Yillar adabiyotining asosiy yutug‘i nimalardan iborat?
Download 53.5 Kb.
|
30-50-yillar adabiyoti
30-50-yillar adabiyotining asosiy yutug‘i nimalardan iborat? XX asrning 30-yillarida maktab-niaorif, ilm-fan, adabiyot va san’at sohasida inuayyan yangiliklar paydo bo'ldi. Lekin bu davrda mudhish shaxsga sig'inish illati tomir ota boshladi. Minglab sof vijdonli kishilar stalinizm o'qiga uchrab, behuda qurbom bo'ldilar. A. Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Usmon Nosir, So'fizoda, Botu, Elbek singari noyob iste’dod sohiblari “Xalq dushmani” sifatida y o 'q qilindi. Bu voqea xalq hayotiga katta ziyon yetkazdi, adabiyot va san’at rivojiga jiddiy halaqit berdi. Bu haqda akademik Izzat Sulton shunday yozgan edi: “X X asr tajribasidan kelib chiqadigan ikki muhim saboq bor: Birinchi saboq — har qanday sharoitda, davrlar fojialarga qanchalik to'la bo'lmasin, baribir, taraqqiyot to 'xtamaydi, davom eta beradi. Ikkinchi xulosa shuki, insoniyat taraqqiyotining asosiy shakli tadrijiy rivojlanish bo'lib qoladi”'*. 30-yillar adabiyotining o'ziga xos muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu davrda milliy uyg'onish davri adabiyotining buyuk vakillari Abdulla Qodiriy, Fitrat va Cho'lpon o 'z ijodlarining so'nggi namunalari bilan adabiy jarayonda qatnashdilar. 30-yillar adabiyoti erishgan eng katta yutuq uning xalq ommasi bilan yaqin aloqa o'm ata olganida edi. Xalq bu davrda badiiy so'zga, yozuvchining so'ziga ishondi. Shu bilan birga qo'pol xatolarga ham yo'l qo'yildi. Partiya adabiyotga rahbarlik qilarkan, yozuvchilami o 'z childirmasiga o'ynatib, hayot haqiqatiga zid asarlar yozishga rag'batlantirdi va shunday asarlarga, ulaming muallifiga yuksak mukofotlar berdi. Urush davrida she’riyat, nasr va dramaturgiya turlarida yaratilgan ko'plab asarlar safarbarlik ruhiga ega bo'ldi. 30-50-yillar adabiyoti Oybek va G 'afur G 'ulom , Hamid Olimjon va Maqsud Shayxzoda, Mirtemir va Sobir Abdulla, Usmon Nosir va Zulfiya singari iste’dodli yozuvchilami yetishtirib berdi. Agar partiya va sho'ro hukumatining adabiy siyosati to 'g 'ri yo'ldan borganida, bu ijod ahli ko'plab o'lm as asarlarni yaratgan bo'lardilar. 30-50-yillar adabiyoti, XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyoti tarixining boshqa davrlari singari, o'zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bu har ikkala jihatni xolis tahlil etish va baholash faqat adabiyotimiz tarixchilarininggina emas, balki ijod ahlining ham vazifasidir. Zero, Abdulla Qodiriy va C ho'lpon, Oybek va G 'afur G'ulom singari ulkan yozuvchilaming ijodiy yo'li xalaflar uchun hamisha buyuk saboq va dorilfunun bo'lib xizmat qiladi. Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling