M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V
Алпомиш. Узбек хал к; кдхрамонлик эпоси. Нашрга тайёр ловчи
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.
12 Алпомиш. Узбек хал к; кдхрамонлик эпоси. Нашрга тайёр ловчи
Т. Мирзаев. —Тошкент: Фан, 1999, 144-145 б. 107 Doston syujetining keyingi «taqdiri» ana shu tush motivi bilan be vosita bogiiqki, agar Alpomish, Barchin va Qorajon ana shu tushni ko‘rmaganlarida, Qorajon Alpomish bilan do‘st tutinmagan va vo qealar tizimi boshqacha rivojlangan, bu esa syujet o‘zgarishiga olib kelgan boiardi. Bu holat barcha variant va versiyalarning ichida eng mukammali hisoblangan Fozil Yo‘ldosh o‘g ‘li variantining badiiya- tiga ham salbiy ta’sir qilmay qolmasdi. Epik ijodda m otivlar hamisha rang-barang b o ‘ladi. Shuning uchun ham syujetda har bir motiv o‘ziga xos «yuk»ka ega. Motivlar- ning o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi, syujetdagi barqarorligi doimo ham bir xil bo‘lavermaydi. Shuning uchun ularni ikki yo‘nalishda olib qa rash mumkin. Birinchisi, biror bir motivlaming tushib qolishi yoki o‘zgarishi syujetda ham tub o‘zgarish bo‘lishiga olib keluvchi barqa- ror motivlar. Bunday motivlar asar strukturasida mustahkam o‘ringa ega bo‘ladi. Ikkinchisi, motivlar o‘zgarishi hech qanday syujetning o‘zgarishiga olib kelmaydi. Bunday motivlar boshqa bir motiv bilan almashtirish mumkin boigan nobarqaror motivlardir. Fozil Yo'ldosh o‘g ‘li variantidagi tush motivi barqaror motivlarga taalluqli bo‘lib, bu motivning o ‘zgarishi boshqa motivlaming ham o ‘zgarishiga olib keladi. Biroq shu dostonning P o‘lkan va Ergash Jumanbulbul o‘g‘li variantidagi voqea yakunida kelgan tush motivi- ning o‘zgarishi yoxud tushib qolishi syujetda aytarli darajada katta o‘zgarishlarga olib kelmaydi. Shuning uchun ham unga nobarqaror motiv namunasi sifatida qarashimiz mumkin. Barqaror motivlar ham hamisha harakatda, ichki o‘zgarishlarga moy ilekanligini hamunutmaslikkerak. Misol uchun, «Kuntug ‘ mush», «Rustamxon», «Go‘ro‘g‘lining oiim i» kabi dostonlarda ham tush barqaror motiv bo‘lib keladi. Lekin «Kuntug‘mish» dostonida u safar, «Rustamxon»da uylanish, «Go‘ro‘g‘lining o ‘limi»da o‘lim motivi bilan bog‘liq holda keladiki, bu bog‘liqlik vaziyatga qarab o ‘zgarishi mumkin. «Kuntug‘mish»da qahramon tushida yorini, «Rustamxon»da ona o‘z qizini, «Go‘ro‘g‘lining o‘limi»da Go‘ro‘g‘li o ‘z pirini tushida ko‘radi. Barqaror motivdagi ana shu kichik ichki 108 o ‘zgarish keyingi motivga ta’sir qiladi, shu sababli keyingi motiv ana shu o ‘zgarishga qarab belgilanadi. MOTIV (fr. motif - kuy, ohang so‘zidan) - syujet tarkibidagi, uni yuzaga keltiruvchi asosiy halqalardan biri. Motivlar o‘zaro bir- lashib syujetni yuzaga keltiradi. Motiv termini xalq og‘zaki ijodida, xususan, doston, ertak kabi katta epik janrlami o‘rganishda ishlati- ladi. Qahramonning g‘ayritabiiy tug‘ilishi, personajning ovga yoki safarga chiqishi, uning qahramonlik uyqusiga ketishi tush mbtivlari shular jumlasidandir. Rus folkloristikasida A.N. Veselovekiy, V.M. Jirmunskiy, V. P. Propp, E. Pomeranseva, B. N. Putilov; o'zbek folkloristikasida prof. H. T. Zarifov, M. Afzalov kabi tadqiqotchilar- ning ishlarida motiv termini keng qo‘llanilgan. Hatto rus folkloristi V. Y.Propp o‘zining «Ertaklar morfologiyasi» nomli asarida ertak syujetining tuzilishi, uning tarkibidagi motivlar va ularning birikish tiplarini maxsus tahlil qilib, umumjahon ertakshunosligida syujet- lami o ‘rganishning eng qulay yo'lini ko‘rsatib beradi. Adabiyotshunoslikda motiv tennini asaming asosiy mavzu va g ‘oyasini to ‘ldirishga xizmat qiluvchi qo'shimcha mavzuni g'oyaviy Iiniyaga ftisbatan qo‘llaniladi. SYUJET (fransuzcha — predmet, mazmun, narsa) — badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, bir-biri bilan o‘zaro bog'liqlikda kecha-digan, qahramonlar o‘rtasidagi aloqalardan tarkib topgan vo qealar tizimi. Syujet motiv bilan chambarchas bog‘liq. Badiiy asar- larda motivlar birlashib, syujetni yuzaga keltiradi. Shu ma’noda syujetni motivlaming ilgarilama harakati deyish mumkin. Misol uchun, «Alpmish» dostoni an’anaviy befarzandlik motivi bilan boshlanadi. So‘ngra farzandning tug‘ilishi, unga ism qo‘yish, sinov, safar, uyla nish, o‘lim, uyga qaytish motivlari bilan bog'lanib, doston syujetini yuzaga keltiradi. Shuning bilan bir qatorda syujet badiiy asafdagi xarakter bilan ham uzviy bog‘liq bo‘lib, badiiy ijodda muhim o ‘rin tutadi. Syujet badiiy adabiyotning barcha turlari va janrlarida mav- jud. Syujet personajlar harakati tufayli shakllanadi. U she’riy asarda, ayniqsa, kichik she’riy asarlarda, prozaik asarlarga qaraganda yashi- 109 rinroq bo‘ladi. Har bir adabiy turda syujet o‘ziga xos xarakterga ega. Ko‘pgina lirik asarlarda ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan syujet tizimi yo‘q. Ulardagi his-tuyg‘u, o‘y-kechinmalar rivoji qaysidir m a’noda lirik asar syujetini tashkil etadi. Ayrim adabiyotshunoslar syujetlilik umuman lirik turga xos xususiyat emas, deb hisoblaydi. Chunki lirik asarda voqealar tizimi bo‘lmasligi ham mumkin. Ayni chog‘da, syujet faqat voqealar tizimidan ham iborat emas. Badiiy asarda tasvirlangan voqealar tizimining o ‘zaro munosa- batiga ko‘ra, syujet asosan xronikal (voqeaband) va konsentrik (vo- qeaband boim agan) turlarga bo‘linadi. Xronikal syujetda voqealar orasidagi vaqt munosabati yetakchilik qiladi. Konsentrik syujetda esa asarda tasvirlangan voqealar orasidagi sabab — natija muhim ahami- yat kasb etadi. Ammo badiiy asarlarda yuqoridagi syujetlarning har ikki turi uyg‘unligidan tarkib topgan shakli ko‘proq uchraydi. Badiiy asar Syujeti tasvirlanayotgan voqelik va asarda ishtirok eta- digan qahramonlar masalasiga bevosita bogiiq. Chunki syujet aso- sidagi voqelikda qahramonlar harakat qiladi va, eng muhimi, haqiqiy badiiy asarlarda awalo qahramonlar o‘z dardi-dunyosi bilan namoyon bo‘ladi. Badiiy asar syujeti ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulmi- natsiya, yechim singari bir qator unsurlardan tarkib topadi. Masa lan, «Rustamxon» dostonida Rustamning Ajdarni yengish epizodi asarning kulminatsion nuqtasi sanaladi. So‘ngra voqealar yechimi keladi. Badiiy asarda syujet unsurlari ba’zan turlicha hajm va turli- cha tartibda kelishi mumkin. Shuningdek, ayrim asarlarda ekspozi tsiya yoki yechim singari syujet unsurlari bo‘lmasligi ham mumkin. Bu aslo kamchilik emas, aksincha, o ‘quvchini badiiy tafakkurga chorlaydi, tasawurini kengaytiradi. Ba’zi adabiyotshunoslar prolog (muqaddima) va epilog (xotima) larni ham syujet element sifatida ko'rsatadilar. Syujet kompozitsiya, konflikt, fabula kabi adabiy tu- shunchalar bilan ham mustahkam bog'langan. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling