M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.15 Mb.
bet28/48
Sana13.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1193912
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Bog'liq
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan

Savol va topshiriqlar:
1. Asarning yozilish tarixi va muallifi haqida ma’lumot bering.
2.Asarning janriy xususiytlari va g`oyaviy mundarijasini oydinlashtiring.
3. Lemyuel Gulliverning mittivoylar o`lkasiga sayohati va uning badiiy talqinida qanday g`oyalar ilgari surilgan?
4.Sayyohning darozlar o`lkasidagi hayoti ifodasida-chi?
5.Asardagi ramziy obrazlar tavsifi.
6.J.Sviftning bu asar orqali ifodalangan ijtimoiy-siyosiy qarashlariga munosabatingiz?


15-mavzu “Garri Potter” (J.Rouling) romani va uning g`oyaviy-badiiy mundarijasi
Reja:
1.Romanning yaratilish tarixi va g`oyaviy mundarijasi.
2.Asarda sehr va joduning o`rni va obrazlar olami.
3.Garri Potter –yosh sehrgar va uning sarguzashtlari talqini
4.Garri Potterning qahramonliklari va Feniks ordeniga sazovor bo`lishi
Tayanch tushunchalar: sehr,jodu, sarguzasht, talqin,qahramon,
IPT-sharhlovchi ma'ruza.
IAT - mavzuga doir yozuvli plakat.
J.Rowling qalamiga mansub “Harry Potter” romanida sehrgarlik olami orqali yovuz kuchlarga qarshi kurashish, sehrgarlik qobiliyatni behuda sarflamaslik va nazoratli boshqarish maqsadida tashkil etilgan maxsus maktab hamda uning sirli ta’lim tizimi haqida so`z boradi. Asar olti kitobdan iborat.
Uning birinchi kitobi “Harry Potter va Filosof toshi” deb nomlanadi va unda
11 yoshli Harry Potter o`z ota onasi o`lganligidan, ularni yovuz sehrgar Woldemort o`ldirganidan xabar topadi. Bu odam yovuz sehrgar bo`lib hatto uning ismi ham odamlarda qo`rquv uyg`otar edi. Woldemort o`zining tomoniga og`dirish uchun kuchli sehrgarlarni qidirar, kimki uning yo`liga to`g`anoq bo`lsa ayamasdan o`ldirib yuborar edi. Potterni chaqaloqlik payti uning xolasining uyiga tashlab ketishadi va u o`n bir yoshga kirgach, xat orqali uni Hogwarts deb atalgan va faqat sehrgarlar o`qiydigan maktabga chaqirishadi. Ammo uning xolasi va uning eri bunga yo`l qo`yishmaydi. Shundan so`ng shu maktabning qo`riqchisi (keyinchalik Potterning eng yaqin do`sti) Rubius Hagreet uni xolasining uyidan o`qishga olib keladi. Shunday qilib yosh Harry o`ziga Ron va Germiona ismli do`stlarini orttiradi. Ular hamma to`siqlardan birga o`tib, yovuz Woldemortni Filosofiya toshini o`g`irlashga yo`l qo`ymaydilar. Potterning ota onasini Woldemort o`ldirgan paytda Potterga qo`l tekkiza olmagan. Chunki Harryning ota-onasi buyuk sehrgarlar bo`lib, o`z farzandlariga juda katta sehr hadya etishgan edi. Bu sehr Harryni xavf-xatardan himoya qilishi kerak edi. Woldemort ham shuning uchun Potterni o`ldira olmaydi va o`z kuchini yo`qotadi. Filosof toshi esa juda buyuk tosh bo`lib, o`zida umrboqiy yashash eliksirini ishlab chiqaradi va har qanday metalni oltinga aylantira oladi. Woldemort nega bu toshni o`g`irlamoqchi bo`lganini tushungan bo`lsangiz kerak. Harry bundan tashqari, ko`p qahramonliklar ko`rsatadi. Juda ulkan va bahaybat bo`lgan trolni yengadi va Kvidich (o`sha paytdagi o`yin turi) o`yinining eng yosh ishtirokchisiga aylanadi, shu o`yinda g`olib chiqadi. Hogwarts maktabining direktori, sehrgarlik olamidagi eng buyuk sehrgar Albus Dambldor yosh Harryda qandaydir iste’dod borligini va undan kelajakda buyuk sehrgar yetishib chiqishini tushunadi.
Shunday qilib, Potterning bir yillik o`qishi tugaydi va Harry yana o`z xolasinikiga qaytib ketadi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling