6-mavzu. Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn mashg’ulot rejasi


Download 295.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi295.58 Kb.
#209004
  1   2   3
Bog'liq
6-MAVZU (1)



6-MAVZU. MATN VA UNING TURLARI. MIKRO MATN VA 

MAKRO MATN 

 

Mashg’ulot rejasi: 

1. Matn va uning turlari. 

2. Mikro matn va makro matn. 

3. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar.  

4. Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar.

 

        



Bilib oling.   

       


Ma’lum  bir  fikrni  batafsil  ifodalash  uchun  gaplarni  tilimizning  muayyan 

qoidalari  asosida  bog‘lab,  matn  tuzamiz.  Mazmun  va  grammatik  jihatdan 

bog‘langan, bir mavzuni ifodalovchi gaplar matnni hosil qiladi.  

      Mavzu  matndagi  asosiy  fikrning  nima  haqida  ekanligidir.  Shundan  kelib 

chiqqan holda matnning sarlavhasi ham bo‘lishi mumkin.  

       Matn  ma’lum  maqsad  yoki  fikrni  sodda,  qo‘shma  va  murakkab  gaplar  orqali 

ifodalovchi til birligidir. 

Matn nasr yoki nazm shaklida boklishi mumkin. 

Tuzilishiga ko‘ra matn ikki xil bo‘ladi: 

1. Sodda tarkibli matnlar. 

2. Murakkab tarkibli matnlar. 

    Matn og‘zaki yoki yozma usulda amalga oshirilishi mumkin. 

    Sodda tarkibli matn bir yoki bir necha gaplar (qo‘shma gaplar)dan iborat bo'ladi. 

Sodda  matnlarga  talabalar  tomonidan  tuzilgan  ayrim  jumlalar  va  kichik  matnlar 

kiradi. Bunday matnlarda xabar, maqol, matai, masallar ifodalanib, hajmi jihatidan 

kichik bo‘lsa-da, ma’lum maqsad to‘liq ifodalanadi. Masalan: 

1)  Toshkent viloyati paxta topshirish rejasini bajardi (xabar). 

2)  Sichqon sig'mas iniga, g'alvir bog‘lar dumiga (matal). 

3)  Qo'shning tinch — sen tinch (maqol). 

      Murakkab  tarkibli  matnda  biror  hkoya  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  murakkab  fikr 

ifodalanib,  uning  tarkibi  qismlar,  boblar,  paragraflardan  tashkil  topadi.  Agar  bu 



qismlar  mustaqil bo‘lsa, ular orasida nuqta, so‘roq, undov belgilari qo‘yiladi, har 

bir fikr xatboshi (abzas)dan boshlanadi.     

     Murakkab  matnlarga  tarkibi  keng  tasvirlar,  hikoya,  masal,  ertak,  farmon, 

povest, roman, risola, maqolalar kabi adabiy, ilmiy, rasmiy nutq uslublari kiradi. 

 

      2-  topshiriq. Quyidagi matnlardan sodda va murakkab matnlarni ajrating. Har 



bir  matnning  tarkibini  tahlil  qiling.  Matnlarda  ifodalangan  g‘oyani  tushuntirib 

bering. 


      Dovud alayhissaiom aytgan ekanlar: „Ilm egalariga ayting, temirdan aso olsin, 

temirdan  kavush  kiysin,  so‘ng  hassasi  sinib,  kavushi  yeyilib  ketguncha  ilm 

izlasin“. (Rivoyat) 

2.  Yerdan o‘zga joyda hayot yo‘q emish, 

Yo‘q emish samoda biror bir jonzod.  

Olimlar shundayin qarorga keimish

Sira ajablanmang bu holdan, ustod. 

Ular xo‘b tinchibdi, toleyi kulib, 

Asli yo‘q narsani axtarmoq bekor. 

Men esa to hanuz umidga to‘lib, 

Izlayman zaminda do‘sti vafodor. (A. Oripov) 

     3.  Buyuk  ingliz  yozuvchisi  Shou  haddan  tashqari  semiz  bir  kishi  bilan 

uchrashib qoldi. Baqaloq tarashadek qotma Shouga qarab dedi: 

— Sizni ko‘rgan odam, butun Angliyada ocharchilik ekan, deb o‘ylashi mumkin. 

—  Sizga  qarab  turib  esa,  —  dedi  Shou  unga  javoban,  —  bunday  ofatning 

sababchisi shu ekan, deb o‘ylashi mumkin. 

                                                           „Shifokorlar va dardmandlar xandasi “ 

      3- topshiriq. Matnning mazmuniga ko‘ra sarlavha qo‘ying. 

      Do‘stlik  qudratli  va  buyuk  kuchdir.  Bu  muazzam  va  muborak  so‘z  butun 

dunyoda mag‘mr  jaranglaydi. Sadoqatli do'stlik tufayli xalqlar bir-biriga hamisha 

beg‘araz yordam berib keladilar. 0‘zbek xalqi do‘stlikni azaldan e’zozlaydi... 

      Do‘stlik — sharaf-u shon. Do'stlik — kamolot bayrog‘i.  




      Do'stlik — qalb quvonchi. Va nihoyat, do‘stga sadoqat chin insoniy fazilatdir. 

Bunga muyassar bo'lgan kishilar esa eng baxtli kishilar sanaladilar. 

Kulib boqsang do’stlarga doim, 

Taning yayrar, bolar muloyim. 

       Do‘stlik — bebaho oltin va qudratdir. Do‘stlik  — bu qadrdonlik. Do‘stlik — 

muqaddas, chin ulfatchilikdir. 

Hamdo‘stlik so‘zi... bu— lug'at xazinasining durri noyobi. Hamdo‘stlik chamanini 

sof  holda  ko‘kartirish  g‘oyat  mushkul  ishdir.  Do‘stingning  boshiga  og‘ir 

mushkulotlar tushganda, yordam qulochini yoz. Do‘stIik ipini uzma, unga hamisha 

hamdard bo‘l. Do'stingni joningday saqla, sadoqatli do‘stingni yurak tokchalariga 

o‘tqaz! (Sh. Orifiy) 


Download 295.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling