M igf-au-21-guruhi magisteri ja’farov ibrohimning
Boburiylar davrida Hindistonda madaniy, ma’naviy, ilmiy, adabiy, va tarixiy muhit
Download 107.39 Kb.
|
Ja\'farov Ibrohim kurs ishi
1.2.Boburiylar davrida Hindistonda madaniy, ma’naviy, ilmiy, adabiy, va tarixiy muhit.
Boburiylar hukmronligi davrida Hindistonda adabiyot gullab-yashnadi va juda ravnaq topdi. Ko’plab badiiy, tarixiy, ilmiy asarlar yaratildi hamda boshqa fors, sanskrit, arab tillardan tarjimalar qilindi. Fors tilidan tashqari, hind va urdu tillarida ham ko’plab asarlar yaratildi. Hindiston tarixida boburiylar hukmronligi davri adabiyot, tarixiy va ilmiy asarlar yaratish borasida boshqa davrlarga nisbatan ancha sermahsul bo’ldi. Bu ulkadagi XVI— XVII asrlarda erishilgan eng yuksak adabiy va ijodiy muvaffakiyatlar asosan, podshoh Zahiriddii Muhammad Bobur va boburiy shaxzodalar faoliyati va ularning ijgimoiy sohaga bo’lgan ijobiy munosabatlari tufayli ro’y berdi. Bu davrda fan va adabiyot hamda san’atning barcha turlari barq o’rib rivojlandi, jamiyat taraqqiyoti o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. Saltanat hukmdorlari mamlakatda ilmiy va adabiy faoliyat uchun zarur sharoit yaratibgina qolmay, ularning o’zlari ham ana shu jarayonda faol qatnashdilar, bu sohalarning rivojiga sezilarli hissa qo’shdilar. Bu hol esa ko’plab olim va adiblarning bu erda xotirjam yashab barakali ijod qilishlari uchun qulay sharoit yaratib berdi.16 Bobur o’z davri adabiyotining etuk bilimdoni bo’libgina qolmay, o’z ijodining mahsuli bilan dunyo ilmlarini haligacha lol qoldirib keladi. Uning qalamiga mansub tarixiy va badiiy nasrning etuk namunasi “Tuzuki Boburiy” olamaro mashxur va manzur asardir. Boburiy podshohlar uchun bu asar davlatni boshqarishda va umuman o’z hayoti va xukmdorlik faoliyatlarini tashkil qilishida dasturilamal bo’lib xizmat qildi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ular hukmronlik qilgan davrining o’zidayok, bu asar turt marta turkiydan fors tiliga ugirilgan va “Boburnoma” nomi bilan mashhur bo’lgan. Hindistonda barq urib rivojlanayotgan ulkan saltanat sohiblarining sir-asrori bu erga oyog’i etib kelgan ingliz mustamlakachilarining ham diqqatini o’ziga jalb ettach, 1809—1816 yillarda ingliz sharqshunoslari Jon Leyden va Uilyam Erskinlar bu asarni ingliz tiliga ugirdilar. Keyinroq Evropaning boshqa shaharllarida ham bu nodir asarni o’z tillarida o’qish imkoniga ega bo’ldilar.17 Shoir Boburning she’riy asarlari, xususan, uning turkiyda yozilgan “Devon”i ingliz sharqshunosi Denis Ross (1910), turk olimi Fuod Kuprulizoda (1912—1913), afg’on olimasi Shariqa Yorqin (1983), rus akademigi A.V.Samoylovich (1917), O’zFA muxbir a’zolari A. Qayumov va S. Azimjonovalar (1958,1965), professor S.Xasanov (1982), I.V. Stebleva (1982), professor A. Abdug’afurov (1994) va boshqalarning asarlarida mufassal tadqiq qilingan. Boburning o’g’li Humoyun ham turkiy va fors adabiyotining nodir bilimdoni, falsafa, matematika, astronomiya va astrologiya ilmini mukammal egallagan olim edi. Shuningdek, uning g’azallar mashq qilib turgani ma’lum. U kitob mutolaasini yaxshi ko’rardiki, safar va harbiy yurishlarda ham kutubxonasini o’zi bilan birga olib yurar edi. Akbar davrida ilm-fan va ma’rifat ancha ravnaq topdi. Podshoh o’zi nazariy bilmlar sohibi bo’lmasada, ilm- fanniig va ma’naviyatning rivojlanishi uchun zarur sharoit yaratib berdi, maktab va madrasalar, ilm markazlari tashkil qildi.Boburning qizi Gulbadanbegim tomonidan yozilgan “Humoyunnoma”, Mulla Dovudning “Tarixi Atfi”, Abulfazlning “Akbarnoma” va “Ayii Akbariy”, Abdul Boqqning “Maassiri Rahimiy”, Nizomiddin Ahmadning “Taboqati Akbariy”, Abduqodir Badauniyning “Muntaxab ut-tavorix”, Fayziy Sarxindiyning “Akbarnoma”, Abbos Sarvoniyning “Tuxfai Akbarshoxi”, ulamolar jamoasi tomonidan bitilgan va islom tarixining ikki miig yillik tarixini qamrab olgan “Tarixi Alfi” asarlari alohida ahamiyat kasb etadi.18 Ushbu asarlarda mualliflar yashagan davrning voqealari xronologik tartibda bayon qilinibgina qolmay, usha voqealarni keltirib chiqargan sabablar, hukmdorning davlatni idora qilish uslubi, harbiy va ma’muriy idoralar tizimi, davlat arboblarining yozishmalari, olimu ulamolar va ularning uslubi va boshqa qimmatli ana shunday mutaxassislardai biri ingliz tarixchisi V. A. Smit Abulfazlning bayon uslubini yoqtirmaganini ochiqdan-ochiq tan olib, shunday deb yozadi: oddiy narsalarni ham balandparvoz iboralar bilan osmonu falakka olib chiqb, shunday havolantirib yuboradiki, unda aytilmoqchi bo’lgan g’oya o’z mohiyatini yo’qotib, o’quvchida muallifning rostguyligiga shubha to’g’diradigan taassurot qoladi. “Boburnoma”ning turkcha nusxasidan ingliz tiliga tarjima qilgan ingliz sharqshunosi A.S.Beyverij xonim ham Abulfazlning insho uslubini sirg’anchiq va xira deb qabul qiladi. Hind muarrixi, boburiylar saltanati tarixining yirik tadqiqotchilaridan biri Ser Jodunag Sarkorning fikricha, Abulfazl shunchalik serhafsala ritorika ustasi ediki, u biror dalilni izohlamoqchi bo’lsa, bu dalilni serjilo iboralarga ko’mib tashlaydi. Albatta, go’zal va serjilo uslubiy vositalarga to’la bu sharqona bayon har qachon ham har kimga tushunarli bo’lavsrmasligi tabiiy hol. Bu uslubni yaxshi tushunadiganlar uchun esa bu noyob qobiliyatdir. Bu utkir qobiliyatni yaxshi qadrlaydiganlardan biri, o’sha davrdagi o’zbeklar xoni Abdulloxon odatda: “Men Akbardan emas, Abulfazlning qalamidan ko’proq qo’rqaman”, deguvchi edi. O’sha davrda yaratilgan asarlar sirasida Abduqodir Badauniyning qalamiga mansub “Mushaxab ut-tavorix” asari alohida kuzga tashlanadi. Bu asarning o’ziga xosligi shundaki, asar usha davrda yaratilgan boshqa asarlardan mazmunan farq qilib, unda Akbarning podshohlik faoliyati va diniy e’tiqodi ayovsiz tanqid qilinadi.Shuning uchun xam Akbar atrofidagi sunniy mazhabdagi g’oyaviy maslakdoshlari Shayx Muborak, uning o’g’illari Abulfazl, Fayziy, mashhur ulamo Shayx Abdunabi kabi din arboblari uni yoqtirishmas va ko’pincha ta’qib ham qilardilar. Bundan alamzada bo’lgan Abduqodir o’ziiing tanqidiy fikrlarini mana shu asarida bayon qilgan edi. Akbar davrida yaratilgan asarlardan yana biri Xo’ja Nizomiddin Ahmad qalamiga mansub “Taboqati Akbariy” (yoxud Akbarning solnomasi) asaridir. Asar muallifi Akbar saroyida yuqori lavozimlarda ishlab kelgan a’yonlardan edi. V.A.Smitning izohlashicha: bu asar uslubiy jihatdan quruq va shirasiz tilda diniy e’tiqodi ayovsiz tanqid qilinadi.Shuning uchun ham Akbar atrofidagi sunniy mazhabdagi g’oyaviy maslakdoshlari Shayx Muborak, uning o’g’illari Abulfazl, Fayziy, mashhur ulamo Shayx Abdunabi kabi din arboblari uni yoqtirishmas va ko’pincha ta’qib ham qilardilar. Bundan alamzada bo’lgan Abduqodir o’ziiing tanqidiy fikrlarini mana shu asarida bayon qilgan edi. Akbar davrida yaratilgan asarlardan yana biri Xo’ja Nizomiddin Ahmad qalamiga mansub “Taboqati Akbariy” (yoxud Akbarning solnomasi) asaridir. Asar muallifi Akbar saroyida yuqori lavozimlarda ishlab kelgan a’yonlardan edi. V.A.Smitning izohlashicha: bu asar uslubiy jihatdan quruq va shirasiz tilda yozilgan bo’lib, o’sha davrda bo’lib o’tgan muhim voqealarning xronologik tartibini bayon etishga bag’ishlangan, xolos. U Akbarning dinga nisbatan betaraf bo’lganini rad etib, asarda bayon etilgan voqealarga nisbatan tanqidiy mulohazalar bildirmaydi.19 Akbar davrida sanskrit va arab tilida yaratilgan juda kup noyob asarlar fors tiliga tarjima kilindi. Abduqadir Badauniy hind yozuvchisi Balmhiyning Ramayana asarini forschaga ugirdi, mashhur Mahobxorat dostonining bir kismi ham usha paytdayoq Badauniy va Abulfazllar tomonidan forschaga tarjima qilingan edi. Abduqadir Badauniy boshlagan tarjimasini Ibrohim Sarxindiy yakunladi.Fayziy esa arifmetikaga oid “Lilavati” asarini forschaga ag’dardi.Mangxur “Kalila va Dimna” asari ham shaxsan Akbarning farmoniga binoan Abulfazl tomonidan forschaga o’girilgan.O’sha davrning ko’zga ko’ringan shoirlaridan Razzoliy “Ishori maktub”, “Mirogi ul-koinot» asarlarining muallifidir. U erkin fikrlovchi sufiylardan bo’lib, o’z e’tikodiga ko’ra ona yurti Erondan kuvildi va taqdir taqozosi bilan Hindistonning Dehqon ulkasiga kelib qolgan edi. U erdan Jonpur viloyatiga kelib, Akbar ma’muriyatiga xizmagga kirdi.Noyob qobiliyati tufayli tez orada xizmat kursatgan shoirlar qatoridan joy oldi. Shayx Muborakning ikkinchi o’g’li Abulfazlning ukasi Fayziy ham xizmat ko’rsatgan shoirlar sirasidan edi.O’sha davrda katta obro’ qozongan “Markazi Advor”, “Savoti ul-ilhom”, “Masnaviy” va “Marvarid ul- kilom” asarlari uning qalamiga mansubdir. Fayziy ham shoir va olim sifatida tanilgan bo’lib, uning bayon tili ravon, sodda va aniq edi. O’sha davrda yaratilgai oliymaqom asarlar orasida Muhammad Xusayn Nazariyning “Raza’shar”, sherozlik Said Jamoliddining“Qasidalar” to’plamini ham uchratish mumkin. Jahongirning o’zi xam zamonasining mashhur olimi va fozillaridan edi. Uning qalamiga mansub “Tuzuki Jahongiri” asari tarixiy, ilmiy va badiiy jihatdan o’sha davrda yaratilgan asarlar orasida eng yuqori mavqeda turadi va hozirgacha ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Bu avtobiografik asar sahifalarini varaklar ekansiz,asar muallifiningto’g’ri so’zliga,voqealarni beg’arazlik, samimiylik bilan ishonarli tarzda bayon qilishiga lol qolasiz. Ingliz sharqshunoslari Elliot va Dousonlarning fikricha: umuman olganda bu asar juda qiziqarli va o’quvchini o’ziga rom qila oladigan asardir. Uni ukir ekansiz, uning muallifi podshoh Jahongir ekaniga, muallifning juda noyob qobiliyat egasi ekaniga ishonch hosil qilasiz. U o’zining kamchiliklarini ham bobokaloni Bobur podshoh singari ochiq yozadi, asarnio’qib chiqqan kishi muallifning fe’l-atvori va qobiliyati haqida to’liq tasavvurga ega bo’ladi.20 Jahongir davrida yashab ijod etgan shoir va olimlar orasida Mu’tamidxon, Xo’ja Kamgor G’ayratxon, Mirzo G’iyosbek malika Nur Jahonning otasi, Nokibxon Badauniy, Muhammad Xodi, Ne’matulloh va Abdulxaq Dehlaviylarni uchratish mumkin. O’sha davrda yaratilgan asarlar sirasida Xo’ja Kamgor G’ayratxonning “Maassiri Jahongiri”, Mu’tamidxonning “Iqbolnomai Jahongiri”, Muhammad Xodining “Taqtimoti voqeoti Jahongiri” va noma’lum muallifning “Intixobi Jahongirshoh” va “Zubdat ut-tavorix”, Muhammad Qosim Farintganing “Tarixi Farishta”, Mullo Naxvandiyning “Maassiri Roxini” kabi asarlarini ko’rish mumkin. Bular orasida Mu’tamidxonning “Iqbolnomai Jahongiri” asari aloHida ahamiyat kasb etadi. Mu’tamidxon asli eronlik bo’lib, Jahongir saroyida “Mir Baxshi” lavozimida xizmat Qilgan. Jahongir “Tuzuki Jahongiri” asarida o’zining 19 yillik podshohlik faoliyatini aks ettiruvchi voqqalarni o’zi yozgan. Bu asar uch qismdan iborat bulib, uning birinchi qismida Sohibqiron Amir Temur sulolasi tarixi bayon etiladi. Bobur va Humoyunning hukmronlik davrlari ham ana shu qismga kiritilgan. Asarning ikkinchi kismi Akbarning, uchinchi qismi esa Jahongirning hukmronligi davrini yoritishga bag’ishlangan. Ayrim hind tarixchilarining fikricha, Mu’tamidxon Jahongir huzuridan boshpana topgani uchunmi, barcha saroy tarixnavislarida bo’lganidek, voqealarni bayon qilishda, ularni keltirib chiqargan sabablarni izohlashda bir oz burttirishlarga yo’l qo’ygan. Jahongir vasiyatidan keyin Shoh Jahon pinjiga kirgach, Jahongirning suyukli malikasi Nur Jahonning ayrim qilmishlaridan nolib yozilgan urinlar ham kuzga tashlanadi. Chunki Shoh Jahon ugay onasi Nur Jahonning qilmishlarini yoqtirmas ,ayniqsa, Jahongir hukmronligining ikkinchi yarmidan boshlab ular bir- birlariga nisbatan yomon munosabatda bo’lgan edi. Shox Jahon davriga kelsak, Abdulhamid Loxuriy, Muhammad Amin Qazviniy, Muhammad Solih Inoyatxon kabi qalam sohiblari ijod qildilar. Shox Jahon o’zining podshohlik faoliyatining sakkizinchi yilida Muhammad Amin Qazviniyga o’zining podshohlik faoliyati tarixini yozishni buyurdi. Biroq podshohing o’n yillik faoliyati tarixi yozilgach, tarixni yozishni tuxtatish haqida farmoni oliy keldi.21 Qazviniyning bu asari “Podshohnoma” deb atalib, uch qismdan iboratdir. Uning birinchi qismida Shoh shaxzoda Hurramning bolaligadan taxtni egallashgacha bo’lib o’tgan voqealar bayon etilgan. Ikkinchi qismda Shoh Jahonning podshohlik faoliyatining birinchi o’n yillik davri voqealari tavsif etilgan. Asarning uchinchi qismida esa o’nta davrning mashhur olimu ulamolari ro’yxati berilgan. Bu asarda muallif Shoh Jahonni ko’klarga ko’tarib maqtab, o’z otasi Jahongirga qarshi isyon ko’tarishiga malika Nur Jahonni aybdor qilib ko’rsatadi. Davrning yetuk olimi va adiblaridan yana biri Abdulhamid Lohuriydir. Muhammad Amin Qazviniy Shoh Jahon tarixini yozishni to’xtatish buyruq, olgandan so’ng bu vazifa unga topshirilgan edi. U ham o’z asarini Podshohnoma deb atadi va asarni ikki qismga bo’ldi. Uning birinchi qismida asosan, Qazviniyning Podshohnomasi asosida Amir Temur va uning vorislari tarixi hamda Shoh Jahonning dastlabki un yillik podshohlik faoliyati tarixi sharhlab berilgan. Asarning ikkinchi qismida esa Shoh Jahonning keyingi o’n yillik davomidagi hukmdorlik faoliyati mufassal bayon etilgan. Unda podshohning bir kunlik ish faoliyati tartibi, saroyda bo’lib turadigan an’anaviy va dabdabali marosimlar, podshohga hadya etilgan sovg’alar, arqoni davlat, saroy a’yonlariga lavozimlarning taqsimlanish tartibi bayon etilgan, shahzodalar va saltanatdagi o’sha davr olimu fozillariga tavsif berilgan. Bu asar o’zidan keyingi muallliflar uchun xam zarur qo’llanma bo’lib xizmat qildi.Shoh Jahonning katga o’g’li Doro Shukuh (1615—1659) ham o’z davrining yetuk olimlaridan bo’lib, uning homiyligida Abu Tolib Halim, Mirzo Sohib kabi adiblar ijod qilganlar. Ular Doro Shukux rahbarligida sanskrit tilida yozilgan “Gita”, “Yoga Vashist” kabi asarlarni fors tiliga tarjima qilganlar.22Doro Shukuhning o’zi ham “Manjul Baxrayn” nomli asar yozib qoldirgan. Bu asar din nazariyasiga bag’ishlangan bo’lib, unda muallif islom dini va hinduizm oxir-oqibatda bitta xudoga olib borishini isbotlashga urinadi. Kur’onning ko’pgina talqinlari, shuningdek, Bibliya ham o’sha paytda arab va grek tillaridan fors tiliga tarjima qilingan edi. Avrangzeb Olamgir davrida ham qator tarixiy, ilmiy va badiiy asarlar yaratildi. Shunisi diqqatga sazovorki, Avrangzeb tarixga oid asarlarning yozilishini unchalik yoqtirmas edi. Ehtimol, u o’zining taxt uchun kurash jarayonida aka-ukalari va otasiga nisbatan qilgan ishlarining tarixda qolishini istamagandir. U o’z xukmdorlik faoliyatining 21-yilidan boshlab saltanat tarixini yozishi taqiqlab qo’ydi.Shunga qaramay, ana shu mudhish taqiqdan keyin ham yashirin holda tarixiy asarlar yozish davom etaverdi.Mirzo Muhammad Qosimning Olamgirnomasi Avrangzebning tarix yozishni taqiqlash haqidagi farmonidan avvalroq bitilgan bo’lib, unda Avrangzebning dastlabki 10 yillik podshohlik faoliyati juda haqqoniy tarzda, xolisona bayon etilgan. Shuning uchun bo’lsa kerak, bu kitob saroy a’yonlari va keng kitobxonlar o’rtasida qulma-qul bo’lib yurar edi. Avrangzebning o’zi ham arabcha matnlardan foydalanib islom qonun-qoidalariga bagishlangan “Fatvoi Olamgiri” (Shariat konunlari) asarini yaratgan bo’lib, saltanatdan adliya ishlari ana shu qo’llanma asosida hal etilar edi. Bu asarni qizi Zebunniso Begim tomonidan fors tiliga tar- jima qildirgan edi.Shuningdek, “Rukdati Olamgiri” asari ham podshoh qalamiga mansubdir.23 Shoir Tulsiy Das (1532—1623) Akbarning zamondoshi bo’lib, uning ota-onasi oddiy braxmanlardan edi.Uni bir gadoy asrab olgan va keyinchalik inson qxudo Rama unga hayot yo’lini topib olishida ko’mak bergan edi. Xayotining ko’proq uni asrab olgan ota-onasi bilan Banorasda o’tgan.40 yoshga kirgandagina o’zida adabiyotga moyillik borligini sezib, umrini adabiyotga bag’ishladi. Uning qalamiga mansub (Ramaning sarguzashtlari dengizi) asari o’z muallifiga katta shuhrat keltirdi. Bu asar hajman ancha katta bo’lib, unda yuqori hurmatda ega inson qiyofasidagi xudo Ramaning sarguzashtlari haqida hikoya qilishadi. Davrning mashhur adiblari qatoridan “kur ashulachi” nomi bilan tanilgan Sur Das ham o’rin olgan. Abulfazl tomonidan tuzilgan Akbar saroyidagi mashhur 36 olim va adiblar ro’yxatida uning nomi ham zikr etilgan. Uning insho usuli nihoyatda mukammal bo’lib, o’z zamonasining yetakchi olimlari ham unga tanberar edilar. Uning “Sur Sagar” asari alohida salmoqda ega. Bu asarda xazrati Krishnaning hayot yo’li va sevgilisi Radxa haqida hikoya qilinadi. Yana bir adib Nand Das, “Raspanchadx’yan” asari uning qalamiga mansub. Shuningdek, Kxumbxan Das, Ras Xan, Nabxaji, Kesh, Das va boshqalar Akbar davrida yashab ijod etgan adiblardandir. Download 107.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling