M igf-au-21-guruhi magisteri ja’farov ibrohimning


Boburiylar saltanati davrida tasviriy san’at


Download 107.39 Kb.
bet6/10
Sana21.03.2023
Hajmi107.39 Kb.
#1285638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ja\'farov Ibrohim kurs ishi

2.2. Boburiylar saltanati davrida tasviriy san’at.
Boburiylarning Hindistondek ulkan mamlakat hududiga qadam quyishlari bilan bu o’lkaning madaniy hayotida keskin burilish yasaldi va uning tarixida uchmas iz qoldirdiki, bu holni bugunning o’zida ham aniq sezish mumkin. Zero, boburiyshunoslar va umuman, Hindistonni mukammal o’rgatgan tarixnavislarning ta’kidlashlaricha, Bobur mirzoning bu ulkaga kelishi bilan mamlakat tarixida yangi davr boshlangan edi.
Zahiriddin Muhammad Boburning bu yurtga kelishi mamlakatda xukm surib kelayotgan feodal tarqoqlikka va mayda xonliktariing markaziy xokimiyat uchun olib borayotgan uzaro kurashlariga barham berdi, jamiyatda ijtimoiy turg’unlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy o’zgarishlar sari dadil qadam qo’ydi.hind tarixnavisi P. Sharmanish ta’biri bilan aytganda: “Temuriy podshohlarning Hindistonga kirib kelishlari bilan ularga qadar yo’qolib borayotgan tasviriy san’at yana qayta tiklandi”.Hindiston tasviriy san’ati tarixida boburiylar sulolasi davri alohida sahifalarni tashkil qiladi.O’zining mohiyata, kelib chiqishi va rivoji jihatidan san’atning bu turi o’sha davrda o’zining “oltin davri”ni nishonlagan me’morchilik san’atiga juda yaqin turadi.39
Hindistondagi musavvirlik san’ati Markaziy Osiyo, Eron va Hindiston xalqlariga xos uslublarning uzaro uyg’unlashuvi natijasida hosil bo’lgan qorishma sifatida yuzaga keldi.Yunonlar, xitoylar, eroniylar, hind buddistlari va turkiy xalklar san’ati ta’sirida shakllangan bu san’at XIII asrda Eronga kirib kelib XVI asrgacha o’zining yuqori taraqqiyot nuqtasiga ko’tarishi.Shuni eslatab o’tish joizki, boburiylarga qadar Hindistonda xukmdorlik qilgan afg’on sultonlari tasviriy sa’natga e’tiqqod qilmas edilar. Binobarin, tugloqlar sulolasining yirik vakillaridan Feruzxon Tug’loq odamlar suratini chizishni va saroy devorlariga bezak berishni qat’iyan taqiqlab qo’ygan edi.Ulkan badiiy did egasi. musavvirlik va me’morlik san’ati oshig’i “Firdavs makon va jannatga oshiyon” Zahirddin Muhammad Bobur go’zallik va san’atni juda qadrlar va saroyda maxsus musavvirlar saqlanadi. Gullar, buloqlar va sharsharalar kabi tabiataning go’zal go’shalarini tomosha qilib, zavq- shavq olardi. Tarixiy va badiiy nasrnint eng noyob namunalaridan “Tuzuki Boburiy” (“Boburnoma”) asarining Xindistonning Atvor shahridan topilgan forscha nusxasiga ishlangan miniatyuralar unga davr tasviriy san’ati haqida to’la ma’lumot bera oladi.
Bobur mirzoning valeahdi “Firdavs makon, Jahonboni” Nosiriddin Muhammad Xumoyun ham otasi singari san’at oshig’i bo’lganidan ma’lum muddat quvg’inda yurgan paytida otasi Bobur kabi temuriylar saltanatining yirik madaniy markazlaridan Xirot shahri ziyorat qilgani borgan va o’zining o’tmish ajdodlari temuriy shaxzodalar bunyod etgan mu’jizakor me’moriy obidalarni va tasviriy san’at asarlarini zavq bilan tomosha qilgan edi. Bu paytda usta Kamoliddin Behzod uz ustaxonasini Xirotdan Tabrizga kuchirib ketgan, uning sodiq shogirdlaridan sherozlik Xoja Abdusamad va tabrizlik Mir Sayidali ismli mashxur musavvirlar bu erda yashab ijod qilayotgan edilar. Ular yaratgan san’at asarlaridan
bo’lgan Xumoyushnox ularni Hindistonga kuchib kelishga ko’ndirib, 1550 yilda Qobulga ularni ham o’zi bilan birga olib kelgan edi. Xindistondagi o’z taxtini qayga qo’lga olgach, Shershox Sur qurdirgan Dehlidagi Sher Mandat saroyida Xumoyun o’zi va o’g’li shaxzoda Jaloliddin Muhammad Akbar bilan birgalikda o’sha musavvirlardan bu san’at sirlaridan saboq olgan edilar.40
O’n ikki jilddan iborat mashhur “Dostoni Amir Xamza” asariga ishlangan betakror go’zallikka ega bo’lgan minityuralar o’sha musavvirlar rahbarligi asosida yaratilgan bo’lib, shu asnoda xorijda “Mo’g’ullar musavvirlik maktabi” deb nom olgan boburiylar davri musavvirlik maktabi yuzaga kelgan edi. Biroq, bu maktabning asosiy homiysi Xumoyun. Akbar hukmronligi davrida (1556-1605) musavvirlik san’ati taraqqiyotning eng yuqori cho’qqisiga ko’tarildi podsohning maxsus farmoni asosida saroyda maxsus musavvirlik bo’limi tahsil etilib, unga Xo’ja Abdusamad boshliq etib tayinlandi. Bu bo’lim faoliyati bilan podshohning shaxsan o’zi qiziqar va unga xomiylik qilib turar edi.Uning sa’y-harakati bilan tashkil etilgan bu ustaxona faoliyati bilan maxsus boburiylar milliy rassomchilik maktabi shakllandi.Bu maktabga mamlakatning turli burchaklaridan, shuningdek, xorijdagi ham rassomlik ishining ustalari taklif etilardi. Rassomlarning diniy e’tiqodidan qat’i nazar ularning maqsadi yagona maqsadga sazovor asarlar yaratishga qaratilgan edi. Mavjud ma’lumotlarga qaraganda,Akbar uchun maxsus portretlar albomi tayyorlangan bo’lib, Boburning otasi Umarshayx Mirzoning portreta ham ana shu albomdan joy olgan emish.41
Akbarning musavvirlik san’atiga ixlosi haqida uning qadrdon do’sti va o’z davrining yirik ulamolaridan Abulfazl Allomiy o’zining mashhur “Ayni Akbariy” asarida shunday deb yozadi: “Xazrat Oliylarining bu turiga alohida ixlos nazari bilan qaraydilar, uning riojlanishiga har tomonlama qo’llab-quvvatlaydilar va bu san’atga o’qib-o’rganish va xayot go’zalliklaridan lazzatlanish manbai deb hisoblaydilar. Shu bois bu san’at rivoj topdi va ko’plab musavvirlar katta obro’ va martabalarga erishdilar.Xar xaftada tayyor bo’lgan san’at asarlari dorug’a va mulozimlar tomonidan Oliy Xazratning nazaridan o’tkazilar va rassomlarning mahoratiga qarab ularga unvonlar berilar yoxud ularning maoshlarini oshirish haqida farmoni oliy berardilar. Musavvirlar uchun kerakli bo’lgan asbob- anjom va jihozlarni takomshtlashtirish borasida ham kun ijobiy ishlar qilindi va ularning narxlarini musavvirlarning sotib olish imkonlari darajasida belgalandi.Ayniqsa, buyoqlar tayyorlash ishlarida xayrli ishlar qilindi. Hozirda juda ko’plab mashhur va manzur musavvirlarni uchratish mumkin. Ularning Bexzod asarlari sifati darajasida bajarilganlarini Yevropaning dunyoga tanilgan musavvirlari asarlari bilan bir katorga yonma-yon quyish mumkin. Asarlardan kuzga tashlanib turgan umumiy yakun, undagi detallarning aniq va ravshan ifodalanishi, muallifning ijrochilik mahorati bekiyosdir; hatgo jonsiz narsalarga ham xuddi jon kiritilganday tuyuladi. Bu davrga kelib yuzdan ortiq musavvirlar o’z ishining ustasi maqomida edilar. Urtamiyona musavvirlarning esa hisobi yo’q edi.
Abulfatt Allomiyning ushbu asarida usha davrdagi mashhur musavvirlardan Mir Saidali Tabriziy, Xoja Abdusamad Sheroziy, Dasvant, Basavan, Keshu, La’l, Mukund, Mushkin, Farrux , Madxu, Jagan, Moxesh, Xemkaron, Tara, Sovla, Xaribash, Ram kabilarning ismlari keltiriladi.Unda aytilishicha, Mir Saidali Tabriziy musavvirlik maxoratini o’z otasidan urgangan bo’lib, saroyga kelgan kundan e’tiboran mashhurlik yog’dusi uning ustiga sochila boshlagan.O’z san’ati va mahorati bilan juda katta muvaffakiyatlarni qo’lga kiritgan.
Musavvirlar sardori Xoja Abdusamadning xizmatlari podshoh tomonidan maxsus taqdirlanib,”Shirin qalam” unvoni berilgan va poytaxtdagi pul zarb qilinadigan saroyga dorug’a etib tayinlangan.
Akbarning musavvirlik san’ati ustalariga ixlosi alohida ekanligini ta’kidlash uchun Abulfazl podshoxning quyidagi so’zlarini keltiradi: “Menimcha, musavvir Alloxni tan olishningg o’zigagina xos maxsus xislatiga ega.42 Chunki jonli mavjudotlarning suratini chizish jarayonida uning tana a’zolarini birma-bir aks etgirar ekan, xudoga iltijo qilmay turib bu mavjudotning shaxsini jonli tarzda aks ettira olmaydi. Binobarin, u xamisha yaratganni yod aylaydi va shu bois o’z niyatining ijobat bo’lishiga erishadi».
Akbar xukmdorligi davrida “Zafarnoma”, “Ramazonnoma”, “Ramayana”, “Xoldomon”, “Ayyor Donish” kabi asarlarga o’sha davr musavvirlari tomonidan chizilib, bezaklar ishlangan.
Jahongir ham otasi singari bu sanatning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan hukmdorlardandir. U bu san’atning muxlisi va xomiysigina emas, yaxshi bilimdoni va xakami ham edi. Uning mashhur yodnomasi “Tuzuki Jahongiriy”da o’zining tasviriy san’at asarlarini qay darajada bilish qobiliyati haqida so’z yuritarkan, shunday deb yozadi: “Menta kelsak, mening tasviriy san’atga bo’lgan ixlosim va uning ustidan hakamlik qilib xukm chiqarish qobiliyatim shu darajaga etgan ediki, menga istagan muallifning hozir ijod qilayotganlardanmi yoxud o’tmishda ijod qilganlardanmi, baribir asarini ko’rsatishsa, men shu onning o’zidayok, bu asar kimning muyqalamiga mansub ekanini hech ikkilanmay aytib bera olardim. Bordiyu, portretning yaratilishida bir necha muallif ishtirok ettan bo’lsa, unda uning yuz qismini kim chizganu, qosh-ko’zini kim buyaganini ham bexato ayta olardim”.43
Hind tarixchisi V.D.Moxajanning guvohlik berishicha, Jahongirning saroyida elchilik lavozimida bo’lgan ingliz fuqarosi Ser Tomas Roy Jaxongirning haqiqatan ham musavvirlik san’ati sohasida noyob qobiliyat soxibi va bu san’atning ulkan xomiysi bo’lganini tasdiqlaydi. Uning yodnomalaridan birida aytilishicha, u Jahongir huzuriga qabulga kirganda Angliyadan maxsus buyurtma bilan bir suratni podshoxga sovg’a qilgan ekan. Kunlardan bir kuni kechqurun podshoh elchini o’z huzuriga chorlab, uning o’zi sovg’a qilgan portretdan ko’chirma qilingan oltita bir xil rasmni uning oldiga kuyishgan va ular orasidan o’zining asliy sovg’asi bo’lmish nusxani tanlab olish taklif qilingan. Ser Tomas Royning o’zi tan olib yozishicha, uzoq, sinchkovlik bilan kuzatilgaidan keyingina u o’zining sovg’asini olgan ekan.44
U mashhur musavvirlar orasida Farruxbek, Muhammad Nodir, Muhammad Murod, Og’a Rizo, Ustod Mansur, Bishon Das, aka-uka Keshvalar, Manoxar, Maxav, Tulsiy va boshkalarning nomlari zikr etiladi.Ulardan musavvir Og’a Rizoga “Nodir ul-zamon”, Ustod Mansurga esa “Nodir ul-asar” unvonini Jahongirning o’zi bergan ekan. Aytishlaricha, nusxa kuchirish va tanqidchilikda Bishon Dasga teng keladigani bo’lmagan ekan. Jahongir mirzo davrida ko’proq otlar, gullar, jonivorlar va parrandalarning rasmi chizilardi. Hind tarixchilarining fikricha, Akbar mirzo davrida mug’ulcha tasviriy san’at shakllanib, o’zining eng yuqori chuqqisiga qurilgan bo’lsa, Jahongir mirzo davriga kelib haqiqiy xindcha tasviriy san’at maktabi yuzaga keldi. Shoxning farmoniga binoan saroy musavvirlari uning uchun parrandatar, gullar rasmi va tabiat manzaralari aks ettirilgan maxsus albom tayyorlab bergan. Jahongir o’zi tabiatan tabiat oshiqbo’lganidan uning go’zaliklaridan zavklanar edi.O’zining sevimli oromgohi bo’lgan Kashmir vohasining tabiati haqda u shunday satrlar bittan: “Kashmir voxasi abadiy bir go’zallikka burkangan shinam bog’dir. Ko’z nuringiz etgan joygacha tikilib qarasangiz ko’m-kuk maysazorlar, jimirlab oqayotgan jilg’alar, atirgullar, binafsha va nargiz gullari kabi yuzlab turfa rang gullarni kurasiz. Bahorda esa bog’lar va kurtaklargina emas, xovlilar sahnlari, devorlar va xatgo darvozalar ham Kashmirda sanab adog’iga etib bo’lmaydigan turdagi rang-barang gullari bilan qoplanib ketadi. Mening farmonimga binoan Ustod Mansur yuzdan ortiq rangdagi gullar go’zalligini rasmda aks ettirgan edi.Raxmatli padari buzrukvorimiz xukmronligi davrida Kashmirda olcha usmas edi. Muxammadquli Afshar olchani Qobuldan keltirib ulama qilib ustirdi va utgandan o’n-o’n beshta ko’chat undirilib ko’paytirilgan edi.45
Jahongir mirzo tasviriy sanatning o’ziga xos xususiyatlaridan biri xaqqoniylik realizm tuyg’usining gorovi darajada ekanligini his etgan. O’sha davrlarda rasmlarda aks etgan jonzotlar va narsalar, ya’ni gullar, daraxtlar, tabiat manzaralari, parrandayu darrandalarhaqiqiy hayotda qanday bo’lsa shundayligicha, ya’ni tabiat ularni qanday yaratgan bo’lsa shundayligicha tasvirlanardi. Ayniqsa, tabiat manzaralari nihoyatda jonli tarzda ifodalanardi. Insonlarning portretini chizishda ham xayoliy tasavvurdan kura jonli haqiqat o’z aksini topar edi.Musavvirlar insonninng umumiy tashqi kurinishinigina tasvirlab qolmay, portretlarning yuz ifodasida ularning mayl va hissiyotlarini aks ettirishga, insonning ichki tuyg’usini ifodalashga intilishganlar. Har bir portretda uning muallifining rasm qunt va zakovati aniq kuzga tashlanib turadi.
Kamdan-kam holatlarda saroy malikalarining ham portretlari chizilardi,biroq o’sha davrda chizilgan portretlarni haqiqiy realizm namunasi deb aytish qiyin, chunki u paytda ayollarning yuziga tashlgan xarir pardani shariat talablari yo’l qo’ymas edi.
Rasm chizishdan avval nihoyatda nozik did va injiqlik bilan buyoklar tayyorlanar va rang tanlanardi. Asarlarda ko’pincha tillarang, xavorang, zangori, qizil va kumushrang buyoklar keng ko’llanilgani kuzga tashlanib turadi. Tayyor bo’lgan rasmlar maxsus romlarga tortilib, atrofi jilodor naqshlar bilan bezatilardi. Evropalik sharqshunos Persi Braushshng ta’riflashicha:“Jahongirgirning vafoti bilan boburiylar tasviriy sanatining ruhi ham u bilan ketdi”.46
Shoh Jahon ham o’z ajdodlari kabi san’at oshig’i bo’lsada, ko’proq me’morchilik san’atiga xomiylik va raxnamolik qilardi. Biroq arkoni davlat vakillari ichida tasviriy san’atning xomiylari ko’p bo’lib, ulardan biri bosh vazir Asafxon edi. Uning Loxurdagi uyi mamlakatdagi eng go’zal gushalardan, o’sha davrning eng mohir musavvirlari bu binoni nihoyatda nozik ta’b va yuqori did bilan bezagan edi.
Shahzoda Doro Shukuh xam musavvirlik san’atining xomiysi va rahnamolaridan bo’lgan uning rasmlar albomi Hindistondagi kutubxonalardan birida saqlanadi. Shoh Jahon davrida ijod qilgan mashhur musavvirlar qatorida Mir Xasan, Anupa Chitra, Chitramani kabi san’at ustalarini uchratish mumkin.
Avrangzeb diniy e’tikodi jixatidan joxillik darajasidagi o’ta xudojuy va aqidaparast podshox, bo’lganidan, ta’sviriy sanatning rivojiga homiylik ko’rsatmadi. Tarixiy manbalarda uning bobokaloni Akbarning Iskandar maqbarasiga ishlangan rasmlarning ustidan buyatib yuborgani va Bijopurdash Sur Mahalning portretini buzdirib tashlagani haqida ma’lumotlar bor. Bu bilan uning davrida tasviriy san’at rivojlanishdan to’xtab qoldi, degan xulosaga kelib bo’lmaydi. Bizgacha etib kelgan ko’pgina rasmlarda Avrangzebning u yoki bu jangda ishtirok etayotgani aks etshrilgan manzaralarni ko’rish mumkin.47
Avrangzeb janubiy Hindistonda juda ulkan xududga tarqalgan Dehqon ulkasini fath etgandan keyin bu o’lkada musavvirlik maktabi paydo bo’lib, ancha taraqqiy etgani ma’lum. Bu maktabda yaratilgan asarlarning ko’plari uslubiy jihatdan poytaxt maktabida yaratilgan asarlarga juda yaqinda turishi ta’kidlanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Hindistondagi tasviriy san’at maktabining shakllanishi bu ulkada aynan boburiylar saltanatiga o’rnatilishi bilan tugatilib, ular xukmronligi davrida o’zining eng yuqori taraqqiyot nuqasiga ko’tarildi. Bu saltanatning tanazzuli esa san’at maktabining ham faoliyatini ancha susayishiga olib keldi. Ingliz mustamlakachilarini Hindistonga kelshi bilan esa san’at mahsulotlari faqat talon-taroj qilindi va barham topdi.
Musiqa va raqs sanati, Boburiylar davrida musiqa san’ati ham yaxshi rivojlandi. Bobur va Xumoyun musiqani juda sevardi. Akbar ham sozandalarga g’amxurlik kursatar va eng yaxshi san’atkorlarni saroyga taklif etardi. Taksen ismli sozanda ular orasida eng usta san’atkor bo’lib, Roja Man Singa tashkil etgan Guvalyordagi musiqa maktabida tahsil olgan, juda ko’p musiqa usullarini yaratgan. Saroy sozandalaridan yana biri Bobo Ran Das Bayju Bavra Taksenning zamondoshi, o’z davrining mashhur sozanda va xonandasi, u saroydan yiroqda yashagan. Akbar davrida vokal va cholg’u asboblari, musiqa san’ati yaxshi rivoj topdi. Jahongir ham sozandalarni o’z himoyasiga oldi. Ular orasida Jahongir Dod, Parvoz Dod, Xurram Dod, Xamzan va Chatraxonlar mashhur edi.
Shoh Jahonning o’zi ham yaxshigina sozanda bo’lib, boshqa san’atkorlarga ham otalik qilardi. Uning saroyidagi san’atkorlar orasida Jatannat, Romdas, Suxsen, Sursen, Latstxon va Durajxon kabi o’z davrining mashhur sozanda va xonandalari ijod qilishgan. Raqs san’ati ham Avrangzebdan boshqa barcha podshohlar himoyasida yaxshi rivoj topdi.48
Boshqa san’at turlari ham rivojlandi. Akbar mirzo, Jahongir va Shox Jahon davrida haykaltaroshlik,ayniqsa, fil suyagidan nafis anjomlar ishlash san’ati rivojlandi. Kulolchilik va zargarlik ham o’z kamolotiga etdi. Hamma podshohlar ham bog’yaratish san’atiga juda katga e’tibor bilan qarar edilar. Juda kup joylarda go’zal va manzarali bog’lar yaratib, suvlar chiqarildi. Maqbaralar atrofi hamisha bog’bilan uralib turardi.
Bobur Agrada “Nurafshon” nomli bog’ yaratgan, hozir bu bog’“Orom bog’”deb ataladi. Kashmirdagi mashhur Shaxmar bog’ini Jahongir, Loxurdagi Shalimar bog’ini esa Shoh Jahon bunyod etgan.Xullas,temuriylar Hindistonning siyosiy va madaniy hayot tarixida uchmas iz qoldirdilar.



Xulosa
Tarixdan ma’lumki, Boburgacha va Boburdan keyin ham, Hindistonga bostirib kirgan ajnabiylar bu mamlakat boyligini talon-toroj qilib, o’z vatanlariga olib ketish bilan mashg’ul bo’ldilar. Bobur va uning avlodlari esa ulardan farqli ularoq bu elda qolib tinchlik-osoyishtalik va yirik birlashgan davlat urnatish kabi ijobiy va savobli ishlarni bajardilar.Ular bu afsonaviy el boyligini hech qaerga junatmay saqlab qoldilar. Aksincha ular bu mamlakatda bunyodkorlik ishlariga qat’iy kirishib, ulkan va buyuk obidalar, inson aqli-zakovati bilan qadriyatlar bunyod. etdilar, elni obod qildilar, boyligiga boylik, shuhratiga shuhrat qushdilar.49 Bobur va uning avlodlarining odilliklari, olijanobligi ham ana shunda.
So’nggi boburiylar davridayoq Hindistonga turli bahonalar bilan bostirib kirib, o’z hukmronligini o’rnatgan portugalyyalik, franstiyalik va ayniqsa angiliyalik mustamlakachilar hind xalqini qullardek ishlatib ular yaratgan boyliklarni o’z vatanlariga tashib ketish bilan mashg’ul buldilar. Ingliz mustamlakachilari Londonda turib, ashaddiy, shafqatsiz vakillari orqali Hindistonni mustamlaka sifatida idora qildilar. Ular bu mamlakatda nima yaratishgan bo’lsalar, mahalliy xalq ehtiyoji uchun emas, Angliyaning hukmron doiralari manfaatlarini ko’zlab bajardilar.50
Shunday qilib, Hindistoi Angliya mustamlakachilari zulmi ostida ikki asrdan ko’proq azob chekdi, xor bo’ldi.
hind xalqi ozodlik va mustaqillik uchun uzoq og’ir, mashaqqatli kurashlar olib borib, minglab berilgan qurbonlar evaziga 1947 yil 15 avgustda buyuk vatanparvarlar, Maxatma Gandi, Javaharla’l Neru va boshqalar rahbarligida mustaqillikka erishdi va hozirgi kunda jahondagi yirik davlatlar qatoridan joy oldi. Boburiylar tarixi va madaniyatini urganish uchun hali ko’p ishlar qilishga to’g’ri keladi. O’sha davr saroy tarixchilari Abdulqodir Badauniy, Abulfazl Allomiy, Ferishta, Abdulhamid Lahuriy, Nizomiddin Xeraviy, Muhammad, Haydar, Rashid Nadni, Xondamir, Javhar, Muhammad Soqiy va boshqalar Bobur, Xumoyun, Akbar, Jahongir, Shoh Jahon, Avrangzeblarning hayoti va faoliyati to’g’risida katta-katta asarlar yozib qoldirganlar.
O’sha qo’lyozma asarlarniig ba’zi nusxalari Sharq va Fap6 mamlakatlarining yirik kutubxonalarida, O’bekistan Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutining kutubxonasida saqlanmokda. Masalan, keksa olimlarimiz Porso Shamsiev va Sodiq Mirzaevlar Zavqiddin Muhammad Boburning “Boburnoma”sini nashrga tayyorlashdi va u ikki kitobdan iborat 1948 yili Toshkentda O’zbekistan davlat nashriyoti tomonidan chop etildi. Undan keyin bu asar o’zbek va rus tillarida qayta-qayta nashr etildi. Boburning qizi Gulbadan begnm akasi Humoyunning hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi “Humoyunnoma” yodnomasi ham 1959 yili Toshkentda alohida kitob shaklida o’zbek tilida chop etildi.
Hozir Sharkshunoslik institutining qulyozma va toshbosma kitoblari saqlanayotgan xonasida shunga o’xshash turli nomdagi yana bir qancha asarlar borki, ular ham Boburiylar davri tarixini turli tomonlarini yoritishga bag’ishlangan.
Bobur va boburiylardan etishib chiqishdan buyuk siymolarning ibratli katta nafi teguvchi ijodini va faoliyatini har tomonlama chuqur o’rganish ko’pchilikning, turli mutaxassislarning sharafli vazifasi bo’lmog’i zarur.Masalan, Boburni odil va tadbirkor shox, jasur va mohir lashkarboshi iste’lodli tarixchi, san’atshunos ulug’

shoir sifatida ham etarlicha o’rganilmagan. “Boburnoma”dagi

lirik shoir sifatidahametarlicha o’rganilmagan.“Boburnoma”dagi o’simliklar, hayvonot, er, daryolar, konlar to’g’risidagi ma’lumotlar shu sohalarning mutaxassislari uchun juda muhim ekanligi ma’lum bo’lmoqda. Demak, Bobur kabi buyuk insonlar hayoini, saltanatini ko’pchilik bilan keng urganish ularning ulugvorligini tularoq namoyon qiladi.
Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash zarurki, mustaqillik sharofati bilan buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodiyoti bilan xavf-xatarsiz, katta ishtiyoq bilan keng va chuqur tanishish imkoniyatiga ega bo’ldik. Endi ularning nom-nishonsiz bo’lib ketgan asarlari yuzaga chiqib ko’p nusxada nashr etilmoqda. Endigi vazifa ana shu boy va nodir xazinalarimizdan yosh avlodlarimizni ham baxramand qilish, xalqimizning eng yaxshi urf- odatlari, milliy an’analari ruhida tarbiyalash, ularga o’z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg’usini singdirishdan iborat bo’lmogi lozim.
Mavzu yuzasidan taklif va tavsiyalar: Hindistonda Boburiylar saltanati davrida maorif,san’at va adabiyot,Boburiylar saltanati davrida ilm fan rivojiga e’tibor, Boburiylar hukmronligi davrida maorif tizimi, Hindistonda adabiy,tarixiy,ilmiy asarlar51 Hindistonda Boburiylar saltanati davrida san’at, Me’morchilik va shaharsozlikning rivojlanishi, Boburiylar saltanati davrida tasviriy san’at haqidagi ma’lumotlar keng yoritilgan. Maktabda 8-sinf O’zbekiston va Jahon tarixi mavzularida, kasb hunar kollejlarida adabiyot darslarida foydalanilishi mumkin.



Download 107.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling