M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.15 Mb.
bet29/48
Sana13.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1193912
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
Bog'liq
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan

Juanna Rouling kitobining ikkinchi qismi “Harry Potter va maxfiy hujra” deb nomlanadi. Bu qismda Potter maktabning 2-kursida ta’lim oladi. O`qishning ilk kunlaridanoq yosh Harryni ko`p sarguzashtlar kutadi.
Bu maktabning asoschilari Godrik Grifindor, Helga Bufenduy, Ravena Kogtevram va Salazar Slizeren ismli odamlar bo`lib, ularning ichida bir yovuz ya’ni Salazar Slizeren maktabda faqat butun oilasi sehrgar bo`lgan bolalar o`qishi kerak deb hisoblaydi va ota onasi sehrgar bo`lmagan o`quvchilarni “haromqon” deb haqoratlab, ularni o`ldirishni boshlaydi. Qolgan uchala sehrgar bundan xabar topishib, Slizerenni maktabdan haydashadi. Slizeren maktabdan ketayotib maxfiy hujra paydo qiladi. Bu hujra maktabda qachonki Slizerenning haqiqiy davomchisi paydo bo`lsagina ochiladi va u yerdan juda ham dahshatli bo`lgan, bir qarashda kishini o`ldiradigan maxluq chiqib, Slizerenningning fikricha, maktabda o`qishga loyiq bo`lmagan o`quvchilarni o`ldiradi.
Shunday qilib, Harry Potter bu yil ham ajoyib qahramonliklar ko`rsatadi. U maxluqni o`ldirib, maxluq o`zi bilan olib ketgan Jiny Uisly ismli qizchani qutqaradi. Aytib o`tish joizki, bu ishlarning boshida Woldemort turar edi va Slizerenga buyurgan ham aynan shu edi. Uning asl ismi Tom Riddle bo`lib, u o`zidan xotira kundaligi qoldirgan va shu kundalik Harryning qo`liga tushib qolishi orqali u bu ishlarga aralashib ketadi. Dambldor bu yil ham Harryning mahoratiga , uning dovyurakligiga qoyil qolib, u bilan yaqin do`stga aylanadi.
Nihoyat, Potterning bu yilgi o`qishi sarguzashtlarga boy o`tadi. U o`z do`stlari bilan uy-uylariga qaytib ketishadi.
J.Rouling kitobining uchinchi qismi “Harry Potter va Azkaban maxbusi” deb nomlanadi. Bu qismda Harry Potter va uning do`stlari 3-kursda ta’lim olishadi. Har yilgidek bu yil ham Potter uchun qiziqarli voqealarga boy o`tadi. Harry maktabga kelmasidanoq yomon xabar butun odamlar orasida tarqaladi. Sirius Black ismli odam Azkabandan qochipti. Azkaban bu juda ham kechirib bo`lmas gunoh qilganlar uchun qamoqxona bo`lib, u yerda juda qattiq nazorat ostida maxbuslarni saqlashadi. Odamlarning gaplariga ko`ra bu odam Harry Potterlar oilasi qayerda ekanligini Woldemortga sotgan va ularning o`limiga sababchi bo`lgan. Endi esa u Potterni o`ldirish uchun qamoqxonadan qochgan. Bu gaplarni Harry eshitadi va Blackni topib undan qasd olishga kirishadi.
Ammo asar oxirida bu gaplarning hammasi yolg`onligi, Potterning ota- onasini boshqa, ya’ni Peter Pedegrew ismli odam sotgani ma’lum bo`ladi. Ammo asar davomida Sirius topiladi va qayta qamaladi. Chunki bu haqiqatni faqatgina Harry va uning do`sti Germiona ismli qiz bilar edi. Ular Siriusni qutqarib uni qochishiga ko`maklashishadi. Shu yerda yozuvchi Sirius Black Harryning tutungan otasi ekanligini ayon qiladi. Black Harryga uni o`zining uyiga olib ketishi haqida aytadi. Ammo uning tutungan otasi ekanligini ma’lum qilmaydi. Ular bir umrga qalin do`st bo`lib qolishadi. Potter ham uning taklifidan xursand bo`ladi. Axir kim ham o`zi yomon ko`rgan odamlar bilan yashashni xohlar edi.
Yana bir yil o`z nihoyasiga yetdi. Potter vaqtincha xolasinikida yashab, so`ng Blacknikiga ko`chib boradi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling