M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

Anonim lik
- folklor asarlari muallifining noaniqligi - anonimligi 
{grek. Anonymis - nom a’lum) bilan ajralib turadi. Folklorda biror 
bir m uallif yo‘q. Xalq dostonimi, ertakmi yoki marosim qo‘shig‘imi 
ulami ibtidoda kim va qachon yaratgani aniq emas. Har bir asar av­
loddan-avlodga o'tar ekan, vaqt va zam on talablariga ko‘ra m a’lum 
o ‘zgarishlarga uchrashi mumkin, lekin uning asosi, an’analari 
o ‘zgarishsiz kelaveradi. Folklorda biror bir asarni kimdir dastlab 
yaratgan bo‘lishi mumkin, lekin bu asar syujeti, tasvir vositalari, 
ohang yo‘Ilari xalq og'zaki ijodi a n ’analariga tayanilib ijod etilsa
u folklor asari bo‘lib qoladi. Vaqtlar o ‘tishi davomida xalq ijrochi- 
lari tomonidan yanada ishlov berilib, chinakkam folklor namunasiga 
aylanadi.
O g ‘zakilik  xalq ijodiyotining yashash va yaratilish tarzi. Folk­
lor xalqning xotira manbaidan, xotiraning og‘zaki avloddan-avlod­
ga, og ‘izdan-og‘izga ko‘chishidan paydo bo‘ladi. Bu o ‘rinda umum 
folkloriy bilim va folklor an’analari asos vazifasini o ‘taydi. Xotira 
manbai va folkloriy bilim bir yoki bir necha shaxslargagma tegishli 
bo‘lmay, butun bir xalqning bilim va an’analaridan iborat bo‘ladi. Bu 
bilim va an’analar ustozdan shogirdga, avloddan-avlodga, urug 'dan- 
urug‘ga o ‘tib, yangi davr ruhida, yangi ijrochilar va ijodkorlar sa- 
lohiyatidan sayqal topib yashaydi. Bu xil sayqallanish u yoki bu 
folklor asarining shakii va mazmuniga qandaydir o ‘zgarish kiritishi
- nimaningdir qo‘shilishi yoki tushirib qoldirilishida bo‘y ko ‘rsatadi. 
Aytaylik, biror bir tarixiy faktning untilishi sababli, asardan tushib 
qolishi mumkin. Yoki dostondagi qo‘shiq qismining unitilishi uning 
ertak shaklida yashashini ta’min etsa, aksincha, biror bir talantli ijodkor 
ijrosi sababli, ertak syujeti asosida yangi doston paydo bo‘lib, an’ana 
ko‘rinishini olishi mumkin. Bu holatlar og‘zakilikning jonli hara-
14


knldagi jarayoni sifatida folklorning yashash tarziga xos belgilari 
hisoblanadi. Zotan folklor og'izdan-og‘izga o ‘tib yashasa, adabiyot 
yo/.uv vositasida yashaydi. Folklor asari og‘zaki ijro etilib kuylansa, 
adabiyot esa faqat o ‘qiladi.
A n'anaviylik — folklorning o ‘ziga xos yashash tarzini, uslubini, 
iloda vositalarini ta’min etuvchi yetakchi belgilaridan hisoblanadi. 
Folklor tom m a’noda an’analar san’atidir. Ana’anaviylik xalq ijodida 
ti yoki bu asar matninmg, ijro usullarining og‘izdan-og‘izga o ‘tish ja ­
rayonida nisbatan barqarorliginigina anglatib qolmaydi, balki o ‘sha 
asaming avloddan-avlodga o ‘tish jarayonida dastlabki ijroga xos xu- 
susiyatlarini nisbatan o'zgarmagan holda saqlab qolganini ham ang- 
latadi. An’anaviylik - jamoaviy ijod mahsulj va yashash tarzi, shu 
bilan birga, folklorning folklor asarini jamoaviy holda saqlab qolish- 
ningham o ‘zigaxos shakli, omili hisoblanadi. Og‘zakilik folklorning 
ijro usuli va yashash tarzi bo£lib, o ‘z navbatida, xotirada ijrochidan 
ulkan xotirani, yoddan aytishni, eslamoqni, vaziyatga mos tayyor 
shakl va ifoda vositalarini badiha qilishni taqozo etadi. Bu o£rinda 
folklordagi an’anaviylik eng qulay va ishonchli quw at zaxirasi hisobla­
nadi. 0 ‘zbek baxshi-shoirlari orasida к о ‘plab an’anaviy dost(|nlami, 
qanchadan-qancha termalarni bilgan, kuylagan, yana o ‘zi to ‘quvchi 
-- badihago‘ylaming borligi - shu an ’anaviy ehtiyojning hosilasidir. 
A n’anaviylik xalq musiqasi, raqsi va amaliy san’atining ham o ‘ziga 
xos belgisi sanaladi.
A n’anaviylik o ‘zining ijtimoiy-tarixiy manbalariga ega. Folklor­
ning ilk namunalari ibtidoiy jamiyatda yaratilgan, ularda o ‘sha davr- 
ga xos dunyoqarashlar, urf-odatlar izlari aniq seziladi. Bu hoi folklor 
asarlari shakli, syujeti, obrazlari va motivlarining muayyan barqa- 
rorlik kasb etishining mahsuli hisoblanadi. Masalan: badik, kinna, 
Iniray-buray janrlari, shuningdek, “Sust xotin”, “Choy momo”, “Bar- 
ot kcldi” marosimlari aytimlarida bu holatni kuzatishimiz mumkin.
tfbriantUIik va versiyaviylik - folklor namunalarining har bir ijro- 
si o'ziga xos variant hisoblanadi. Folklor asari ijro jarayoni davom- 
ida qaytadan yaratiladi, yangi yashash holatiga kiradi va bu holat
15


o ‘ziga xos variantni paydo etadi. Ya’ni folklor ijro jarayonida xil- 
ma-xil variantlarda yashaydi. Variantlilik folklorning yashash tarzi. 
Variantlilik folklor tabiati, uning yaratilishi va jonli o g ‘zaki ijodda 
yashash qonuniyatlaridan kelib chiqqan xususiyat bo4lib, u folklor 
asarlarining syujeti, obrazliligi, poetikasi, jan r xususiyatlarini to ‘la 
qamraydi. Variant — m a’lutn bir asaming jonli og ‘zaki epik an ’ana 
zaminida vujudga kelgan, bir-birini inkor etmasdan yonma-yon ya- 
shay oladigan va o ‘zaro farqlanuvchi turli-tuman nusxalaridir. Vari- 
antda asar syujeti, motivlar tartibi, qahramonlar harakatida umumiy- 
lik bo‘lib, faqat ularni talqin etishda, tasvirlashda, ifoda shakllarida 
m a’lum bir farqlar bo‘lishi mumkin. Ijodkor. vaziyatga k o ‘ra, u yoki 
bu motiv tasvirini cho‘zishi yoki qisqa shaklda kuylashi yoki tushirib 
qoldirishi mumkin.
Variant folklor asarlarining ommaviyligini aniqlashda, tarqaiish 
chegaralarini belgilashda, folklorda kechayotgan o'zgarishlam ing 
sabablarini o ‘rganishda va ijro jarayoni bilan bog‘liq qonuniyatlarni 
tadqiq etishda boy materiallar berishi bilan ham ahamiyatlidir.
Variantlilikning muhim bir xususiyati-m a’lum bir versiya ichida 
mavjud bo‘lishidir. Versiya mohiyatan birmuncha keng hodisa bo‘lib, 
biror bir asarning turli talqinlarda, kompozitsion qurilishda, b a’zan 
qahramonlarning o'zgacba nomlanishida keluvchi yagona syujet va 
janr doirasidagi namunalarini o‘z ichiga oladi. Versiyalar m a'ium bir 
urug‘ va qabilalaming turli joylarga tarqalib, turli ijtimoiy-siyosiy 
taraqqiyot y o ‘lini bosib o ‘tishi, u yoki bu asarning o ‘zaro yonma- 
yon, qo‘shni yashayotgan turli xalqlar orasiga yoyilishi sababli pay­
do bo‘ladi. Masalan, “Alpomish” va “G o‘ro‘g‘li ” dostonlarining 
qarindosh va qo‘shni xalqlar orasida mavjud versiyalarini keltirib 
o‘tish mumkin.
Savol va topshiriqlar:
1. F o lk lo r atam asig a t a ’r i f bering.
2. F o lk lo r asa rla rig a xos yetakchi x u su siy atlar d eg an d a ni- 
m ani tu shu n asiz?
16


3. Folklorda variantlilikni sharhlab bering.
4. Folklor va folkorshunoslik so‘zlarining m a’nosini tushun- 
tirib bering.
5. Folklorning o ‘rganilish tarixi haqida so'zlab bering.
6. Mustaqillik davri folklor san’ati o ‘ziga xosligini nimada deb 
tushinasiz?

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling