M. Ikramov 7-O`zbekiston tarixi Testlar 60-90-betlar 1


Download 46.5 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi46.5 Kb.
#163115
Bog'liq
7-o'zb 7v3.2


PowerPlusWaterMarkObject5275298


M.Ikramov 7-O`zbekiston tarixi Testlar 60-90-betlar

1. Takash qaysi yilda saljuqiylar sultoni To‘g‘rulga qaqshatqich zarba berib, Eronni Xorazmga bo‘ysun diradi?

A) 1187-y. B) 1193-y. C) 1185-y.D) 1194-y.



2.1220-yilning fevralida Chingizxon musulmon sharqidagi yirik madaniy markaz Buxoro ustiga qo‘shin tashlaydi. Buxoro qamali . . . davom etdi?

A) 10 kun B) 14 kun C) 12 kun D) 15 kun



3. Chingizxon Movarounnahrning qaysi shahrini bosib olishda shaharning Qang`li qo`shinlariga shahar bosib olingach omonlik va’da qilgan?

A) Buxoro B) Samarqand

C) Urgach D) O`tror

4.Qaysi shahar himoyachilari Temur Malik boshchiligida qariyb bir oy davomida o‘z shahrini mudofaa qiladilar?

A) O`tror B) Sayram

C) Banokat D) Xo`jand

5. 1221-yilning boshlarida Chingizxon qo‘shinlarining Urganchga yurishi boshlandi. Urganch qamali qancha vaqt davom etadi?

A) 5 oy B) 3 oy C) 7 oy D) 1 oy



6.“Yo Vatan, yo sharofatli o‘lim”va “shu tuproqda tug‘ilibmiz, shu tuproqda o‘lamiz!” ushbu fikrlar kimga tegishli?
A) Ahmad al-Marvaziy

B) Ahmad ibn Umar Xivaqiy

C) al-Abbos Javhariy

D) Abu Sahl Masihiy



7. Urganch bosqinchilar tomonidan talon-toroj qilinadi. Yuz ming nafar san’at, hunar arboblarini, yosh bolalarva ayollarni ajratib olib, Mo‘g‘ulistonga jo‘natadilar. Qolgan xalqni shahardan haydab chiqib, askarlarga . . . nafardan bo‘lib beradilar.

A) 30 B) 24 C) 28 D) 32



8. Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi qachon nishonlangan?

A) 1995-yil B) 2000-yil

C) 1998-yil D) 1994-yil

9. Parvon dashtida bo`lib o`tgan jangdan keyin Jaloliddinning lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda lashkarboshilardan kimlar Jaloliddin qo`shinidan ajrab chiqib ketadi?

A)Yazidak pahlavon va Sunqurjiq

B)G‘iyosiddin Pirshoh, Taynol no‘yon

C) Sharofulmulk, A’zam Malik

D) Sayfuddin Ag‘roq,A’zam Malik va Muzaffar Maliklar

10.Jaloliddin va Chingizxon o`rtasida Sind daryosi bo`yidagi jang qachon bo`lib o`tadi?

A) 1221-yilning 25-noyabrida

B) 1220-yilning 20-oktabrida

C) 1221-yilning 25-dekabrida

D) 1220-yilning 20-sentabrida

11. Marv vohasining sug‘orish tarmoqlarining bosh to‘g‘oni nomini toping?

A) Qo`rg`oshin nova B) Sultonband

C) Xonbandi D) Somonjuq

12. Movarounnahrdagi qaysi shaharlar mog`ullar tomonidan yoqib yuborilgan?

A) O`tror va Urganch

B) Banokat va Xo`jand

C) Buxoro va Samarqand

D) Marva va G`azna

13.Jaloliddin Sind darayosidan kechib o‘tganidan so‘ng qolgan jangchilarini to‘plab, Shimoliy Hindiston hududidagi bir qancha davlatlarhukmdorlari bilan aloqa o‘rnatishga harakat qildi. Biroq . . . viloyatining hukmdori Jaloliddin Manguberdining og‘ir ahvolidan foydalanib, unga qarshi hujum qiladi.

A) Bixor B) Lahor

C) Shatra D) Bengaliya

14. Hindistonning katta-kichik hukmdorlari Xorazmshohning kuchayib ketishidan xavfsirashardi. Ular o‘zaro til biriktirib Jaloliddin Manguberdiga qarshi ittifoq tuzmoqchi ekanliklari ayon bo‘lib qoldi. Jaloliddin Manguberdining qaysi ikki lashkarboshisi Eltutmish tomoniga o‘tganlar?

A)Yazidak pahlavon va Sunqurjiq

B)G‘iyosiddin Pirshoh, Taynol no‘yon

C) Sharofulmulk, A’zam Malik

D) Sayfuddin Ag‘roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar

15. 1224-yilda Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonda o`z noiblarini tayinlab qayerga yo`l oladi?

A) Armaniston B) Iroq

C) Ozarbayjon D) Gurjiston

16. Jaloliddin kuchayib borayotganidan xavsiragan Bag`dod xalifasi Nosir unga qarshi 20 ming kishilik qo`shin jo`natadi ikki o`rtada jang qayerda bo`lib o`tadi?

A) Isfahon B) Kufa

C) Basra D) Sultoniya

17. Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonga qarshi yurish qilib 1225-yilning mayida qaysi shaharni jangsiz qo`lga kiratadi?

A) Tabriz B) Marog`a

C) Isfijob D) Boku

18. Ozarbayjon egallangach, Jaloliddin Manguberdi o‘z qo‘shinini Gurjiston tomon boshlaydi. 1225-yil avgustda Garni qal’asi yaqinida gurjilarning 60 minglik qo‘shinini tor-mor keltiradi  va Tiflisga  qarab  yuradi.  Qaysi yilga kelib Gurjiston to‘liq egallanadi?

A) 1224-yil B) 1225-yil

C) 1226-yil D) 1227-yil

19. Ozarbayjon, Shirvon (Armaniston) va Gurjiston Xorazmshoh qo‘liga o‘tgach, mo‘g‘ullar Isfahon shahri yonida paydo bo‘ladi. Qachon Isfahon yaqinida Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarning Taynol no‘yon boshliq qo‘shinini yengadi?
A) 1227-yil sentabrida

B) 1225-yil noyabrida

C) 1224-yil dekabrida

D) 1226-yil oktabrida



20.Muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan Ko`niya sultonini toping?

A) G‘iyosiddin Pirshoh

B) Alouddin Qayqubod

C) Muso Chalabiy

D) Shamsuddin Eltutmish

21. Jaloliddin Manguberdiga qarshi fitna uyushtirgan uning bosh vazirini toping?

A) G‘iyosiddin Pirshoh

B) Alouddin Qayqubod

C) Sharofulmulk

D) Shamsuddin Eltutmish

22. 1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari qayerdagi jangda mag‘lubiyatga uchradi?

A) Tiflis B) Arzinjon

C) Sultoniya D) Marog`a

23.Mo`g`ullar O`rta Sharqni qachon bosib oladilar?

A) 1254-yil B) 1250-yil

C) 1256-yil D) 1257-yil

24. Xorazmshohlar davlatini 1097–1231-yillarda boshqargan sulola nomini toping?

A) Afrig`iylar B) Ma’muniylar

C) Anushteginiylar D) G`aznaviylar

25. “Siyrat as­sulton Jalol ad­Din Mengburni”

(“Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”) nomli asar muallifini toping?

A) Sharofiddun Ali Yazdiy

B) Ahmad ibn Umar Xivaqiy

C) Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy

D) G`iyosiddin Jamshid Koshoniy



26. “al-Komil­fit-tarix” (“Tarix haqida mukammal kitob)” asarining muallifini toping?

A) Ibn al-Asir

B) Ahmad ibn Umar Xivaqiy

C) Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy

D) G`iyosiddin Jamshid Koshoniy

27. Jaloliddin Manguberdi haqida muarrix va yirik davlat arbobi Alouddin Atomalik Juvayniy tomonidan yozilgan asarni toping?

A) “Siyrat as­sulton Jalol ad­Din Mengburni”

(“Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”)

B) “Tarixi jahonkushoy” (“Jahon fotihi tarixi”)

C) “al-Komil­fit-tarix” (“Tarix haqida mukammal kitob)”

D) “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi)



28. Mirxond qalamiga mansub asar berilgan qatorni toping?

A) “Husni Dil” B) “Al-qonun fit-tib”

C) “Ravzat us-safo” D) “Bahr ul-asror”

29. Quyidagi qaysi asar Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari tarixining islom tarqalishidan to 1231-yilgacha bo‘l gan

davr haqida ma’lumot beruvchi eng qimmatli manbalardan biri sanaladi?

A) “Siyrat as­sulton Jalol ad­Din Mengburni”

(“Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”)

B) “Tarixi jahonkushoy” (“Jahon fotihi tarixi”)

C) “al-Komil­fit-tarix” (“Tarix haqida mukammal kitob)”

D) “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi)

30. Mashhur shoir va adib Maqsud Shayxzoda qachon

“Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasini yozgan?

A) 1941-yili B) 1944-yili

C) 1955-yili D) 1952-yili



31. Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi

mustaqil O‘zbekistonda qaysi yili keng nishonlandi?

A) 1991-yili B) 1994-yili

C) 1997-yili D) 1999-yili



32.Chig`atoy ulusiga qaysi hudular kirgan?

1) Janubiy Sibir; 2) Sharqiy Turkiston;

3) Oltoy: 4) Yettisuv; 5) Xuroson;

6) Movarounnahr

A) 4, 5, 6 B) 2, 3, 4

C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6



33. Chig`toy ulusida harbiy hokimiyat, aholini ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq yig‘ish ishlari kimlarning qo‘lida bo‘lardi?

A) dorug`achi B) bosqoq

C) tavg`ach D) A va C

34. Qaysi yilda Buxoroning Torob qishlog‘ida bosqinchilar va mahalliy mulkdorlar zulmiga qarshi qo‘zg‘olon boshlanadi?

A) 1234-yil B) 1229-yil

C) 1238-yil D) 1235-yil

35. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida O‘rta Osiyoda yerga bo‘lgan egaligining xil shakli mavjud edi?

A) 3 xil B) 6 xil C) 4 xil D) 5 xil



36. Chig`atoy ulusi qachonga kelib ikkiga bo`linib ketadi?

A) XV asrning 20-yillarida

B) XIV asrning 60-yillarida

C) XV asrning 30-yillarida

D) XIV asrning 40-yillarida

37. 1348-yilda Chig‘atoy naslidan bo‘lgan Mo‘g‘uliston xonini toping?

A) Ilyosxo`ja B) Kebekxon

C) Tug`luq Temur D) Mamay



38.Qaysi asrdan boshlab o`lkamiz Turkiston deb atala boshlangan?

A) V- asrdan B) VII asrdan

C) IX asrdan D) XIII asrdan

39. Qaysi asrlarda o‘zbek xalqi shakllandi? (Uning asosini o‘lkamizda yashab kelgan ziroatkor va chorvador tub yerli aholi tashkil etdi)

A) VII-XI asrlarda B) X-XIII asrlarda

C) VIII-X asrlarda D) IX-XII asrlarda

40. Movarounnahrda joylashgan aholi qadimdan qaysi ikki tilda so`zlashgan?

A) oromiy va hind B) so`g`d va turk



C) turk va xitoy D) baqtriya va fors
Tirik farishtaga qaraging kelsa onangga qara...


Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling