Publitsistik matn ko`proq matbuotga xos bo`lib, u xabar, maqola, taqriz,
intervyu, reportaj kabilarda namoyon bo`ladi. Ona tili mashg`ulotlarida
o`quvchilarni publitsistik matnlar yaratishga o`rgatish uchun avvalo ularning bu
usulning til xususiyatlari ustida ishlashiga to`g`ri keladi. Publitsistik matnning tili
pishiq, aniq, ifodali, ravon, ixcham, jonli bo`lib, u nutqning jangovarligi,
ta’sirchanligi, o`qimishliligi va ommabopligini ta’minlaydi.
Ilmiy-ommabop matnlarda esa ayrim murakkab tushunchalarga aniqlik
kiritiladi va ular ko`pchilikning tushunishiga moslashtirilgan holdanberiladi.
Unda tasvir unsurlaridan ham foydalaniladi.
Quyidagi savollarga javob bering.
1. Matn deb nimaga aytiladi?
2. Mavzu deganda nimani tushunasiz?
3. Matndagi gaplarning mazmuniy bog‘lanishi qanday bo‘ladi?
4. Matndagi gaplar grammatik jihatdan o‘zaro qanday bog‘lanadi?
5. Ilmiy va ilmiy-ommabop matnlar qanday farqlanadi?