M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


  Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон х;аёт - пировард


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

13 
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон х;аёт - пировард 
максадимиз. - Тошкент: Узбекистон, 2000. 25-бет.
133


nashr ettirildi. «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi 
keng nishonlanishi munosabati bilan professor T.Mirzayev bu dos- 
tonning Berdi baxshi, Po‘lkan va Ergash Jumanbulbu] o 'g ‘Ii, Bek- 
murod Jo'raboy o‘g‘li, Saidmurod Panoh o ‘g‘li variantlarini 1999 
-yilda alohida kitoblar holida to‘la nashr ettirdi. U folklorshunoslik 
amaliyotida birinchi marotaba «Alpomish» dostoni Fozil Yo‘ldosh 
o‘g ‘li variantining matni, ms tiliga qilingan ilmiy-adabiy tarjimasi 
bilan birgalikda akademik nashrga tayyorlab, chop ettirdi.
Folklor bo‘limi xodimlarining xorijiy mamlakatlardagi ilmiy 
markazlar va oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy aloqalari ham yaxshi sa­
mara bermoqda. Ayniqsa, Germaniyadagi Bonn universiteti profes­
sor! Karl Rayxelning Folklor bo‘limi bilan ijodiy aloqalari samarasi 
o ‘laroq bir qator o‘zbek xalq ertaklari va «Alpomish» dostoni- 
ning nemis tiliga qilingan tarjimasi nashrdan chiqdi. Alisher Navoiy 
haqidagi o‘zbek xalq tarixiy rivoyatlarining M.Jo‘rayev nashrga 
tayyorlagan majmuasi 1996-yilda Bokuda ozarbayjon tilida chop 
etildi. Folklor bo'limida o‘z ilmiy malakasini oshirgan Filiz Qirbosh 
o ‘g ‘li (Turkiya) «Go‘ro‘g ‘lining tug‘ilishi» dostonini, Selami Fidokor 
(Turkiya) esa «Rustamxon» va «Erali va Sherali» dostonlarini turk 
tiliga tarjima qilib, nashr ettirdi. Shuningdek, Turkiyada ham «Alpo­
mish» dostoni bosilib chiqdi. Yapon olimi Xerokining «Turkiy xalqlar 
qahramonlik eposi» kitobi (2002) Tokioda, Karl Rayxelning «Turkiy 
xalqlar eposi» kitobi (2002) Anqarada bosilib chiqdi. 2007-yilda pro­
fessor T.Mirzayev hamda J.Eshonqul tomonidan nashrga tayyorlangan 
«Oychinor», «Erali va Sherali» dostonlari Turkiyada chop ettirildi.
0 ‘zbek xalq maqollarini to‘plash va uning eng mukammal maj- 
muasini yaratish borasidagi ishlar uzluksiz davom ettirildi. Natijada 
2005-2006-yillarda T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, A.Musaqulovlar to­
monidan nashrga tayyorlangan « 0 ‘zbek xalq maqollari»ning kirill 
va lotin alifbosidagi nashri «Sharq» nashriyot-matbaa konsemida 
bosmadan chiqarildi.
1999-yilda Termiz shahrida «Alpomish» dostoni va uning jahon 
xalqlari epik ijodiyotida tutgan o‘rni» mavzuidagi xalqaro ilmiy an-
134


juman o‘tkazildi. Ilmiy konferensiya materiallari o‘zbek, rus va ing- 
liz tillarida bosmadan chiqarildi. 0 ‘sha yili «Alpomish» dostoniga 
bag‘ishlangan eng yaxshi tadqiqotlarning natijalari «Fan» nashri- 
yotida chop ettirilgan «Alpomish» - o‘zbek xalq qahramonlik eposi» 
nomli ilmiy to‘plamda o‘z aksini topdi.
0 ‘zbek folklorshunosligi maktabining kelgusidagi rejalari: o‘zbek 
folklori materiallarini izchil to‘plash maqsadida atoqli alloma
H.Zarifov asos solgan ilmiy ekspeditsiya ishini yanada kengroq qam- 
rovda o ‘tkazish va uning muntazamligini ta’minlash; H.Zarifov 
nomli 0 ‘zbek folklori arxivi materiallarini to‘la ilmiy tavsif qilish va 
kataloglashtirishni amalga oshirish; folklorshunos о limlar tomonidan 
qariyb 80 yil mobaynida to‘plangan arxiv materiallari va kelgusidagi 
ilmiy ekspeditsiyalar davomida yozib olinadigan folklor namunalari 
asosida « 0 ‘zbek folklori yodgorliklari» 100 jildlik akademik nash- 
rini tayyorlash; folklor asarlarining ilmiy, ilmiy-ommabop va omma- 
bop nashrlarini tayyorlab, lotin yozuvida chop ettirish; o‘zbek folk­
lori janrlarining tarixiy asoslari, tipologiyasi va poetikasini dunyo 
folkloristikasining ustuvor ilmiy metodlari asosida tadqiq etish; oliy 
o‘quv yurtlari talabalari uchun xalq og‘zaki badiiy ijodiyoti bo‘yicha 
yangi darslik va qo‘Ilanmalar yaratishdan iboratdir.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling