M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sh.T urdim ov
KBK: 82(SO‘)ya7
M as’ul muharrir: T.Mirzayev - filologiya fanlari doktori, professor. Taqrizchilar: O.Axmedova- 0 ‘zDSMI «Folklor va etnografiya» kafedras dotsenti, filologiya fanlari nomzodi; Sh.T urdim ov-0 ‘zR FA 0 ‘zbek till, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori. 43-5010-9-6 ©«Barkamol fayz media» nashriyoti, 201 К IRISH Xalqimizning eng qadimiy hayotbaxsh milliy qadriyatlaridan bin folklor san’atidir. Bu san’at badiiy an’analari tizimi sifatida xal- qimizning ilg‘or umurainsoniy g‘oyalarini takomillashtirib, kela- jakka umid, ezgulik, mehr-sahovat, insoniylik, vatanparvarlik bilan bog‘liq milliy va ma’naviy qadriyatlami shakllantirishga xizmat qilmoqda. “Folklorshunoslikka kirish” fanini o‘rganish, folklor san’ati me- rosini chuqurroq tatbiq etish, bugungi zamondoshlarimiz ma’naviy ehtiyojini qondirishda katta muhim manba vazifasini o ‘taydi. Bu fan milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirishda o‘z hissasini qo'shadi, ya’ni folklorshimoslikning an’anaviy tur hamda janrilami amaliy va nazariy jihatdan bosqichma-bosqich o;rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 0 ‘zbek folklorining so‘z san’atiga asoslangan janrlar tizimi dos- ton, ertak, qissa, rivoyat, naql, afsona, mif, lof, latifa, marosim folk- lori, bolaJar folklori, og‘zaki drama, maqol vahikmatli so‘zlar, afsun, avrash, olqish va qarg‘ishlardan iboratdir. Bu ulug‘vor badiiy meros ajdodlarimiz poetik tafakkurining mahsuli o'laroq shakllangan. Har bir janrga oid folklor materiaUari o‘ziga xos poetik tizimi, ijro usuli, hayotiy-maishiy vazifasi, musiqaga munosabati, voqelikni badiiy aks ettirish tarzi va boshqa jihatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanib turadi. Xalqimiz orasida folklorshunoslikning yuqori malaka va salohiyatiga ega boigan ijodiy maktablari shakllangan bo‘lib, ulaming merosini o‘rganishda “Folklorshunoslikka kirish” fanining ning o‘z o‘mi bor. Xalq ijodiyotida mujassamlashgan yuksak ma’naviy barkamollik an’analari bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish- ning milliy negizi hisoblanadi. Shu bois, o‘zbek xalq ijodining boy з va serqirra an’analarini qayta tiklab, keng rivojlantirish, yoshlaming bugungi kundagi ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda yetarli da- rajada imkoniyatlar yaratish uchun folklor va etnografiya bo‘yicha mutaxassislarim tayyorlash amaliy ahamiyatga egadir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to ‘g ‘risidagi” Qonun ham mamlakatimiz ma’naviy hayoti uchun g ‘oyat zarur bo‘lgan shun- day malakali, intellektual salohiyati yuqori, ma’naviy olami teran mutaxassislarni tayyorlash lozimligini taqozo etadi. Folklor va et nografiya yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning milliy negizi - xalqimizning ma’naviy qadriyatlarini yanada takomillashti- rish, ommaning ijodiy iqtidorini o‘stirish, yosh avlod ongiga musta- qillik mafkurasi g‘oyalarini, milliy qadriyatlarni singdirishdan ibo- rat. Chunki bunday mutaxassislar ajdodlarimiz ijodiy salohiyatining eng yaxshi an’analarini kelgusida ham davom ettirishni ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shmog‘i kerak. Xalqimizning dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-estetik va felsafiy qarashlarini o'ziga xos tarzda badiiy talqin qiluvchi xalq og‘zaki ijodi folklorshunoslikning nodir manbalaridan hisoblanadi. Folklor asarlari ona diyorimizda yuksak madaniyatni bunyod etgan ulug‘ ajdodlarimizning turmush tarzi, orzu-intilishlari, urf-odat va marosimlari, an’analari-yu o‘zbekona samimiyatini mukammal aks ettirganligi uchun ham qadrlidir. An’anaviy xalq ijodiyotining o'ziga xos xususiyatlarini chuqur biladigan, mustaqillik davri o‘zbek folklorining taraqqiyot qonuni- yatlarini teran anglaydigan xalqning m a’naviy ehtiyojlari va qiziqish doirasini yaxshi tushunadigan, havaskorlik ijodiyotini tashkil qilish, boshqarishning nazariy hamda amaliy jihatlarini to‘la o‘zlashtirgan malakali mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb ma- salalaridan biridir. Shu sababli ham mazkur sohaning ilmiy salohi yatini takomillashtirishda “Folklorshunoslikka kirish” fanini o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling