M. I. Kalinin Ustoz deganda barchamiz o`qish-yozishni o`rgatgan insonlarni hayolimizga keltiramiz. Ammo, shuni ham eslatib o`tmoqchimanki, tug`ilganimizdan buyon bizga bu hayotda yurishni, gapirishni, taomlanishni


Download 21.17 Kb.
Sana05.11.2023
Hajmi21.17 Kb.
#1749173
Bog'liq
Tanlov uchun insho


“Mening sevimli ustozim”
“ O`qituvchi inson qalbining muhandisi”
M.I.Kalinin
Ustoz deganda barchamiz o`qish-yozishni o`rgatgan insonlarni hayolimizga keltiramiz. Ammo, shuni ham eslatib o`tmoqchimanki, tug`ilganimizdan buyon bizga bu hayotda yurishni, gapirishni, taomlanishni va barcha moddiy ehtiyojlarni qanday qilib qondirishni o`rgatgan ota-onamiz eng avvalgi ustozlarimizdir. Keyinchalik maktabga ,oliygohga borib bilimlar olamiz va ularni bizga o`rgatgan ustozlarning ahamiyati biz o`ylagandan ko`ra yuqoriroqdir.Nega? Bir faraz qilaylik,jumla tuzmoqchimiz va bizda bir talay so`zlar mavjud. Ammo o`z fikrimizni yetkazib berish uchun so`zlar orasidan keragini tanlab olishimiz va kerakli ma’noni olish uchun to`g`ri o`ringa qo`yishimiz darkor.Aks holda so`zimizda na ma’no bo`ladi, na mantiq. Huddi shunday hayot bizga bergan so`zlarni to`g`ri qo`llashni o`rgatuvchi insonlar ustozlardir. Shuningdek,umrimizga mazmun qo`sha oladigan insonlar ham ustozlardir. Har bir insonning ustozi bo`lishi kerak, albatta bir ustozning yo`lini tutishi kerak . U xoh ilmda bo`lsin, xoh hunarda . Aks holda u insonning ustozi shayton bo`ladi va bu jamiyatning yemirilishiga, jinoyatlar ko`payishiga va rivojlanish to`xtashiga olib keladi. Shuning uchun ham har bir insonning hayotida, jamiyatda ustozlarning o`rni beqiyos va muhim ahamiyatga ega. Qaysi jamiyat ustozlarni e’zozlab, hurmat qilsa , ularning ahamiyatini to`g`ri anglab yeta olsa, batahqiq, bu jamiyat gullab-yashnashga yuz tutadi.Va tarixdan ma’lumki, ustozdan ilm o`rganish, avvalo, u zotning hurmatini qilib , duosini olish bilan bo`ladi. Yurtimizdan buyuk allomalarning yetishib chiqishiga sabab ham ularning ustozlariga cheksiz hurmat va ehtiromi bo`lgan. Ammo, ming afsuslar bo`lsinkim , hozirgi kunimizda ustozlarga bo`lgan ehtiromimiz juda past darajada.Usztozlarga oid odob-axloq qoidalarini, misol uchun: ustozning yuziga tik qaramaslik, ustozdan oldiga tushib yurmaslik , savol berganda ustozni og`rintirmaydigan vaziyatni topib so`rash ,behudaga ustozni bezovta qilmaslik , ustoz aytmagam bo`lsada yumushlarida ustozga ko`maklashish kabi odoblarni unutib qo`yganmiz. Ularga bemalol gap qaytaramiz, o`gitlariga quloq solmaymiz va dillariga ozor berishdan ham tab tortmaymiz. Bugungi kunda , shuning uchun ham buyuk ilm egalari yetishib chiqmayapti. Agar bizda ustozlar hurmati yanada oshirilsa va ularning maqomi yuqori o`ringa qo`yilsa ,davlatimiz rivojlanishining sur’ati yanada tezlashadi.
Umrimiz davomida bilim yurtlarida ko`plab ustozlardan tahsil olamiz. Turfa xil bilimlarni egallaymiz va shunday vaziyatlar bo`ladiki ,ustozimiz bizga tanbeh beradi, dakki yeymiz. Shu holatda ko`pchilikda ustozni yomon ko`rish holatlari kuzatiladi. Ammo gilamni kaltaklashdan maqsad unga ozor berish emas, balki uni poklash bo`lganidek, ustozlar tanbehi ham ruhimizni poklash, bizga to`g`ri yo`l ko`rsatish uchundir. Men ham shundan xulosa qilib ayta olamanki, men uchun har bir ta’lim va tarbiya bergan ustozim sevimli va azizdir. Ularning faqat bir nechtasinigina “ Sevimli ustozim” sifatida ko`rsata olmayman, chunki ularning barchasi men uchun ahamiyatli. Men barcha ustozlarimdan va yer yuzidagi barcha ilm-u irfon egalaridan minnatdorman.
Nega ustozlik bunchalar maqtaluvchi kasb degan savol ham tug`ulishi mumkin. Rostdan ham, nega? Hamma insonlar ham nimanidir o`rganadi, qaysidir sohada bilim va ko`nikmaga ega bo`ladi. Ammo hamma ham o`zida bor bilimni o`zga insonga tushuntira olish, o`rgata olish qobiliyatiga ega bo`lmaydi. O`z sohasining yetuk mutaxassisi bo`lgan inson ham , o`z bilimlarini talabaga o`rgata olmasligi mumkin. Nega? Faqat bilimning o`zi yetarli emasmi? Yo`q, o`qituvchi bo`lish uchun bilim bilan birgalikda ilohiy qobiliyat ham kerakki, o`quvchilarga bilimlarni o`zlariniki qilib olishga yordam bera oladigan! Har kim ham o`qituvchilik qila olmasligi , uning uchun ilohiy iqtidor zarurligi sabab ham o`qituvchilik eng ulug`lanuvchi va maqtaluvchi kasbdir. Kimdir zargar, kimdir duradgor, kimdir sozanda , kimdir quruvchi , yana kimdir uchuvchi bo`ladi. Ammo ularning hech biri ustozsiz jamiyatda o`z o`rnini egallay olmaydi. Shu sabab ustozlarni qancha ehtirom etsak ham kam va ular oldida uzib bo`lmas darajada qarzlarimiz bor. Beminnat va mashaqqatli xizmatlari uchun ustoz va murabbiylarimizga doim ta’zimda bo`lamiz!

Kompyuterlashgan lohiyalash


tizimlari fakulteti E56-22SI guruh talabasi Abdullayeva Sadoqatxonning
“ Mening sevimli ustozim “ nomli
insholar tanlovi uchun yozgan inshosi
Download 21.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling