23. Qaysi shahar Behbudiy nomi bilan atalgan (vafotidan so'ng)?
Behbudiy 1919-yilning bahorida - 25-rhartda Shahrisabzda qo'lga olinib, sirli
bir tusda Qarshi shahrida qatl qilinadi. Qarshi shahri (Qashqadaryo viloyati m arkazi)
1926-1937-yillarda 11 yil Behbudiy nomi bilan yuritiladi. Biroq uning asi qiyofasi
xalqdan sir saqlanadi. Adib nomining abadiyiashtirilishi shunchaki bir niqob edi.
Qarshi shahriga uning nomi qo'yilgan o'sha 1926-yildayoq u mansub bo'lgan
jadidchilikni aksilinqilobiy, aksilsho'roviy harakat sifatida qoralash kampaniyasi
boshlab yuborilgan edi.
24. Behbudiy vafotiga bag'ishlab kimlar marsiya yozishdi?
O 'z davrining Fitrat, Cho'lpon, Sadriddin Ayniy singari buyuk shoirlari
Behbudiy o'lim iga bag'ishlab marsiyalar yozishdi. Sadriddin Ayniy o 'z marsiyasida
yozadi:
Seni bundan buyon, Turon, ко 'rolurmi, ко ‘rolmasmu?
Sening masnaviying Turkiston topolurmu, topolmasmu?
Sening tarixiy davroning, sening osoriy uifoning,
Sening noming, sening joning jahon qoldiqclia qolmasmu?
Vatan avlodi y o d etdi, sani hurmatda shod etdi,
Va lekin intiqomingni ololunni? Ololmasmu?
Ayrim she’riy marsiyalardan tashqari, Behbudiyga bag'ishlangan katta janrdagi
asarlar ham paydo bo'ldi. Masalan. dramaturg Hojimurod bu alloma qatl etilishi
voqeasini markazga qo'ygan holda “M aorif qurbonlari" nomli sahna asarini yozdi.
Biroq, ko'p o'tm ay, mudhish davrlar boshlandi. Behbudiyga chin millatchi, xalq
dushmani tamg'asi yopishtirildi, uzoq yillar davomida uning nomi faqat salbiy
m a’nolardagina tilga olindi.
Mustaqillik davriga kelib, Behbudiyga adolatli, haqqoniy munosabat paydo bo'la
boshladi. Allomaning o'zbek xalqi tarixidagi o 'm i, nomi tiklandi. Badiiy asarlari,
publisistik maqolalari chop tiladigan, ilmiy tadqiqotlarda hayoti va ijodi xolis tadqiq
etiladigan bo'ldi. Bir qator olimlar Behbudiy ijodini o'rg an d ilar...
Do'stlaringiz bilan baham: |