kimlar? 2. Italiya xalq ertaklarining dastlabki to`plovchisi? 3. "Pantameron" qanday asar? 4. Kollodi ital'yan bolalar adabiyotining haqiqiy asoschisi deyilishiga sabab? 5."Pinokkioning sarguzashtlari yoxud bir qo`g`irchoq tarixi" asarining yaratilish va ommalashish tarixi? 6. Ertak qissadagi obrazlar tavsifi: Qora Chigirtka, Pari, Manjafoko va boshqalar. 7. Yog`och bola-Pinokkio qanday qahramon? 8. Asardagi Galvarsiston, Tarallabedod mamlakatlariga munosabat? 9. Ertak qissaning badiiy va janriy xususiyatlari haqida nima deya olasiz? 10. “Pinokkioning boshidan kechirganlari” ertak qissasining jahon va o`zbek bolalar adabiyotiga ta’siri. 11. Janni Rodarining mashhur nomi? 12. "Chippolino" va uning muallifi haqida nimalarni bilasiz? 13."Yangi yil archalari", "Osmondagi tort", "Jip televizorda", "Jel'somino yolg`nchilar mamlakatida" nomli novellalarda qanday mavzu-g`oya ilgari surilgan. 14."Fantaziya grammatikasi" qanday asar? 11-mavzu: Rus bolalar adabiyoti va uning yetakchi xususiyatlari. Reja: 1. Rus bolalar adabiyotining shakllanishi va taraqqiyot tamoyillari. 2. Lev Tolstoy – rus bolalar adabiyoti namoyondasi. 3. Lev Tolstoy – ertaknavis adib. Tayanch tushunchalar: shakllanish, taraqqiyot, tamoyil, ertak-doston IPT – sharhlovchi ma'ruza. IAT – mavzuga doir slayd. Bolalar adabiyotining dunyoviy sarchashmasini, jahon adabiyoti qayerdan boshlagan bo`lsa shu yerdan izlash lozim: shubhasiz, avvalo, arxaik sivilizatsiyalar, antik davr, dunyo dinlari rivojining eng birinchi davrlaridan, shuningdek, bitmas-tuganmas ummon bo`lmish-jahon folkloridir. Slavyanlarda kitob madaniyatiga birinchi tamal toshini qo`ygan shaxslar aka-uka Kirill (826 -869) hamda Mifodiylardir (820-885). Makedoniyalik greklar janubiy slavyanlarga Vizantiyaning ilohiy kitoblarini olib kelishgan va shu yerdan qadimgi Rus zaminlariga ham birinchi kitoblar o`tib qolgan. Kirill va Mifodiylar qadimiy bolgar tilining makedon lahjasiga birinchi bo`lib Injilni tarjima qilishgan. Tarjima qilish maqsadida ruslar uchun muqaddas aka-ukalar 863 yillarda slavyan alifbosini yaratishgan, grek alifbosi asosida yahudiy hamda kopt harflarini qo`shish natijasida alifbo tuzgan. Bu alifbo kirill alifbosi deb nom olgan. Kiev Rusi adabiyoti X-XIII asr o`rtalarida paydo bo`lgan. Qadimgi rus kitobchisi yozuvni faqatgina xristianlikdagi pand - nasihatlarning qaysi birinigina to`g`ri desa, shuni yozish kerak, deb bilgan. U tasavvur qila olmagan hamda uni keraksiz deb bilgani uchn o`z shaxsini matn orqali bildirmagan , hattoki ismini ham matn oxirida ma`lum qilmagan. Rus bolalar adabiyotining rivoji XU11 asrning o`zgarishlari arafasida shakllana boshlagan. Bu vaqtda Moskva Rusi birlashib, o`zining chegaralarini Sibir va janub cho`llari tomon kengaytirayotgan, poytaxt jamiyatiga chet elliklarning ta`siri oshib, oliy tabaqa madaniyati rivoj topib borayotgan edi. Adabiyoò jarayoni o`quv – targ`ibot adabiyotidan, badiiy va ilmiy adabiyot sari rivojlana boshladi. O`quv kitoblari bolaga faqatgina tayyor axborot berib, bolaga uni yodlashgina qolayotgan edi. Bunday adabiyot o`quvchini faqtagina bir yoqlama fikrlashga hamda boshqa bir kishining monologini yodlab olishgà yo`naltirilgan edi. Shu bilan bir qatorda unga hamohang bo`lib, bolani dialogik nutqqa chorlovchi, uning bolalarcha "men"ini shakllantiruvchi, "nima uchun?" so`rog`iga javob beruvchi adabiyot ham rivojlana boshlagan. O`qishga hamda yozishga o`rgatuvchi kitoblar kichik yoshdagi bolalarga mo`ljallangan. Ular ikki turda bo`lgan: yarim qoidalarga javob beruvchi, muqovalangan, o`qish uchun alifbo-kitoblari va qog`ozlarda tez yozilgan, bog`lamcha bilan bog`lab yopishtirilgan alifbo-yozuv kitoblari. Birinchi qadimgi rus bolalar shoiri deb, XVII asrning 30-40 yillarida Moskva bosma uyida ma`lumotchi (bu mansabga juda o`qimishli va hurmatli odam tayinlangan) bo`lib ishlagan Savvatiy hisoblanadi. U Moskvaning oliy tabaqaga mansub, mashhur oilalarining bolalarini o`qituvchisi bo`lgan. Savvatiy 1634 yilda chiqqan birinchi bosma alifboni tayyorlashda ishtirok etib, o`zining she`rlarini (virshilarini) bosmadan chiqaradi. Savvatiy virshilarning asosiy g`oyasi o`qishning foydasi, dangasa va yalqovlikning zarari haqidadir. Bu davrda bolalar prozasi ham rivojlana boshlaydi. Rus jangovor povestlari qayta ishlandi va bolalar uchun qisqartiriladi. Masalan, "Mamay janglari haqida hikoyalar" (Kulikovo jangi haqida), "Don kazaklarining qal`ada o`tirishlari haqidagi hikoyalar", oilaviy-turmush haqida so`zlovchi "Pyotr va Fevroniya haqida hikoya" larni shu ma`noda e`tirof etish mumkin. Ayni paytda bolalar uchun tarixiy asarlar ham rivojlana boradi: ko`pincha bolalar uchun tarixiy ma`lumotlar aks etgan maqolalar qayta ishlangan; boshlanishida "O`tgan davrlar hikoyasi" ("Povesti vremennix let"), keyin rus tarixidan qisqa hikoyalar bayon qilingan, masalan, "Sinopsis" kabi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling