Xalq ijodiyoti fakulteti
Intellektual mulk huquqi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish asoslari
Download 131.08 Kb.
|
ijro
Intellektual mulk huquqi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish asoslari
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish deganda, bu obyektlarga nisbatan subyektiv huquklar sohibi huquqlarining hukuqiy jihatdan qo‘riqpashini vujudga keltirish asoslari tushuniladi. Binobarin, intellektual mulk obyekti o‘zo‘zidan huquqiy muhofaza ostiga olinmaydi, balki bu obyektga 12 www.ziyouz.com kutubxonasi nisbatan subyektiv xukuklarga ega bo‘lgan shaxslar (muallifning shaxsiy hukuqdari, mutlaq huquqlar sohibining hukuqlari, litsenziya asosida foydalanuvchining huquqlari, avvaldan foydalanib kelgan shaxsning hukuklari va shu kabilar) huquqpari huquqiy jihatdan muhofaza ostiga olinadi. Intellektual mulk obyektlarini huqukiy muhofaza ostiga olish: Ularning yaratilganlilik fakti asosida; FKda yoki boshqa konunlarda nazarda tugilgan hollarda va tartibda vakolatli davlat organi tomonidan hukuqiy muhofaza hujjati berilishi asosida vujudga keladi. Oshkor etilmagan axborotga nisbatan hukukiy muhofaza berish shartlari qonun bilan belgilanadi. Intellektual obyektlarning kuyidagi turlari bo‘yicha ularni xukukiy muhofaza qilish ularning yaratilishi (vujudga kelish) fakti asosida sodir bo‘ladi: - fan, adabiyot, sanʼat asarlari; - EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar baealari; - ijrolar, ijrolarni sahnalashtirish, eshittirish va ko‘rsatunlar. Bunda obyekt ijodkor tomonidan og‘zaki, yozma, tasvir shaklida yoki boshqalar tomonidan idrok etish(qabul qilish) uchun imkon beradigan boshqa obyektiv shaklda mujassam etilishi bilan yaratilgan hisoblaiadi. Binobarin, shu vaqtdan boshlab unga nisbatan boshqa shaxslarda subyektiv huquqlar vujudga keladi va ular hukuqiy muhofaza qilinadi. Bunday holda obyektdan uchinchi shaxelarning foydalangan bo‘lishi, obyekt ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki boshqa rasmiyatchilikparga rioya etilishi talab etilmaydi. Hatto obyekt keyinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozimligi haqidagi koida mavjud bo‘lsa ham (masalan, EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari uchun davlat ro‘yxati mavjud), bu hol ularning hukuqiy muhofaza kilish holatiga tagʼsir etmaydi. Bunda intellektuad mulk obyektlari O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki xorijiy davlat hududvda yaratilganligi fakti ham ahamiyatga ega emas (agar qonunda boshqacha holat belgilangan bo‘lmasa). Bir qator intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish FKda yoki boshqa qonunlar (masalan, Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari to‘g‘risidagi qonun, Seleksiya yutuqlari 13 www.ziyouz.com kutubxonasi hakidagi konun va shu kabilar)da belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaea berilishi orkali vujudga keladi. Buning uchun intellektual mulk obyektiga nisbatan o‘e subyektiv huquklarining eʼtirof etilishiga haqli bo‘lgan manfaatdor fuqaro yoki yuridik shaxs belgilangan tartibda vakolatli davlat organiga murojaat etishi va o‘z talabini asoslantiruvchi hujjatlarni takdim etishi loeim. Talab qanoatlantirilgan hollarda vakolatli davpat organi fuqaro yoki yuridik shaxsni intellektual mulk obyektiga nisbatan subyektiv xukuqlari muhofaza ostiga olinganligini bildiruvchi hujjat (patent, guvohnoma, qayd etilganlik haqidagi shahodatnoma), hukuqiy muhofaea yorlig‘i beradi. Vakolatli davlat organi bunday talabni rad etgan taqdirda bu haqda asoslantirilgan qaror chiqaradi. Qaror ustidan Appelyatsion kengashga yoki sudga qonunlarda belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin. Vakolatli davlat organi (ko‘p obyektlar bo‘yicha bunday organ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Patent idorasi hisoblanadi) hukuqiy muhofaza yorligi berishda quyidagi holatlarni, albatta, o‘rganib chiqadi: a) hukuqiy muhofaza berilishi so‘ralayotgan obyekt intellektual mulk obyekti sifatida tegishli xususiyatlarga egami, yo‘qmi; b) o‘z nomiga huquqiy muhofaza yortig‘i berilishini so‘rab murojaat qilayotgan fuqaro yoki yuridik shaxs talabi qonuniy asoslarga egami, yo‘qmi; v) huquqiy muhofaza yorligi berilishi boshqa shaxslarning qonuniy hukuq va manfaatlariga putur yetkazmaydimi va hokazo. Ayrim turdagi intellektual mulk obyektlarini vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig‘i asosida hukuqiy ko‘riklanishi bo‘yicha tartib belgilanganligining ahamiyati shundan iboratki, bunda, birinchidan, huqukiy muhofaza yorligi intellektual mulk obyektlarining sifat jihatidan tegishli talablarga javob bera olishi lozimligini, nkkinchidan, nomiga hukuqiy muhofaza yorligi olgan shaxsning subyektiv xuquqlarini tasdiqlovchi va bu huquklarning boshqalar tomonidan rioya etilishini taʼminlovchi vosita ekanligini guvohlantiradi. Ayni vaqtda bunday tartib huquqiy muhofaza vujudga kelishi va uning amalda muddatlarini belgilashda bahs-nieolarga o‘rin qoldirmaydi, shuningdek, boshqa mamlakatlar hududlarida ushbu obyektga 14 www.ziyouz.com kutubxonasi nisbatan xuddi shunday muxofaza yorlig‘ini olishni osonlashtiradi. Baʼzi obyektlar bo‘yicha esa bunday obyekt yaratuvchisi bo‘lgan ijodkorning mualliflik shaxsiy huquqlarini ham o‘ziga xos tarzda guvohlantiradi. Obyektga nisbatan huquqin yorliq mavjudligi nomiga yorliq berilgan shaxsning subyektiv huquklari bueilgan taqdirda sud yo‘li bilan himoya qilish uchun asos bo‘ladi. Intellektual mulk kuyidagi obyektlarining huquqiy muhofazasi davlat organi tomonidan hukuqiy muhofaza yorlig‘i berilishi asosida vujudga keladi: ixtiro, foydali sanoat namunasiga nisbatan patent beriladi (ixtirolar, sanoat namunalari va foydali modellar to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasi); seleksiya yutuqlariga nisbatan patent beriladi; tovar (xizmat ko‘rsatish) belgisiga nisbatan u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, guvohnoma beriladi; firma nomi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib (reyestrga kiritilib) bu hakda dalolatnoma beriladi; tovar chiqarilgan joy nomiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, undan foydalanish huquqi to‘grisida guvohnoma beriladi. Intellektual mulk obyektiga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig‘ida obyekt nomi, uning alohida xususiyatlari, ushbu obyekt muallifi (ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutukdariga nisbatan xuquklar sohibining nomi) huquqiy muhofaza muddatining boshlanish va bekor bo‘lish vaqgi, ushbu yorliqni bergan vakolatli davlat organi nomi ko‘rsatiladi, uning rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi. Firma nomiga berilgan hukuqiy muhofaza yorlig‘ining amal qilishi muddat bilan chegaralanmaydi. Tovar (xizmat ko‘rsatish) beltisi, tovar chiqarilgan joy nomiga bo‘lgan huquk bo‘yicha berilgan huquqiy muhofaza yorlig‘i amal qilish muddati vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda uzaytirib turilishi mumkin. Ixtiro, sanoat namunasi va foydali modelga nisbatan berilgan hukukiy muhofaza yorlig‘i cheklangan muddatga uzaytirilishi mumkin. Vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig‘i olinishi shart bo‘shvn intellektual mulk obyektlariga nisbatan xukuklar bunday yorliq olinmagan hollarda sud yoki boshqa davlat organlari tomonidan huquqiy muhofaza qnlinmandi. Huquqiy muxofaea yorligi har qanday davlat organi yoki jamoat tashkiloti tomonidan emas, balki qonun qujjatlarida belgilangan vakolatli davlat idorasi tomonidan berilishi lozim. Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan intellektual mulk obyektiga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig‘i O‘ebekiston Respublikasi hududida amal kilishi O‘zbekiston Respubpikasi ipgtirokida xalqaro konvensiyalar, shartnomalar, ikki yoki ko‘p tomonlama bitimlar yoxud O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat idoralari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi yeki tegishli huquqiy yorliq berilishi asosida vujudga keladi. Oshkor etilmagan axborotlarni huquqiy muhofaza qilish qonunlarda belgilangan kator shartlar asosida (FKning 98- moddasi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun»ning 37-moddasi, «Davlat sirlarini saqlash haqidagi qonun»ning 1-5 moddalari, «Axborotlashtirish haqidagi qonunning 2-3 moddalari) belgilanadi. Ko‘p hollarda bunday shartlar asosida oshkor etilmagan axborot sohibining bu axborotga nisbatan faktik monopol holati mavjud bo‘ladi. Faktik monopol holat kuyidagi shartlar bir vaktning o‘zida mavjudligini bildnradi: a) oshkor qilinmagan axborot uchinchi shaxslarga nomaʼlum bo‘lishi; b) xudsi shu nomaʼlumligi sababli, u haqiqiy yoki nisbiy tijorat qiymatiga ega bo‘lishi; v) uchinchi shaxslarda bunday axborotdai qonuniy asoslarda erkin bahramand bo‘lish (tanishuv, xabardor bo‘lish, foydalanish) imkoniyatlari bo‘lmasligi; g) axborot sohibi uning maxfiyligi(sirligini)ni saqlash bo‘yicha barcha choralarni ko‘rgan bo‘lishi shart. Faktik monopol holatiga ko‘ra huquqiy muhofaza yorlig‘i berish, ro‘yxatdan o‘tkazish (busday axborot nou-xau sifatida litsenziya shartnomasi asosida berilishi hollaridan tashqari) yoki boshqa rasmiyatchshshklarga rioya qilish tartibida rasmiylashtirilishi lozim emas. Oshkor etilmagan axborot sohibining hukuqlariga uchinchi shaxslarning insofsiz harakatlari, g‘irrom raqobat (sanoat josusligi, xodimni sotib olish) orqali putur yetkazilganda sud yo‘li bilan huquqiy muhofaza ostiga olinadi. Download 131.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling