M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.15 Mb.
bet9/48
Sana13.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1193912
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
Bog'liq
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan

Artur Konan Doyl (1859 -1930). Artur Konan Doyl detektiv janrning asoschisi, bir qancha ilmiy-fantastik, tarixiy asarlar, ko`p sonli hikoyalar, povestlar, she`rlar muallifi hisoblanadi. U buyuk iztopar, eng chalkash jinoyatlarni o`zining tengsiz iste`dodi bilan fosh qilib, jabrlanganlar va sitamgarlarning himoyachisiga aylangan Sherlok Xolms obrazini yaratdi. Birinchi bor Sherlok Xolms "Shafaqrang etyudlar" da paydo bo`ladi. Xolms va doktor Vatsonlar uning keyingi asarlarining, masalan, "Sherlok Xolmsning sarguzashtlari", "It Baskerviliy", "Sherlok Xolmsning qaytishi", "Sherlok Xolmsning sud amaliyotidagi voqealar"ining qahramonlaridirlar. Sherlok Xolmsni hech bir ikkilanishsiz har bir kishi biladigan adabiy qahramonlar sirasiga kiritish mumkin. Konan Doylning biograflaridan biri X. Pirson: "Hozirda ingliz adabiyotida, xuddi Xolmsdek oddiy ko`cha odamlari qalbidan va ongidan joy olgan faqatgina uchta badiiy qahramon bor: bu uch qahramon - Romeo, Sherlok va Robinzon Kruzo",-deb ta`kidlagan edi. Yana shu dalil ham mavjudki, yozuvchi kezi kelib o`zining ham joniga tekkan qahramonini sekingina o`ldirmoqchi bo`lganida, uni e`tiroz hamda hayajon bilan bitilgan xatlarga ko`mib tashlashdi va Konan Doylning qahramoniga qayta jon bag`ishlab, uni hayotga qaytarishdan boshqa iloji qolmadi.
Konan Doyl, shuningdek, iste`dodli ilmiy-fantastik asarlar ham yozdi, ularning markazida olimlarning g`ayritabiiy kashfiyotlari turadi. Mashhur detektivdan tashqari u etmishga yaqin romanlar yozgan ularni Sherlok Xolms hikoyalaridan muhimroq deb sanagan ("Stounning qarindoshlari ", "Arturning o`limi", "Oq otryad" va boshqalar). Konan Doyl kelib chiqishi Britaniyadagi mashhur sulolalarga tegishli bo`lgan irlandiyalik rassom oilasida dunyoga kelgan. Qiziqarli hikoyalar yozishni Artur bolaligida- maktabdan boshlagan, ammo kelajakda u o`zini yozuvchilik mehnatiga emas, balki vrachlik kasbiga bag`ishlamoqchi bo`lgan. 1881 yili Konan Doyl bakalavr vrachlik diplomini oladi va yashash uchun hakimlik qilib pul topadi. Lekin yozuvchilik mehnati asta-sekin ko`proq vaqtni olib qo`yadigan bo`lib, undan kelayotgan daromad ham yaxshi hayotni ta`minlashga yetarli edi. Shunday qilib, 1890 yildan boshlab Konan Doyl o`zini hayotini yozuvchilikka bag`ishlaydi. Konan Doyl qahramonlarining prototipi hayotdagi - Djozef Bell bo`lsa-da, Xolmsning ko`proq muallif bilan o`xshashlik tomonlari bor. Bejizga yozuvchi o`zining interv'yularidan birida: "Sherlok Xolms.. - bu mening o`zim",- demagan edi.
Sherlok Xolms - mustahkam mantiqiy fikrga, boy tasavvurga hamda noyob kuzatuvchanlik xususiyatiga ega bo`lgan shaxs. Shu qobiliyatlari unga chuvalashib ketgan voqea-hodisalar chigalligini ochib tashlashga yordam beradi. Bu qobiliyatlar o`zida ham mujassamligini Doyl birda isbotlagan ham: 1906 yilda "Deyli telegraf"da bir qancha maqolalar chop etib, nohaq qamalgan qandaydir Djorj Ýdaljni oqlashga musharraf bo`lgan. Adabiyot tarixiga hamda o`smirlar adabiyoti kitobxonligida Konan Doyl, eng avvalo, detektiv janr yaratuvchisi sifatida kirib kelgan.
Tayanch so`zlar: "Beovulf" , Aylana stol, anglosaks, alliteratsiya, ritsar, ballada, antik syujet, Robin Gud, gotik, kundalik, qo`lyozma, yangi bolalar kitobxonligi, "Robinzon Kruzo", aristokratik jamiyat, mumtoz sarguzasht, realistik fantastika, g`ayritabiiy sarguzasht, liliput, velikan, tarixiy roman, detektiv janr, kameta, jungli, tashxis, badiiy fotografiya.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling