M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan


J.Rouling kitobining to`rtinchi qismi “Harry Potter va olov kubogi”


Download 1.15 Mb.
bet30/48
Sana13.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1193912
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
Bog'liq
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan

J.Rouling kitobining to`rtinchi qismi “Harry Potter va olov kubogi” deb nomlanadi. Harry Potter endi maktabning 4-kursida o`qiydi va 14 yoshga qadam qo`yadi. Bu yil Hogwartsda 3 chempion turniri o`tkaziladi va Harry ham qandaydir yo`l bilan bu o`yinga 4- kishi bo`lib tushadi. Bu turnirda qatnashuvchilarning hayoti katta xavf ostiga qoladi. Chunki musobaqa shartlari o`quvchilardan katta mahorat va dovyuraklik talab etadi. Ammo bu turnirga faqat 17 yoshga kirgan o`quvchilar qatnashishi mumkin edi. Afsuski, maktabga boshqa o`qituvchining qiyofasiga kirib olgan Woldemortga xizmat qiladigan bir yovuz odam Harryni o`z xo`jayini bilan uchrashib u bilan kuch sinashishi kerakligi haqida buyruq olgan edi. Turgan gapki, ularning maqsadi Harryni o`ldirish edi. Shuning uchun o`sha odam Harryning ismini qog`ozga yozib, olov kubogiga tashlaydi va Potter turnirning oxirgi shartiga yetib borguncha hamma ishni qiladi. Chunki Woldemortning oldiga borish uchun Potter musobaqadoshlarini birin-ketin yengib labirint ichiga yashiringan(kubogni o`sha yovuz odam sehrlab qo`yadi va unga tekkan kishi Woldemort oldiga tushib qoladi) kubogni birinchi bo`lib topadi.
Shunday qilib Potter Woldemort bilan to`qnashadi. Shu payt Harry ota-onasining va Woldemort o`sha qabristonda(Harry bilan Woldemort qabristonda urishadi. Baxtga qarshi uning Sedric ismli do`sti ham shu yerga tushib qoladi va urushning begunoh qurboniga aylanadi) o`ldirgan Harry do`stining ruhi paydo bo`lib, Harry qochishi uchun imkon yaratishadi. Nihoyat qayg`u va nafratlarga to`la bir yil ham nihoyasiga yetadi. Hammaning ko`ngli cho`kkan, hamma qo`rqqan, hammaning og`zida bitta gap: “Nahotki Woldemort qaytgan bo`lsa!”
Potter yana xayollarga chulg`anib, uyiga qaytadi. Axir uni deb begunoh do`sti olamdan ko`z yumgan edi.
J.Rouling kitobining beshinchi qismi “Harry Potter va Feniks ordeni” deb nomlanadi. Harry Potter maktabning 5-kursiga qadam qo`yadi. Harry uchun eng ayanchlisi ham shu yil bo`ladi.
Potter maktabga qadam qo`ymasdanoq uning ismi gazetalarning 1-sahifasida chiqa boshlaydi. Chunki u maktab tashqarisida sehr ishlatgani uchun sud qilinadi. Ammo sud natijalari Harryning foydasiga hal bo`ladi va u maktabga qaytadi. Ammo maktabda hamma o`quvchilar uni yomon ko`rib qolishadi. Sehr jodu ministrligi Hogwarts ustidan o`z tazyiqini o`tqaza boshlaydi. Ular maktabga yangi o`qituvchilar yuborish orqali, maktabni o`zlaricha boshqarmoqchi bo`lishadi. Kelgan o`qituvchilar faqat nazariy bilim berishib, amaliy mashg`ulotlar o`tkazishmaydi. Bu esa o`quvchilarning o`zlari mustaqil shug`ullanishlariga olib keladi. Bu o`quvchilarni Harry o`qita boshlaydi. Chunki u boshqalardan ko`ra ko`p sehrlarni bilar va aqlliroq edi. Ammo bundan shu maktabga yuborilgan o`qituvchi xabar topib, ularni jazolaydi. Endi Woldemort qaytdi, degan gap hamma orasida tarqalgan edi. Ha, u qaytgan edi, juda kuchga to`lib qaytgan edi. Uning yo`liga tushadigan hech qanday mard topilmasdi. Faqatgina Dambldor unga teng kela olardi.
Harry o`zining beshta do`sti bilan Woldemortni qidirib, yo`lga tushishadi. Ammo ular ham Woldemortning tarafdorlariga tutqun bo`ladilar va ularga Feniks ordeni sehrgarlari yordamga kelishadi. Bu orden boshqaruvchisi Sirius Black edi. Biroq Sirius Black shu yerda halok bo`ladi. Harry bir yo`la ham otasidan, ham eng yaqin do`stidan judo bo`ladi. U yana hech kimsiz yetim bo`lib qoladi. Shu urushda Woldemort ham Harryni o`ldirish uchun paydo bo`ladi. Ular orasida jang bo`layotgan bir paytda Dambldor kelib, Harryni qutqaradi va Woldemortni qochishga majbur qiladi. Ammo bu qochish uzoqqa cho`zilmasligini Dambldorning o`zi ham bilar edi. Ular vaqtincha bo`lsa ham undan qutulishdi. Harry va Dambldor yangi jangga tayyorgarlik ko`ra boshlashdi. Yana bir yil o`z nihoyasiga yetadi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling