M igf-au-21-guruhi magisteri ja’farov ibrohimning


Kurs ishining tuzulish hajmi


Download 107.39 Kb.
bet3/10
Sana21.03.2023
Hajmi107.39 Kb.
#1285638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ja\'farov Ibrohim kurs ishi

Kurs ishining tuzulish hajmi: Hindistonda Boburiylar saltanati davrida maorif,san’at va
adabiyot XVI-XVIII asrlar, ya’ni, Hindistonda Boburiylar hukmronligiyillarini o’z ichiga olgan holda, kirish, 2 bob, 4 ta paragrif,xulosa,ilova va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I Bob.Boburiylar saltanati davrida madaniyat va ilm fan rivoji.
1.1.Boburiylar hukmronligi davrida fan, madaniyat va maorif tizimi.
Boburiylar tarixini yoritishga bag’ishlangan manbalar juda ko’p va turli-tumandir. Ular orasida arab, fors va turk tillarida yozilgan adabiyotlar muhim manba sifatida haligacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
“Tuzuki Boburiy” yoki “Boburnoma” Bobur mirzo tomonidan turk tilida yozilgan tarixiy asar, uning ayrim joylari tarixiy jarayonlarda tushirib qoldirilgan. Shunga qaramay, Markaziy Osiyo va Hindiston tarixini o’rganishda bu asar juda muhim tarixiy manba vazifasini utaydi. Boburiylar hukmronligi davrida ushbu asar to’rt marta fors tiliga tarjima qilingan. Xumoyun davrida dastlab Zaynxon, keyin Poyonda Hasan, uchinchi marta Akbar hukmronligi davrida Abduraxim xoqon tomonidan, to’rtinchi bor Shoh Jahonning bo’yrug’iga binoan Abu Tolib Turbatiy tomonidan fors tiliga o’girilgan. Keyinroq esa bir necha Evropa tillariga, shu jumladan, ingliz va franstuz tillariga ham tarjima qilingan.7
Hindiston yarim oroli eng ko’hna va eng yuksak madaniyat markazlaridan biri bo’lib, bashariyat yaratgan buyuk qadriyatlar orasida o’ziga xos, juda yorqin va mustaqil xususiyatga ega mamlakatdir. O’zining go’zal, muqqaddas an’analarini saqlab kelayotgan hind madaniyati ko’p millatli bo’lib, ularning o’ziga xos mahalliy va milliy san’ati xalq ijodida yasharib, rivojlanib kelmoqda.Hind rassomchilik va me’morchilik san’ati o’zining uzoq yillik tarixida qushni xalqlar, ayniqsa, Movarounnahr xalqlari ijodiga samarali ta’sir ko’rsatib keldi va o’z navbatida boshqa xalqlardan ham ko’p san’at durdonalari,usulva namunalarini qabul qilib, uni sayqalladi. Natijada hind madaniyati yana boyidi, nafislashdi, kishilar qalbini o’ziga maftun qildi. Dehli sultonligi va boburiylar xukmronlik qilgan davrda bunyod etilgan binolar, yodgorliklar turli rangdagi qimmatbaho toshlardan, marmarlardan sayqal topgan va shinamligi, nafisligi,mahobatligi,salobatligi bilan musulmon mamlakatlaridagi bino va yodgorliklardan katta farq qiladi.
Hindistonda qadim zamonlardan beri, jumladai, boburiylar saltanati davrida ilm-fan, maorifga xomiylik qilinib, ularning rivojiga katta e’tibor berib kelingan, hind xalqi ma’rifatparvar xalq bo’lgan va hozir ham shunday.
Hind tarixchisi L.P.Sharmaning bayon etishicha,boburiylar hukmronligi davrida mamlakat o’zra ma’lum reja asosida va bir xil tizimda ta’lim ulchovlari tashkil qilingan bo’lib, yoshlarga ta’lim berish ishlari asosan yirik shaharlarda ochilgan maktab va madrasalarda, ayrim hollarda esa yakka tartibda olib borilar edi. Bolalarni yakka tartibda asosan, shahzoda va malikalar, shuningdek, arkoni davlat - saroy a’yonlari, amir va beklar hamda hokimlarning farzandlari kabi aslzoda bolalar uchun tashkil qilinar edi. Bunda ularning ta’lim olshilari uchungina emas, balki kundalik tarbiyasi bilan ham shug’ullanuvchi maxsus tarbiyachilar tayinlangan. Yosh shahzoda va malikalarning tarbiyasi uchun eng tajribali, obro’li va keng bilim doirasiga ega enagalar tayinlangan.
Bobur mirzoning xotinlari orasida shaxzoda Xumoyun Mirzoning onasi malika Mohim Begim bilim doirasi va dunyoqarashi keng, aql-zakovatli va dono ayol bo’lganidan saroy a’yonlari orasida katta obro’ va izzat-ikromga sazovor bo’lgan. Shuning uchun ham 1525 yilda Boburning farmoniga binoan (bu haqda “Boburnoma”da ma’lumot bor) uning8 10 yoshli qizi Gulbadanbegim va etti yoshli o’g’li shahzoda Hindol Mirzolar malika Mohim Begim tarbiyasiga berilgan. Gulbadanbegim va Hindol mirzolar bitta onaning farzandlari. Ularning onasining asl ismi Soliha Sulton Begim bo’lib, u malika Dildor Og’acha Begim nomi bilan tanilgan. Shahzoda Olur Mirzo, malikalar Gulrang Begim va Gulchehra Begimlar ham ana shu onadan tug’ilgan edi. Gulbadanbegim har ikkala onasini ham baravar hurmat va ehtirom bilan e’zozladi.Temuriylar udumiga ko’ra yosh shahzodalar bolaligidanoq davlat ishlaridan xabardor qilinib, saltanatni boshqarish ishlariga o’rgatilardi.9 Ayrim hollarda malikalariga ham nomaxramlar nazaridan saqlash uchun maxsus parda orqali to’sib qo’yilgan joyda o’tirib, bu marosimlarda qatnashishlariga ruxsat etilgan. Aslzodalarga falsafa, tarix, matematika kabi fanlar o’qitilar hamda musiqa ilmidan dars berilardi. Arab tilini o’rganish esa har bir musulmon farzandi uchun ham farz, ham sunnat hisoblanardi. Bundan tashqari, ularga otda yurish, chavandozlik, qilichbozlik, kamonbozlik, merganlik kabi shaxsni jasurlik va mardlikka o’rgatadigan mashqlar bilan shug’ullantirish uchun ham maxsus tarbiyachilar tayinlangan.
Gulbadanbegimiing hikoya qilishicha, Humoyun saroyida shodlik kunlarida ayollar mardonavor kiyimlar kiyib chavandozlik o’yinlarda ishtirok etgan. To’y marosimlarida esa Begimlar podshoning ung tomonidagi zarduzi kurpachalarda o’tirishgan.Bonuning aslzoda malikalar uchun maxsus tashkil etilgan chavavdozlik va kamonbozlik mashqlarida atrofidagi dugonalaridan hamisha g’olib chiqqanligi e’tirof etiladi.
Jahongirning suyukli malikasi Nur Jahon ham jismonan baquvvat va shijoatli bo’lganidan eri Jahongir bilan tez-tez ovga chiqib turar, nishonga olgan hayvon yoki parrandani bexato urar edi.
Oddiy fuqaro farzandlarining ta’lim va tarbiyasi masalasiga kelsak, har bir viloyat va qishloqalar hokimiyati ma’muriyatida “sadr” lavozimi ta’sis etilgan bo’lib, bu lavozimga tayinlangan mansabdor shaxs o’z hududida ma’rifat ishlari uchun sarflanadigan xarajatlarni hisob-kitob qilar,fan arboblari, din ulamolari, madrasalarning mudarris va muallimlarini moddiy rag’batlatirish,podshoh yoki hokim tomonidan takdirlash uchun nomzodlarni tavsiya etish ishlari bilan shug’ullanardi. Uning tavsiyasiga ko’ra maorif uchoqlari va ilm markazlari davlat xazinasidan moddiy mablag’ bilan ta’minlanar va bu borada xayriya ishlari tashkil qilinar edi.
Odatda musulmon bolalari uchun maktab va madrasalarda qizlar alohida, o’g’il bolalar alohida o’qilishi yo’lga qo’yilgan edi. Bolalar besh yoshdan maktabga qabul qilinardi. Hind bolalari maktablarda qiz va o’g’il bolalar aralash tarzda o’qitilar edi. Mamlakat aholisi tarkiban turli etnik guruhlardan iborat bo’lgani uchun ilmiy asarlar, darslik va qo’llanmalar fors, arab, hind va urdu tillarida yaratilgan.
Maktab va madrasalar podshoh, hokim yoxud biron badavlat amir va beklar tomonidan xayriya sifatida aynan ana shu maqsadda qo’rilgan binolarga joylashtirilgan. Ularga sarflanadigan xarajatlar davlat xazinasidan, ba’zan esa xayriya mablag’lari hisobidan qoplangan.
Bobur mirzo xassos shoir va olim, mohir davlat arbobi va lashkarboshigina emas, balki buyuk madaniyat va sharqona axloq-odob timsoli, ulkan ma’rifat fidoyisi hamdir. U Hindistonga kelib, saltanat ishlarini sarishtalab (1526— 1530), Dehlida madrasa qurdirib, bu erda geografiya, matematika, astronomiya kabi dunyoviy fanlar bilan bir qatorda diniy fanlarning ham o’qitilishini yo’lga qo’ydi. Mudarris sifatida Markaziy Osiyoning yirik shaharlaridan o’z davrining yirik olim va mutafakkirlarini taklif qildi. Boburning yoshlarning ilm olib xafsala va mas’uliyat bilan qaraganini uning usha paytda Shayboniyxonning vaxshiyliklari tufayli otasi qatl etilgan Muhammad Haydar Mirzoning xotiralaridan ham qisman bilib olish mumkin. Boburning xolavachchasi bo’lmish bu etimchani Bobur huzuriga chorlab, uni o’z tarbiyasiga oldi. Bu haqda Haydar Mirzo o’zining “Tarixi Rashidiy” asarida shunday xotirlaydi: “Meni otamdan judo qilgan kun men uchun eng og’ir kun bo’lgan bo’lsa ham, shoxning cheksiz g’amxypliklari tufayli men bu judolikni sezmadim. Usha paytdan boshlab (xijriy 915—918) men hamisha uning yonida bo’ldim. Ot minib safarga chiqqanda ham, biron davradagi mashvaratda ham undan ajralmas edim. Faqat saboq olayotgan paytimdagina u meni bezovta qilmas, saboq tugashi bilanoq kishi yuborib meni huzuriga chorlar edi. Uning yonida bo’lgan paytlarimda u hamisha menga otalarcha g’amxurlik va talabchanlik bilan muomala qilardi”.10
Boburning ma’rifat sohasidagi ishlarini o’g’li Humoyun davom ettirib, mamlakat poytaxtida Madrasa va “Din panoh” deb atalgan diniy ilmlar markazi tashkil etdi. Zamona zayliga ko’ra u erda asosan, diniy fanlar, xususan, islom nazariyasi o’rganilar edi.
Mamlakatdagi maorif sohasidagi ishlar Humoyunning o’g’li Akbar hukmronligi davrida rivojlandi. Bu davrga kelib maorif muassasalarida diniy fanlargina emas, balki dunyoviy fanlarni o’qitilishini ham rivojlantirish zaruriyati sezilib qoldi. Shuning uchun ham maorif tizimini takomillashtirishga e’tibor kuchaytirildi. Podshoh farmoniga binoan poytaxtda maxsus tarjimondik markazi tashkil etilib, o’sha davrning etuk olimu ulamolari tarjimachilik ishiga jalb qilindi. Ularga podshoh xazinasidan maxsus maosh tayinlandi. Fanning barcha sohalari bo’yicha sanskrit (qadimgi hind tili), arab, urdu va boshqa tillarda yaratilgan va eng yaxshi asarlar fors tiliga o’girilib, maktab va madrasalarda darslik sifatida qo’llanilishi yo’lga qo’yildi. Ilm dargohlarida dunyoviy fanlar, jumladan, matematika, geografiya, astronomiya, tarix, siyosatshunoslik, dinshunoslik kabi fanlar o’qitilishiga erishildi.
Musulmon bolalari va mahalliy hind bolalari bir xil umumta’lim maktablarida o’qib, barcha fanlardan bir xil darslik va qo’llanmalardan foydalanish tartibi joriy qilindi. Musulmon bolalariga sanskrit tili, hind bolalariga esa davlat tili fors tilini o’rgatish rasmiy tus oldi. Hind bolalariga o’z dini buyicha ta’lim beriladigan hollarda bug’xonalardan maxsus braxmanlar taklif egiladigan bo’ldi.
Abulfazlining “Ayni Akbariy” asarida ko’rsatilishicha, Akbar hukmronligi davrida Shoh Fathulloh Sheroziy tomonidan tavsiya etilgan o’qitish dasturi asosida maorif tizimida katta islohot ishlari o’tkazildi.Keyingi davrlarga kelib nizomiya tizimi ham o’qitish sohasida qo’llanila boshlandi. Bu tizim talabiga ko’ra, talabaga har tomonlama, turli soha bo’yicha ta’lim-tarbiya berilar va u o’zining mustaqil intilishi tufayli ma’lum sohani o’ziga kasb qilib olishi lozim bo’lar edi.
Akbar mirzo maktab va madrasalar oldiga aniq va keskin talablar qo’ydi. Yoshlarning mustaqil bilim olishga intilishini ta’minlash maqsadida bu borada “Talaba “ ancha narsani o’zi tushunib olishgao’rganishiga, muallim esa unga birozgina yordam berib turishiga erishish lozim, deb ta’kidladi. Uning bu niyatlariga qay darajada erisha olganini u hukmronlik qilgan davr mobaynida mamlakat o’zra ko’plab maktab va madrasalar hamda boshqa oliy ilm dargohlari tashkil etilgani va bu ishlarning natijasi ularoq, jamiyatga kuplab olimlar, fozillar va adiblar etishtirib berilgani, xalqning madaniy hayoti va turmush farovonligi boshqa davrlardagiga nisbatan ancha yuqori darajaga ko’tarilganidan va nihoyat, Hindiston shoxlari silsilasida Akbarning “Buyuk Akbar” nomini olganligidan anglasa bo’ladi.11
Boburiy podshohlar hukmronligi davrida umumta’lim tizimini takomillashtirish borasida ko’pgina islohiy o’zgarishlar amalga oshirildi.Islomiy maktablar masjiddarga, sufiylarning xonaqohlari madrasalarga biriktirib berildi, ko’plab ilm maskanlari tashkil etildi. Jahongir va Shoh Jahon hukmronlik qilgan davrlarda ham mamlakatning maorif tizimini yanada takomillashtirish va zamonaviy fanlarni o’qitishni yo’lga qo’yish borasida ko’p ijobiy ishlar qilindi. Bu soha uchun davlat xazinasidan ko’plab mablag’ ajratildi, ta’lim-tarbiya maskanlari rivojlandi. Mamlakatga ko’plab olimlar, fozillar, me’morlar va tasviriy san’at ustalari etkazib berildi. Mamlakatda me’morchilik ilmi va tasviriy san’at bevosita podshoxlar xomiyligida taraqqiy etdi. Shu bois ham tarixnavislar bu davrni mamlakatning madaniy xayotidagi “Oltin davri” deb atashadi.
Avrangzeb Olamshr hukmronligi davriga kelib maorif va ma’rifat borasida ko’proq musulmon maktablari va madrasalarini takomillashtirishga e’tibor kuchaytirildi. Dehli, Agra, Fotexpur Sekri, Laknov, Guvalyor, Kashmir, Alloxobod, Loxur, Jogatur, Sialkot kabi shaharlar musulmonlarning asosiy ilm markazlariga aylantirildi.Bu ilm dargohlari orasida ayrim fanlarni o’qitish bo’yicha ulkan tajriba to’plab, mamlakat o’zra mashhur bo’lib kettanlari ham oz emas edi. Masalan, Laknov shahridagi Farajsh Mahal madrasasi huquqshunoslik fanini o’qitish bo’yicha ma’lum va mashhur edi. Dehlidagi Shoh Valiulloh madrasasi mantiq ilmini, Sialkot shahridagi Madrasa esa savodxonlik ilmini o’qitish bo’yicha tengi yo’q, deb tan olingandi.12
Madrasalarning shuhrati, unda dars beradigan mudarris va muallimlarning obro’si va bilimdonligi bilan ulchanardi. U paytlarda o’kishga qabul qilish uchun imtihon olish odat tusiga kirmagan bo’lib, talabani o’qishga qabul qilish va o’qitish ustoz muallimga bog’liq edi. Madrasa o’qishni bitirgan talabaning bilim darajasi uning qaysi ilm dargohida o’qigani qaysi muallimlar o’qitgani bilan belshlangan. Muallim va mudarrislar ko’p holdarda qomusiy bilim egalari bo’lib, fanning bir nechta sohalari buyicha ma’lumotga ega bo’luvchi va o’z sohasi bilimdoni hisoblanardi.
Banoras shahridagi bilim nazariyasi va sanskrit adabiyotini o’qitish sohasida katta obro’ qozondi.Bu erni ziyorat qilishga kelgan sayyohlar bu ilm dargohini Grestiyaning Afinadagi oliy maktablariga tenglashtirganlar. Boburiylar saltanati davrida davlat tomonidan homiylik qilingan maorif tizimi bo’lmagan. Ammo boshlang’ich va o’rta ta’lim tizimi mavjud bo’lib, ularga viloyat hokimlari, zodagon amaldorlar sidqidildan homiylik qilganlar va uning rivoji uchun maktablarni boshqarib turuvchi masjidlarga, ibodatxonalarga erlar va mablag’ ajratib turganlar, umuman, ular maarif rivojiga mas’ul va fidoi bo’lganlar.Taxminan barcha masjidlar va ibodatxonalar qaramog’ida maktablar bo’lgan, ularda mahalla o’g’il-qizlari boshlang’ich ta’lim olganlar.Qishloq va shaharlarda ham hindiy, sanskrit va mahalliy aholi tillarida maktablar ishlab turgan.
Bobur davlatidagi vazirlardan biri Sayid Maqbar Alining asarida yozilishicha, fuqarolar masalalari vazirligining asosiy vazifalaridan biri maktablar, madrasalar va kollejlar qurishdan iborat bo’lgan. Boburning tung’ich o’g’li valiahdi Humoyun geografiya, astronomiya fanlariga juda qiziqqan, kitoblarni sevib, ularni asrab avaylab to’plagan.13

Boburning nabirasi Akbar hukmronlik qilgan davrda maorif va ilm-fanga e’tibor juda kuchayadi, maktab va madrasa, kollejlar soni ko’payadi, ularda dars berish sifati ancha ko’tariladi. Shoh Jahonning tung’ich o’g’li Doro Shukuh boburiylar saltanatidagi iste’dodli olim va katta ma’rifatparvar shaxs edi. Boburiylar xonadoni u bilan faxrlanardi. Chunki u arab, fors, sanskrit tillarini yaxshi bilgan va she’rlar yozgan. U olim sifatida ko’p asarlar yozgan. Shu bilan birga, hind xalqining qomusiy kitoblarini, taqvimlarini, tasavvuf falsafasiga oid bir qancha kitoblarini fors tiliga tarjima qilgan ekan. Ingliz Vilyam Siyman Doro Shukuhni afsonaviy shaxs deb yozgan ekan u tabiatai ma’rifatparvar edi. Hindistonda qadim zamonlardan beri ayollarga maorif eshiklarini keng ochib qo’yganlar, ayniqsa, ular mumtoz (klassik) va muqaddas kitoblardan va adabiyotlardan chuqur ma’lumotli bo’lganlar. Akbar davrida ham zodagonlar oilalaridagi qizlarni doimo o’qitib, ma’rifatli qilishga harakat qilganlar. Ba’zi xotin- qizlar adabiyot, tarix sohasida o’zlarining yuksak iste’dodlarini namoyish qilganlar.Masalan, Boburning qizi Gulbadanbegim “Humoyunnoma” nomli tarixiy asarning muallifi bo’lsa,Humoyunni jiyani Salima Sultona fors tilida asarlar yozgan. Nur Jahon, Mumtoz Mahal, Jahonaro begim, Zebunnisa kabi ayollar chuqur ma’lumotli bo’lishgan, fors va arab adabiyotini bemalol o’qiganlar. Arab va fors tili bilan adabiyotdan yaxshi mutaxassis bo’lgan Zebunniso, chuqur mazmunli, jozibali g’azallar yozgan, u mohir hattot ham bo’lgan va boy kutubxona tashkil etgan.
Akbar homiyligida hindiy, fors va boshqa tillardagi adabiyot rivojlandi. Fors tilida yozilgan asarg’. O’sha davrda yozilgan eng muhim tarixiy asarlar: Mullo Dovudning “Tarixi Alfi”, Abul Fazlning “Ayini Akbariy” va “Akbarnoma”, Badaunining “Muntaxabut-tavorix”, Nizamiddin Ahmad Xeraviyning Tabahoti Akbar shohi”, Fayzi Sirxindiyning “Akbarnoma”, Abdul Boqiyning “Maosiri Rajimi” va boshqalar Abdurahim xoni homiyligida yaratilgan nodir asarlardir. Akbarshohning farmoni bilan u sanskrit, hindiy va boshqa tillardagi qimmatli asarlarni fors tiliga tarjima qilgan.14 Hindlarning mashhur yirik dostoni “Mahabhorat” (Buyuk Bxarat) asarini musulmon olimlari fors tiliga tarjima qiladilar va ularni “Razmnoma” nomi bilan kitob qilib ko’paytiradilar. Badauni to’rt yil mashaqqatli mehnat qilib, 1589 yil i mashhur hind dostoni “Ramayana”ni hindiy tilidan fors tiliga tarjima kiladi. Abdurahim xoni Xonon “Boburnoma”ni, Mavlono Shoh Muhammad Shahobodiy “Kashmir tarixi”ni fors tiliga tarjima qiladilar.
Shunday qilib, XVI—XVII asrlarda Hindiston adabiyoti ancha ravnaq topdi. Xon va hokqonlar, rojalar to’plagan kitoblar katta kutubxona qurishni taqozo etadi. Shunday kutubxonani birinchi bo’lib Akbar tashkil etadi.Bu kutubxonadagi kitoblar fanning turli sohalariga oid edi. Xattotlikka oid kitoblar ham juda ko’p to’plangan edi. Akbar saroyida eng mohir xattotlar to’plangan bo’lib, ulardan eng mashhuri Muhammad Xusayn Kashmiriy edi.
Katta iste’dod sohibi Bobur musiqaga ham juda qiziqqan, ba’zi musiqiy asboblarda yaxshi kuylar ijro etganligi to’g’risida ko’p ma’lumotlar bor. Bobur musiqa san’ati to’g’risida asar yozganligi ma’lum bo’lib, qanaqa asar yozganligi yaqingacha aniq emas edi.So’nggi yillardagi izlanishlar va tadqiqotlar Bobur “Asrori musiqa” (Musiqa sirlari) nomli asar yozganligidan dalolat beradi. Ma’lum bo’lishicha,Bobur iste’dodli bastakorlar, shoirlar, sozandalar, xoiandalar, rassomlarni qadrlagan, ularning buyuk fazilatlarini ulug’lagan, san’atning barcha turlari insonga estetik-nafosat zavq berishi lozimligini ta’kidlagan.15
Abul Fazlning Oyini Akbariyasaridagi ma’lumotlarga qaraganda, Akbar saroyida turli xalqlarga mansub bo’lgan 145 rassom ishlagan ekan. Akbarshoh mamlakatdagi iste’dodli rassomlarni saroydagi ustaxonaga jalb etishni davom ettirib, 1573 yili Gujarotdan Jaganot, Tara, Chand, Samval Das kabi rassomlarni saroy ustaxonasiga olib keladi.Hayvonot va tabiat manzaralarini tasvirlashda Ustod Mansurga hech kim teng kelolmasdi. “Boburnoma” dagi Hindiston manzaralarini va hayvonot olamini aks ettiruvchi 32 rasmning katta qismi Ustod Mansur muyqalamiga mansub bo’lib, ular rassomning yuksak mahoratga erishganligidan dalolat beradi.
Boburiylar maktabi Sharq san’ati tarixida benazir hodisa edi. Bu erda rivoj topgan rassomchilik va me’morchilik Movarounnaxr bilan madaniy aloqalar qanchalik kuchli va chuqur ildiz olganligidan dalolat beradi.


Download 107.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling