Xalq ijodiyoti fakulteti


Download 131.08 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi131.08 Kb.
#1148404
  1   2   3   4
Bog'liq
ijro


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA TURIZM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI
XALQ IJODIYOTI FAKULTETI”
MADANIYAT VA SAN’AT MENEJMENTI” KAFEDRASI

MAVZU: IJRO SAN’ATIDA INTELEKTUAL MULK VA MUALLIFLIK HUQUQI
Ta’lim yo‘nalishi : 5152100 - “Sanʼat sohasida produserlik”
Ijro san’atini tashkil etishning ma’muriy-xuquqiy asoslari” fanidan

KURS ISHI

Bajardi: “Sanʼat sohasida produserlik
ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi
Xusainov Xursandbek _________
(imzo)

Tekshirdi: “Madaniyat va san’at
menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi


Zulfiya Rashidova___________
(imzo)

Tоshkent 2023


MUNDARIJA
KIRISH.

  1. Inteyalektual mulk obyektlarining o‘ziga xos xususiyatlari

  2. Intellektual mulk huquki obyektlarini huquqiy muhofaza qilish asoslari

  3. Xulosa


Kirish
XIX asr oxiri va XX asrdagi jadal ilmiy-texnik taraqqiyot ijtimoiy hayotning huquq tizimi rivojida juda ulkan iz qoldirdi. Natijada yangidan-yangi huquq sohalari vujudga keldi. Ekologiya, bojxona, soliqqa oid huquq sohalari shular jumlasidandir. Shuningdek, intellektual mulk huquqi tushunchasi ham ana shunday yangi yo‘nalishlardan bo‘lib, mamlakatimiz huquq tizimida o‘z o‘rnini topmoqda. Fuqarolik huquqi tarkibidagi “intellektual mulk” huquqi - ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlari, inson ijodiy faoliyati va uning maqsadlaridan foydalanishni, mutlaq hukuqlarni muhofaza qilish hamda g‘oyat keng qamrovli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Ilmiy nuqtaʼi nazardan taʼriflashganda, “intellektual mulk” huquqi o‘z mohiyatiga ko‘ra - inson ijodiy faoliyati mahsullarini yaratish, ulardan foydalanish, farqlash belgilarining muomalada bo‘lishi bilan bog‘lik munosabatlarni, shuningdek, intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni muhofaza qilishni tartibga soluvchi normalar yig‘indisi majmuʼi hisoblanadi. “Intellekt” iborasi lotincha bo‘lib, “aql” maʼnosini anglatadi. Insoniyat boshqa tirik mavjudotlardan o‘zining aqli bilan tubdan ajralib turadi. Negaki, boshqa mavjudotlar faqat biologik nuktaʼi nazardan “instinkt” orqali hayot kechirsa, insoniyat aqli tufayli o‘z turmush tarzini, kelajagini avvaldan o‘ylab, rejalashtirib ongli, maqsadli hayot kechiradi. Agar insoniyat tarixiga nazar tashlasak, birgina olovdan foydalanishni o‘zlashtirib olishning o‘zi insoniyatni qancha balo qazolardan asraganining guvohi bo‘lamiz. Olov tufayli bashariyat o‘zining ibtidoiy makonini, sovuq va qorong‘i boshpanasini tarix etdi, yupun tanasiga iliqlik, harorat kirdi. qisqacha aytganda “yemishga lazzat” kirdi, o‘zi esa “olov” hamda “aqli” tufayli “biologik tur” sifatida yo‘qolib ketish xavfidan xalos bo‘ldi. Bundan tashqari insoniyat tarixidagi tadrijiy /evolyutsion/ yoxud inqilobiy /revolyutsion/ o‘zgarish-rivojlanishlar ham maʼlum maʼnoda inson “akilli” bilan bog‘liq edi. Xususan elektr energiyasining kashf etilishi, to‘qimachilik industriyasi, shaharsozlikning shitob bilan rivojlanishi, transport televideniye, radio, aloqa tizimining ravnaq topishi - inson “aqli” mahsullaridir.Intellektual mulk obyektlarining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 131.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling