M igf-au-21-guruhi magisteri ja’farov ibrohimning
II Bob. Hindistonda Boburiylar saltanati davrida madaniyat va san’at
Download 107.39 Kb.
|
Ja\'farov Ibrohim kurs ishi
II Bob. Hindistonda Boburiylar saltanati davrida madaniyat va san’at
2.1.Me’morchilik va shaharsozlikning rivojlanishi Hindistonda boburiylar hukmdorligi davrida yaratilgan me’moriy obidalar necha asrlardirki mutaxassislar diqqatini o’ziga rom qilib, sayyohlarni hayronu lol qoldirib kelmokda. Bu hol, albatta, bu inshootlarni loyihalashtirgan, uni ko’rgan va uning qurilishiga bosh- qosh bo’lgan xomiylar nomiga tahsinlar aytilishiga sabab bo’lmoqda. Gap shundaki, bugungi kunda bizgacha yetib kelgan bu muxtasham yodgorliklarning asosiy ko’pchiligi boburiy podshoxlar shu o’lkada hukmronlik qilgan davrda bunyod etilgan bo’lib, bu inshootlar ularni qurdirgan xukmdorlarning me’moriy daxosi ko’lamining shuqadar kengligini, bunyodkorlik tasavvurining beqiyosligini, keyingi asrlar me’morchiligiga qanchalik xomiylik qilganliklarini va qolaversa, ular hukmdorlik qilgan davrda me’morchilik va shaharsozlik ishi qanchalik rivojlanganligi va bu ishga naqadar mas’uliyat bilan yondashilganini ko’rsatib turibdi.24 Barcha temuriy shoxlar singari Bobur va uning sulolasi vakillari ham o’zlari xukmdorlik qilayotgan o’lkani obodonlashtirish, shaharsozlik va bog’ yaratish ishlarini rivojlantirishni o’zining asosiy vazifalaridan deb bilgan, me’moriy obidalar yaratish ishiga juda ixlosmandliklardan bu ishga o’zlari bosh-qosh bo’lganlar. Bobur mirzo bu ulkaga kelib o’rnashishi bilanoq, o’zidan avval qurilgan inshootlarni sinchkovlik bilan kuzatib, Guvalyor viloyati rojasi Bikramaditya qurdirgan binolarni juda yuqori baholagan edi. Me’morchilikda nozik did egasi va bu sohaning chuqur bilimdoniga bo’lgani uchun ham bu inshootlarning nozik joylari va kamchiliklarini darhol ko’rsatib bergan edi. Bobur bu o’lkada unchalik uzoq muddat (1526—1530) hukmdorlik qilmagan bo’lsada,25 bu yerdagi ishchi kuchlarining arzonligidan mamnun bo’lib, tez orada ko’plab shaharlarda obodonchilik ishlarini rivojlantirshiga, koqrkam binolar, masjid va madrasalar, hammom va favvoralar qurdirishga, quduqlar qazishga va bog’-rog’lar yaratishga kirishgan edi. “Boburnoma”da aytilishicha, “faqat Agraning” o’zidagina, shaharda olib borilayotgan qurilish ishlarida faqat g’isht teruvchilardan 680 kishi ishlar edi. Agra, Fotehpur Sekri, Biyona, Do’lpur, Guvalyor va cho’l shaharlarida jami 1491 g’isht teruvchilar ishlar edi”. Biroq, bu paytda bunyod etilgan inshootlarning ko’pi Shershoh Surlar sulolasi vaqtincha hokimiyatni qo’lgan (1540—1555) davrda buzib tashlandi, qolganlari esa vaqtlar o’tishi bilan nurab ketinga natijasida saqlanib qolmadi. Shunga qaramay, Bobur qurdirgan Jome’ masjidlardan uchtasi bizgacha etib kelgan. Ulardan biri mashhur Panipat jangohi yaqinida, ikkinchisi Sambhol shahrida va uchinchisi esa Ayodxya shahrida saqlanib qolgan. Bu inshootlar me’morchilikning juda noyob namunalari bo’lmasada, tarixiy yodgorlik sifatida juda muhim qimmmatga ega. Xumoyunning g’ayoti bo’ronli va sertashvish kechgan bo’lsada, u ham otameros ixlosmandlik tufayli ayrim inshootlarni qurdirishga erishdi. Agra va Panjob viloyatining Hisor qasabasidagi Fotehobod jome’ masjidlari ana shularning ayrim namunalari sifatida saqlanib qolgan. Bu bino eroniy uslubda qurilgan bo’lib, serjilo rangdor koshinlar bilan bezatilgan. Shuningdek, Dehlida “Din Panoh” deb atatgan inshoot majmuasi tarkibidagi saroy ichki urushlar tufayli shoshilinch tarzda qurilgan, uning bezashga unchalik yaxshi e’tibor berilmagan. Keyinchalik bu bino Shershoh tomonidan buzilgan edi. Shershoh Sur sulolasi vakillari hukmron bo’lgan qisqa muddat (1540—1555) ichida u ham Behor viloyatining Sasaram shahrida Shohasram maqbarasini tikladi. Bu bino mahalliy Hind va chig’atoy musulmon ustalarining me’moriy uslubining uygunlashgan namunasi garzida islomiy gumbazli hind butxonasini eslatib turadi. Hajmi va ulug’vorligi bilan shimoliy viloyatlardan eng muxtasham binolardan sanaladi. Shershoh, shuningdek, Dehlida “Purana qal’a” deb atalgan inshootlar majmuasini ham qurdirgan.Ushbu majmua tarkibiga kirgan Qal’ai Kunxon masjidi shimoliy Hindistondagi o’z davrining eng ko’rkam inshootlaridan biri bo’lgan. Akbar me’morchilik ishlariga hafsala bilan qarardi.U bunyod etgan inshootlarning eng dastlabkisi otasi Xumoyun xotirasiga bag’ishlab qurdirilgan maqbarasidir.Bu maqbara Xumoyunning bevasi Xoji Begim xomiyligida 1565 yilda qurilgan, uning ustasi eronlik me’mor Miroq Mirzo Riyosdir.Shuning uchun bo’lsa kerak, bu binoda eroniy uslubning ta’sir kuchi ancha sezilib turadi.Bino marmar qoplama bilan bezatilgan, asosiy binoningto’rt burchagidan to’rtta minora qad ko’tarib turibdi. Qo’sh gumbazining silliq qovurg’alari uchining eng yuqori cho’qqida birlashtirishi temuriylar davri me’morchiligini eslatadi va uni Samarqanddagi obidalarga o’xshatging keladi, kishi. Bunday qorishma me’moriy uslubdagi bino Hindistonda birinchi bor qad ko’tarishi edi. Akbarning bo’yrug’iga binoan Agra, Loxur, Ataoxobod kabi shaharlarda ham ulkan qala va qal’a ichidagi ko’rkam binolar bunyod etildi. Bular orasida shohning o’zi 1569 yilda tamal toshini qo’yib bergan Fotexpur Sekri inshootlari majmuasi alohida o’rin tutadi.Bu shahar shohga Allohdan o’g’li shaxzoda Salimni tilab bergan mashhur avliyo Sachim Cheshtiy xotirasiga bag’ishlab, minnatdorlik belgisi sifatida qurilgan.26 Bu shahar majmuasi 12 yilda qo’rib bitkazilgan, undagi obidalar ichida Jome’masjidi va Baland darvoza juda mashhurdir. Baland darvoza Hindistondagiia emas, butun SharQda eng ulkan darvozalapdan, uning balandligi 41 metr kengligi 40 metrni tashkil etadi. Bu metimoriy obida Akbarning Dehqon o’lkasiga 1602 yilgi g’olibona yurishlari sharafiga yodgorlik sifatida qad rostlagan. Darvoza peshtoqiga shunday so’zlar bitilgan: “Bu dunyo bir kuprikdir, yndan utib boraver, lekin uning ustiga uy qo’rmagin. Bu o’tkinchi bir dunyodir, uni toat-ibodat bilan o’tkazgin.Sening eng baxtli boyliging sening qilganhidoyatingdir.Shuni unutmaganki, bu dunyo omad kelib ketganini aks ettiruvchi bir ko’zgu xolos”. Fotexpurning diqqatiga sazovor obidalari qatorida Birbol Mahal, Panj Mahal, Jodxa Bay Mahal , Mariyam Mahal, Xiron Mahal qasrlar, Devoni Xos, Devoni A’lo, Sanxala Makon, shuningdek,Turk Sultoni saroylari, avliyo Salim Cheshtiy maqbarasi alohida viqor bilan ko’zga tashlanib turadi. Bu tarixiy obidalarning har biri me’moriy uslubining betakrorligi bilan o’ziga xosligi bilan o’zicha bir dunyo, ularni kuzdan kechirgan kishini hayratga solmay qo’ymaydi.27 Panj Mahal maqbarasi 1580 yilda Akbar tashabbusi bilan bunyod etilgan yodgorliklar majmuasi ichida alohida ajralib turadi. Bu muhtasham bino besh qavatdan iborat piramidasimon ulkan yodgorlik, maxsus tayyorlangan serhasham ustunlar ustiga urnatilgan ochiq ayvon — oromgohdan iboratdir. Binoning birinchi qavati 84 ta ustun ustiga o’rnagilgan, qavatlar yuqoriga kutarilgan sayin ayvon sahni hajman torayib va unga uygun ravishda ustunlar soni ham kamayib boradi. Eng yuqoridagi beshinchi qavat ayvoniga to’rttagina ustun tutib turadi. Shunisi diqqatga sazovorki, har bir qavatdagi ustunlarga berilgan naqshinkor bezaklar biri ikkinchisini takrorlamaydi. Turk Sultoni saroyi ham o’ziga xos betakror usulda bunyod etilganki, Kembrij universigeti professori, sharqshunos Persi Braun bu binoni “Me’morchilik durdonasi”, deb baholagan edi. Avliyo Shayx Salim Cheshtiy xotirasiga bag’ashlab bunyod etilgan maqbara ham o’z davrining eng muhtasham va mukammal me’moriy usulda qo’rilgan obidalardan, uning me’mori usta Navob Qutbiddindir. Daxma ustiga yog’ochdan naqshinkor qilib bezagilgan ayvon gumbazini qora daraxtdan ishlangan ustunlar tutib turadi. Xullas, Fotexpur Sekri qal’asidagi me’moriy obidalar o’ziga xos betakror me’moriy uslubi, muhtashamligi va ulug’vorligi, noyob bezak usullari bilan boburiylar qurdirgan inshootlar ichida tengi yo’q tarixiy yodgorliklar hisoblanadi. Bu mu’jizakor inshootlarni qunt bilan, shu bilan birga injiqlik bilan urganib chiqqan evropalilar ham xayratdan yoqa ushlaganlar. Ingliz sharqshunosi V. A. Smitning fikricha: “Fotexpur Sekriga o’xshagan shahar hech qachon qurilgan emas, bundan keyin ham qurilmasa kerak. Bu toshga bitilgan dostondir”. Evropalik sharqshunos tadqiqotchilaridan yana biri Ferposonning xulosasiga ko’ra: Fotexpur Sekri buyuk bir kishi aql-zakovatining mahsulidir. Usha buyuk kishi esa Hindiston tarixida “Buyuk Akbar” nomi bilan mashhur Jaloliddin Muhammad Akbarshohdir.28 Akbarning do’sta va maslakdoshi Abulfazlning ta’riflashicha: “U Xazrati Oliylari o’zlarining aql- zakovati va qalb qo’ri ila g’ishtdan muhtasham binolar bunyod etar va ganchdan ularga serjilo liboslar kiydirar edilar”. Agra qal’asi devorlari 25 metr balandlikda qurilgan, qala devorining aylanasi 2,5 km ga yaqin. Qal’aning to’rt tarafida to’rt darvozasi bo’lib, ikkitasi keyinroq berkitib qo’yilgan. 15 yil davomida Akbarning farmoni asosida 500 dan ortiq bino qad ko’tardi. Ular orasida Akbari Mahal va Jahongiri Mahal koshonalari alohida mahobat bilan ko’zga tashlanadi. Loxur qalasi ham Agra qal’asi bilan bir paytda qad ko’targan, qal’aning umumiy tarxi Agra qal’asiga uxshab ketsada, uning ichidagi binolarning muxtashamligi va serviqorligi bilan o’ziga xos mu’jizakorlik namunasini o’zida mujassam etgan. Bu davrdagi me’moriy obidalar asosan qizil g’isht va toshdan qurilgan, me’moriy uslub jihatidan Markaziy Osiyo musulmonlariga va mahalliy hind ustalariga xos me’moriy san’at namunalarining uyg’unlashuvini eslatadi. Serjilo va serviqor gumbazlar, baland peshtoqli ark va ravoqlar, daryo sohili yaqnida bunyod etilgan mahobatli qal’alar, binolar bezagida marmarning ko’plab qo’llanilishi, serjilo va jimjimador naqshlar, uymakorlik ishlarining ko’plab ishlatilishi, turli ilg’or uslublarning uzaro mantiqiy davrga xos nafas ufurib turadi.29 Jahongir me’morchilikdan ko’ra musavvirlik va bog’ yaratish san’atiga moyilroq edi. U qurdirgan binolar ichida otasi Akbar loyihasi asosida boshlangan va keyinroq ba’zi o’zgarishlar bilan bitkazilgan Sikandradagi Akbar maqbarasi bor.Uning atrofidagi bog’ aylanasi salkam 2,5 kmni tashkil qiladigan maydonni egallaydi. Besh qavatdan iborat bo’lgan bu maqbara Fotexpur Sekridagi Panj Mahal singari qavatlari yuqoriga ko’tarilgan sayin saxni torayib boradigan piramida shaklida qurilgan. Uning to’rt qavati qizil g’ishtdan qurilgan, beshinchi qavati nafis jilo berilgan oq marmar bilan qoplangan. Bu erda panjara bilan uralgan ochiq ayvon bor. Bino juda mahobatli ko’rinsada, me’moriy jihatdan ancha sodda. Evropalik sharqshunos E.V.Xavelning ta’biricha: Akbarning maqbarasi Hindiston shohlariga xos ulug’vor obidalardan biridir. Bu obidani tiklashda musulmoncha, xindcha va nasroniylar me’moriy san’at uslublarining mantiqiy qorishmasi sezilib turadi. Nur Jahon Begimning otasi, “E’timod ud-davla” Mirzo Riyosbek xotirasiga bag’ishlab Nur Jahon homiyligida qurilgan maqbara ham boburiylar davrida bunyod etilgan tarixiy obidalar ichida eng hashamatli va serjilo.Tarixnavis tadqiqotchilar bunyodkor boburiy podshohlar silsilasida eng buyugi Shoh Jahon deb tan oladilar. U hukmdorlik qilgan davrda tasviriy san’at va binolarni qimmatbaxo toshlar bilan bezash san’ati bir-biri bilan uyg’unlashgan holda rivojlanib ketdi.30 Shoh Jahon qurdirgan muhim tarixiy obidalar Dehli qal’asidagi Devoni xos saroylari, Jome’ masjidi, Marvarid masjidi va, ayniqsa, Toj Mahal maqbarasi muhim o’rin tutadi. Aytishlaricha, Dehli saroyi sharqdagi eng kurkam va maftunkor inshootdir, Devoni xos esa eng serjilo bezakli muhtasham obidadir. Bu binoning peshtoqiga zarjal harflar bilan bitilgan ushbu bayt binoning qanday mujizakor obida ekanidan dalolat berib turadi:31Agar er yuzida jannat bor bo’lsa, usha jannat mana shu joyning o’zidir. Shoh Jahon masjid va madrasalarning qurilishiga ham alohida qarar edi. Jome’ masjidi mahobatliroq bo’lsada, ichki bezaklari ancha sodda uslubda berilgan, chunki bu inshootning asosiy vazifasi namoz o’qiladigan joy bo’lganidan: namoz o’kishga kelgan muminlarning diqqatini Allohdan boshqa narsaga tortmasligi lozim. Masjid hovlisidagi qora xoshiyali uchta ulkan gumbaz, konus shaklida sarvdek kukka buy chuzib turgan ikki mezana, asosiy namozgohga kiraverishdagi markaziy ark va uning devorlariga zarxal xarflar bilan jimjimador kilib bitilgan Qur’on oyatlari, bularning hammasi bir-biriga shunday mantiqan uygunlashib ketganki, bu hol namozga kelgan muminni Allohning saxovatli xuzurida turganligiga shak- shubha qoldirmaydi. Shunisi qiziqki, baland poydevor ustiga qurilgan bu ulkan bino o’zining mahobatliligi va nozik did bilan ishlangan serjilo bezaklari bilan bu erga kelgan namozxonga qandaydir ruhiy sokinlik hissini singdiradi va yokimli xotarjamlik tuyg’usini baxsh etadi. Boburiy podshoxdarga xos me’morchilik san’ati Shoh Jahon hukmdorligi davrida haqiqatan ham o’zining “oltin davri”ni boshdan kechirdi. Didiga yoqmagan binolarni buzdirib tashlab, urniga kishini xayratga solarli darajada moxirlik bilan yangisini bunyod etardi. Agra va Loxur qal’alaridagi juda ko’p inshootlar, jumladan, Agra qal’asidagi sof oq marmardan tiklangan inshootaar ana shu tarzda bunyod etilgan edi.32Bu o’zgarishlarning to’lik, tafsilotlarini o’sha davr tarixchilarining serifoda va sermazmun tillari bilan bayon etilgan yozma yodgorliklardan topish mumkin. Shunisi qiziqki, eng mohir bayonchilar va tal ustalari ham bu obidalarning go’zalligini ta’riflashga ko’pincha ojizlik qiladi. Devoni xosning qush ustunli zallari yoki Muzammon Burjning kishini xayratga soladigan darajada mohirlik bilan bezatilgan gushalarini biron-bir me’moriy obidaga qiyoslab bulmaydi. Shoh Jahon kurdirgan me’moriy obidalarning eng guzali Agradagi Toj Mahal maqbarasidir. Bu yodgorlikni dunyodagi etti mu’jizaning biri deyishadi. Bu maftunkor maqbara Shoh Jahonning 1630 yilda vafot etgan sukli malikasi Mumtoz Mahal qabri ustida qad kutargan, taomilga ko’ra maqbaraning atrofi shinam bog’ bilan o’ralgan,orqa tarafidan Jamna daryosi oqib o’tadi. Hind tarixchisi L.P.Sharmaning ta’biri bilan aytganda, Toj Mahal o’zining serviqorligi va muhtashamligi bilan “boburiylar me’morchiligininggina emas, balki butun jahon me’morchiligining betakror namunasidir”. Yana bir hind tarixchisi V. D. Moxajanning 1992 yilda Dehlida ingliz tilida chop etilgan “Hindistonda boburiylar hokimiyati” kitobida aytilishicha, ispaniyalik missioner ruhoniy Xazrat Manrikto Toj Mahalning loyihasini venestiyalik Geronimo Vereneo ismli me’mor tuzib berganligiga guvohlik beradi. Lekin o’sha davrda yaratilgan tarixiy asarlarning,mahalliy mualliflar va na xorijiy mualliflar qalamiga mansub bo’lgan asarlarning birontasida Toj Mahalning loyihasini xorijdan kelgan usta tayyorlagani haqida ma’lumot uchramaydi. Franstiyalik sayyoh Tevsnot 1660 yilda Toj Mahalni ziyorat qilgani kelib, bu haqda yozgani ma’lum: “Bu noyob obida hindistonliklarning me’morchilikdan bexabar emasligidan dalolat berib turibdi.Uning me’moriy uslubi evropaliklar uchun g’ayritabiiy tuyulishi mumkin, lekin u nihoyatda nozik did va xafsala bilan qurilgan”.33 Tarixchi Ferposonning fikricha Agradagi Toj Mahal yagona gumbazli ulkan maqbara bo’lib,unda ushbu obidaning asliy go’zalligi saqlab qolingan. Toj Mahalning peshtokdagi yozuvga qaraganda, uning qurilishi 1647 yilda yakunlangan.12yilda bitkazilgan va uning qurilishida xarajatlari 50 lak rupiyni tashkil qilgan. Shox Jahon ushbu qurilish xarajatlariga sarflash uchun yiliga 1 lak rupiy sof daromad beradigan er-mulki ajratib bergan. Yana shuncha miqdorda mablag’ dukonlar, musofirxonalar va bozorlardan olinadigan ijara haqlari va soliqlar hisobidan qoplanishi kerak edi. Umuman olganda, Toj Mahal sevgi va sadoqat ramzi sifatidagi eng go’zal obidadir. Bir so’z bilan aytganda, u bekamu ko’st loyihalangan va qurilgan. Yodgorlikning guzalligiga maftun bo’lgan Fergyuson shunday deb yozadi: Ehtimol er yuzining hech bir joyida tabiat bilan san’agning o’zaro uyg’unlanuvi natijasi ularoq bunchalik mu’jizaviy guzallikni o’zida mujassamlashshrgan mashhur maqbara topilmasa kerak. Tarixchi va adiblar shunday deb yozadi: bu bino kunning turli paytlarida turlicha tovlanadi: subxidamda kulrang tus oladi, kunduzi kuzni qamashtiruvchi kumush ranga kiradi, quyoshning qaynok, nafasi qaytgandan keyin esa alvon rang nur taratadi, kechqurun esa oy yorug’ida yanada boshqacha go’zal toifaga kirib oladi. Hindistonda me’morchilik san’ati juda qadimiy bo’lib, musulmonlarning bu mamlakatga kirib kelishi me’morchilikda o’ziga xos yangi,go’zal yo’nalishini yuzaga keltirdi. Bu yunalish me’morchilikdagi faqat yangi qonun-qoidalarni birlashtiribgina qolmay, islom olamidagi diniy va ijtimoiy talablarni ham to’liq aks ettiradi.Bobur Hindistonda kam yashagan bo’lishiga qaramay bir qancha bor, ko’prik va imoratlar qurib qoldirishga ulgurdi. Boburiylar me’morchiligidagi uslub, Jahongir davridagi engmuhim binolardan biri “E’timod-ul-Daula” maqbarasidir. U 1622 yili boshlanib 1628 yili Jahongir vafot etgandan bir yil keyin tugallanadi.Bu maqbarani Jahongirning sevimli xotini Nurjahon qurdirgan. E’timod-ul-Doula, ya’ni davlat ishonchi unvoniga sazovor bo’lgan va shohning bosh vaziri lavozimigacha kutarilgan Mirza Riyos — Nurjahonning otasi edi. Bu maqbaraning kirish qismi marmardan va ayvon devorlari guzal naqshlar bilan bezatilgan bo’lib, boshqa maqbaralardan ajralib turadi. Jahongir davrida imoratlarga oq marmar ishlatish keng qullanila boshlanadi.Maqbaraning to’rt burchagidagi baland bo’lmagan minoralar ham, maqbaraning old tomoni ham oq marmarlarga naqshlar solinib juda husn berilgan. Ular hammasi marmardan ishlangap bo’lib, chiroyli va turli rangdagi nakshlar, qimmatbaxo toshlar bilan bezatilgan. Devoni xos 1634—1637 yillari qurilgan, keng xonalardan iborat bo’lib, ularga uchta arkli yo’lakchalardan kiriladi. Uch gumbazli Muti masjid, ya’ni Marvarid dur masjidi etti yil mobaynida qurilgan va oq durdek marmariga a’lo darajada sayqal berilgan. Uch tomoni alohida xonalardan iborat bo’lib g’arb tomonida marmarli ibodatxona joylashgan. Hovli tomonining uzunligi 100 metr bo’lib, o’rtasida marmar hovuz bor. Masjidga kiruvchi asosiy darvoza sharq tomonida bo’lib, hovliga qaragan 11 ark bor, darvoza usti va atrofi ikki qavatli xonalar bo’lib, ularda ham namoz o’qiladi, ikkinchi qavati shoh va a’yonlar uchun muljallangan. Shoh Jahon Dehlining markazida Hindistondagi eng katta va salobatli Jome masjidini, 1648 yili Agra shaHrida esa Qizi JaHonaro sharafiga katta jome masjidini qurdiradi. Dehlidagi Jome masjidi 1644 yil boshlanib 1650 yil qurib bitkaziladi. Unga uch tomondan zinalar bilan kiriladi, uchta darvozasi bor.Namoz asosan masjid hovlisida uqiladi.Hovlining to’rt burchagida to’rt qavatli minora joylashgan. Masjidga kiraverishda darvoza atrofida xonalar bo’lib, uning ustiga uchta gumbaz urnatilgan.Boburiylar saltanatining eng buyuk, betakror me’morchiligining namunasi Agra shahridagi oq marmardan bunyod etilgan Toj Mahal maqbarasidir.34 O’zining sevimli, oqila va nihoyatda latofatli xotini Arjumand bonu xotirasini abadiylashtirish uchun qurdirgan. Shoh Jahon va Arjumand bonu o’rtasidagi munosabatlari sof muhabbatga, bir-biriga samiymiyatga asoslangan edi. Mumtoz Mahal va Toj Mahal nomi bilan dunyoga Arjumand bonu 1593 yili hind elida tug’iladi.Jahongirshoh saroyida bosh vazir lavozimini egallagan asli eronlik Asafxonning qizi edi.35 Arjumand bonu yoshligidanoq chiroyli, odob- andishali, bo’lib o’sadi. Otasi ham uni juda mehr bilan ardoqlaydi, boshlang’ich ta’limni beradi. Jahongirning o’g’li Durram, ya’ni Shoh Jahon yoshligidan Arjumand bonuni sevib qoladi va unga uylanishga qat’iy qapop qiladi. Bu ish otasiga ham ma’qul tushib 1612 yili ularning nikoh tuyi bo’lib o’tadi. Bu ish otasiga ham ma’qul tushib 1612 yili ularning nikoh tuyi bo’lib o’tadi. Shu vaqtda Arjumand bonu o’n to’qqiz, Xurram esa yigirma bir yoshda edilar. Arjumand bonu o’zining a’lo xulqi- atvori, odobi va aql-zakovati bilan eri va qaynotasining mehrini qozonadi. Jahongir kelinini ardoqlab Mumtoz Mahal, ya’ni saroyning eng sevimli latofatli ayoli deb atay boshlaydi. Mumtoz Mahal Shoh Jahonning ikkinchi xotini edi.Uning nozik qaddi-qomati, kunglining ochiqligi va pokligi, aql-farosatining o’tkir va teranligi Shoh Jahon va barcha saroy ahlining e’tiborini qozongan edi. Mumtoz Mahal davlat ishlariga hech aralashmagan, ammo eri Shoh Jahonning eng ishonchli, dono maslahatchisi edi. Shoh Jahon taxtga o’tirgach, ko’p o’tmay 1631 yili Dekan viloyatiga yurish boshlaydi. Ana shu harbiy yurish vaqtida homilador Mumtoz Mahalni tulg’oq tutadi, turishjuda mushkul bo’lib, dard og’irlashadi. Buni eshitgan Shoh Jahon rafiqasini qoshiga keladi, azob va umid bilan eridan madad istagandek unga termulib turgan xotinini kurib, juda qayg’uradi, g’am va iztirobda bo’ladi, yuragida sanchiq turib rangi-ruyi o’zgarib ketadi. Rafiqasi qulini quli ustiga olib, titroq tovush bilan deydi: “Men seni jondan sevganimni qanday izxor qilay, Mumtoz!”. Mumtoz oxirgi daqiqalarni yashayotganini sezib, mexribon va sodiq eriga mungli iltijo qiladi. “Avvalom bor farzandlarimga mehribon bo’ling, ularga yaxshi qarang, ustiring, ular hurmati va baxti uchun mening vafotimdan sung boshqa ayolga uylanmang, xotiramni abadiylashtirish uchun qabrim ustiga mahobatli, go’zal va hech tengi yo’q maqbara — yodgorlik o’rnating”. Shoh bu iltimosni hech og’ishmay ado etajagini izxor qiladi. 1631 yili 17 iyun kuni 39 yoshida Mumtoz Mahal kuzlari abadiy yumiladi. Mumtoz Mahal vafotidan so’ng butun saroy bir necha kun motam tutadi. Ayniqsa Shoh Jahon bu og’ir musibatga g’arq bo’lib, kungliga bu olam tor bo’lib qoladi, toju taxt ham kuziga kurinmaydi, bir necha hafta xech kimga kurinmay, saroy a’yonlari bilan uchrashmay davlat ishlari bilan ham shug’ullanmay quyadi. Sevimli rafiqasining xotirasi uchun barcha ma’raka va rasm-rusumlarni juda tula va mukammal ado qiladi. Qisqa vaqt ichida shohning sochlari oqarib, rang-ruyi, muomalasi ham ancha o’zgarib qoladi. Mumtoz Mahal xotirasini xayoldan yiroqlatish juda mushkul bo’ladi. Har juma kuni uning qabrini ziyorat qilib uzoq hayol surar va uning pok ruhiga bag’ishlab uzoq tilovat qilib qaytar ekan. Shoh Jahon va’dasiga vafo qilib, yana uylanishni xayoliga ham keltirmaydi, barcha farzandlarini mehr- muhabbat bilan ardoqlab tarbiyalaydi. Rafiqasining qimmatbaho taqinchoqlarini sevimli qizi Jahonaro va boshqalariga bo’lib beradi. Endi rafiqasining uchinchi iltimosini ado etish uchun tengi yo’q yodgorlik maqbara qurish ishiga kirishadi.Mumtoz Mahalning jasadi avval Dekan viloyatinig Burxonpur shahridagi Zaynabod bog’iga kumiladi.Tanti daryosining yoqasiga joylashgan edi. Olti oydan so’ng uning jasadi Agra yaqinidagi Jamna daryosi buyidagi Akbarobod shahriga ko’chiriladi. Oxiri hozirgi Toj Mahal maqbarasiga keltirib qo’yiladi. 1631 yili Shoh Jahon harbiy yurishidan Agraga qaytgach, saltanat xududidagi barcha mashhur me’morlarni to’playdi. Bulajak maqbara tarxini muhokama qilish ishlarini maslahatlashib oladi. Bu davrda Hindistonda Eron, Movarounnaxr va arab mamlakatlaridan kelib ishlayotgan ko’pgina malakali va tajribali me’morlar bor edi. Ular bilan dunyodagi eng mashxur binolar chizmasini kurib chiqishadi. Rus olimi S. I. Tulyaevning fikricha, me’mor Muxammad Isa Afandining chizmasi Shoh Jahonga ma’qul bo’ladi. Isa asli turkiyalik bo’lib, Eron va Kashmirda yashab ijod qilgan, ayni vaqtda Akbarobodda istiqomat qilayotgan edi. Umuman Toj Mahal loyihasini aniq kim chizgailigi hali ham muammo bo’lib qolmoqda. Ba’zi mualliflar loyiha ijodkori Muxammad Isa desa, Muxammad Abdulla Chig’atoy Toj Mahal tugrisidagi asarida loyiha muallifi Ustod Ahmad Laxuriy deb ta’kidlandi. Hofiz Lutfilloning ”Devoni Mahondis” asarida ham Shoh Jahon saltanatining bosh me’mori Ustod Ahmad Laxuriy Toj Mahal loyihasining muallifi deb takrorlaydi.36 Ammo S. I. Tulyaev bularga ham shubha bilan qaraydi. Shoh Jahon tarixchisi Mulla Muhammad Solih Kambuning “Amali Solih” asarida va Abdulla Hamid Laxuriyning “Podshohnoma” kitoblaridagi ma’lumotlariga qaraganda Toj Mahalning qurilish jarayoni Mir Abdulla Karim nomli me’morlar nazorati ostida olib borilgan ekan. Maqbara uzoq vaqt qurilganligi uchun ehtimol uni turli vaqtlarda turli me’morlar nazorat qilib, boshqarib turgandir. Yevropa olimlari tarqatgan mish-mishlarga ko’ra Toj Mahal loyihasi muallifi italiyalik me’mor I. Veroneo yoki fransuz zargari Ostin de Bordo bo’lishi mumkin emish. Bu fikrlar hech qanday asosga ega emas. Toj Mahal boburiylar saltanatidagi me’morchilikning a’lo asari bo’lib, hind va musulmon olamining me’morchilik san’ati ta’sirida yaratilgan milliy yodgorlikdir. Umuman Toj Mahal joylashgan maydon to’rtburchak shaklida. Atrofi baland devorlar bilan uralgan, burchaklaridagi minoralar tepasi sakkiz burchakli ayvonchadan iborat. Markaziy qismi bog’ bo’lib, uning har bir tomoni 296 m. Janub tomonning o’rtasidan asosiy kirish darvoza bo’lib, atrofi ikki qavatli imoratlardan iborat. Ular turli xizmatchilar va ishchilarga mo’ljallangan. Hovlining o’rtasidan suv o’tadi, ular ichida favvoralar urnatilgan. Toj Mahal quriladigan joyi ham ko’p narsani hisobga olib, keng fikrlashib tanlangan ekan. Endi Toj Mahal maqbarasining o’zi haqida: maqbarani tiklash uchun Jamna daryosi qirg’og’iga qizil humtoshdan supa shaklida katta poydevor qurilgan. Bog’ tomondan, ya’ni ichkaridan uning balandligi 1,37 metr, daryo tomondan 6 metr. Poydevor-supaning uzunligi 303,3 metr, eni 111,3 metr. Supa maqbara uchun maydoncha bo’libginaqolmay, uning tagidagi xonalar ma’lum marosim kunlari kelgan qarindosh-urug’lari uchun biroz salqinlanib dam olishga qulay joy ham bo’lgan va unga ung tomondan, ya’ni mehmonxona joylashgan tomondan kirilgan. Daryo tomondan tuproqni saqlab turish uchun maxsus qurilma ishlangan.Poydevor supaning g’arb va sharq tomonida poydevor supaga qaratib, bog’ devoriga talab qizil qumtoshdan mehmonxona qad ko’targan. Maqbaraning o’zi 5,5 metrli marmar poydevor ustiga o’rnatilgan, uning tomonlari 95,4 metr, to’rt burchagiga uch qavatli, tepasi ayvon va gumbaz bilan tugallangan shinam minora o’rnatilgan. Maqbaraning to’rt tomoni bab- baravar va bir xil bo’lib, baland peshtoqli arkka ega. Har bir arkning ikki yonida bittadan chuqur tokcha joylashgan.Umuman, Toj Mahal markazlashgan gumbazli maqbara turkumiga kiradi.37 Markaziy xona katta sakkiz qirrali bo’lib, uning o’rtasiga Mumtoz Mahalning qabrtoshi, uning yonida Shox Jahon qabrtoshi. Ular oq marmardan, unga o’yib turli rangdagi qimmatbaho toshlardan nozik va go’zal naqshlar ishlangan. Qabrlar 1,88 metrli baland marmar panjara bilan o’ralgan. Toj Mahal janubiy darvozadan ayniqsa markazidagi hovuz oldidan qaralsa yana shinam ko’rinadi.Toj Mahalga sayqal berilgan oq marmar shunchalik jilvakorli, quyosh nurida ertalab bir xil, peshinda yana boshqacha va kech-shafaqda yana o’zgacha tovlanadi. Ayniqsa Toj Mahal yorug’ to’lin oy kechalari latofatli, sehrli tusga kiradi.Shuning uchun ko’p sayyohlar uni to’lin oy kechasi ko’rishga ishqiboz bo’ladilar.Toj Mahalning qurilishiga dunyoning ko’p mamlakatlaridan ustalar—zargarlar, o’ymakorlar chaqirilgan. Toj Mahal to’g’risidagi ma’lumotnomalarda yirik mutaxassislarning ismi-shariflari, qaysi yurtdanligi nima bilan shug’ullanganligi va oylik maoshi to’liq ko’rsatiladi.Masalan,samarqandlik usta Muhammad Sharifmuhandis oyiga 1000, buxorolik Aro Muhammad—navdosh 500 rupiya olgan.Umuman ishchilarning oylik maoshi 200 dan 1000 rupiyagacha bo’lgan. Maqbara uchun ketgan barcha xarajatlar o’sha davr pul qiymati bo’yicha 30 mln.rupiyani tashkil qilgan. 18 ming kishi 20 yil qurilish ishigajalb qilingan. Maqbara qurilishida ishlatilgan materiallar ham har joydan keltirilgan.Jumladan, juda ko’p ishlatilgan nafis, 38oq marmar Joypur shahri yaqinidagi Makron degan joydan, qizil qumtosh Fatexpur Sekri shahri atrofidan, lojuvard rangli qimmatli tosh Shri Lankadan, yashil rangli qimmatbaho tosh Misrdan, serdolik toshi Bag’doddan, feruza Tibetdan, yoqut-la’l Badaxshondan, malaxit yashil rangli nafis tosh Uraldan olib keltirilgan. Demak, Toj Mahal obidasini qurish shundan dalolat beradiki, boburiylar saltanati davrida Hindiston xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni yaxshi yo’lga qo’ygan. Bu aloqalar tinchlik, do’stlik, hamkorlik va taraqqiyot uchun xizmat qilgan. Shuni ham ta’kidlab o’tish,lozimki, Shox Jahonning rejalari, orzu-umidlari juda katta edi, Toj Mahal qurib bitkazilgandan so’ng Jamna daryosining narigi qig’g’og’iga,Toj Mahalga qarama-qarshi yana bir mislsiz maqbarani qora marmardan qurib, o’zining dahmasini o’sha yerga quymoqchi edi va daryoning ikki qig’og’idagi oq va qopa marmardan ishlangan maqbaralarni daryo ustiga ko’prik qurib birlashtirmoqchi edi. Shu niyat bilan ozgina ish ham boshlangan edi.Tarixchilarning yozishicha,Avrangzebo’ta dindor, islomdagi suniy mazhabning katta homiysi bo’lgan.Madaniy va ma’naviy tashkilotlar faoliyati nihoyatda susayib, chegaralanib qoldi. Hatto Avrangzeb taxtga o’tirgandan boshlab me’morchilik va nafis san’at suna boshlaydi, tushkunlik, beboshlik hukm surib, shundan so’ng boburiylar davlatida umuman madaniyat,ayniqsa me’morchilik va san’at ishlari unglanmaydi.Otasi Shoh Jahonga qarama-qarshi o’laroq Avrangzeb xudbin, ancha chegaralangan edi.Shoh Jahon bayramlarda, juma va xayit namozlarida xalq bilan, saroy a’yonlari bilan birga bo’lsa, Avrangzeb Jome masjidigachiqmay Dehlidagi qizil qal’ada o’zi ibodat qilishi uchun mashhur Muti masjidini qurdiradi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda Avrangzeb Agra qal’asi ichida ham kimmatbaho toshlar bilan naqsh berib, o’zi uchun xos masjidini qurdirgan ekan. Yuqorida aytib o’tganimizdek, Avrangzeb vafotidan so’ng boburiylar saltanati jadal emirila boshlaydi, ammo uning avlodlari davlatni 1857 yilgacha idora qiladilar. Bu vaqtda g’arb mustamlakachilarining tinimsiz mamlakat ichkarisiga kirib, katta viloyatlarni o’ziga tobe qilayotgan davr edi. Download 107.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling