M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

Savol va topsbiriqlar:
1. Folklor va uning to ‘plovchilari.
2. M ahmud K oshg‘ariyning «Devonu lug'otit turk» asarining 
folklorshunoslikda tutgan o ‘rni.
3. Adabiy va tarixiy manbalarda folklor.
4. Folklorning ilmiy o‘rganilishi masalalari.
1.4. FOLKLORSHUNOSLIK MAKTABLARI
«M ifologik maktab» nazariyasi. M a’lumki, m if qadimgi odam- 
ning borliq haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui b o iib , koinotning 
yaratilishi, inson, o'sim liklar va hayvonot dunyosining vujudga 
kelishi, samoviy jismlarning paydo b o iish i, tubiiy hodisalarning 
sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, m a’budlar va ilohlar 
to ‘g ‘risidagi e ’tiqodiy qarashlarni o ‘z ichiga olgan. Hali o ‘zini tabi- 
atdan ajratib olmagan qadimgi odam o ‘z atrofidagi moddiy mavjud- 
likning paydo bo‘lish sabablarini mifologik tasavvurlar vositasida 
izohlashga, tushuntirishga harakat qilgan. M if qadimgi odamning 
voqelikka bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi bo‘lib, tabiat va 
jam iyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qa-
26


dimgi tasaw urlar silsilasidir. Mifologik tasavvurlar muayyan voqe- 
lik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, m if yaratilgan 
va ommalashgan joyida o ‘z ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqa- 
tda bo'lib o ‘tgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan.
Qadimgi odamning tabiatni tushunishi va voqelikni idrok etishi 
g ‘oyat murakkab tafakkur hodisasi hisoblanadi. Ajdodlarimiz o ‘zim 
o'rab olgan moddiy olamning sir-asrorlarini tushunishga, tabiiy 
hodisalarning mohiyatini anglashga harakat qilar ekan, butun bor- 
liqni borlig‘icha qabul qilgan. Moddiy olamdagi voqelikni idrok 
etishda obrazlilik va poetik ramzlardan foydalanish esa badiiy ijodga 
xos belgi boMib, voqelikka ongli hissiy munosabat bildirishga asos- 
lanadi. Dunyodagi moddiy mavjudlikning paydo bo‘lishi, muayyan 
tabiiy hodisalarning ro‘y berish sabablari, tabiat va inson munosabati 
masalalari qadimgi odam ongida asotiriy tarzda talqin qilingan. Olam 
haqidagi ana shu eng qadimgi e ’tiqodiy qarashlar asosida dastlabki 
mifologik tasavvurlar tizimi kelib chiqqan. M if - qadimgi odamning 
voqelikka bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasidir.
Mifologik tasavvurlar olamning yaratilishi, o ‘simlik va hayvonot 
dunyosining yuzaga kelishi, odamzotning paydo bo‘lishini xayoliy 
uydirma vositasida izohlasa-da, m if o ‘z ijodkori va ijrochilari tomoni­
dan bo'lib o‘tgan voqealar bayoni sifatida baholangan. M.I.Steblin- 
Kamenskiyning ta ’kidlashicha, “m if - bu muayyan voqelik bayoni 
bo‘lib, unda hikoya qilingan voqea-hodisa nechog‘lik uydirma 
boMmasin, yaratilgan vayashab kelgan joyida u hamisha haqiqat, real 
voqelik ifodasi sifatida qabul qilingan. Albatta, mifhi o ‘rganadigan 
tadqiqotchi undagi uydirmaga ishonmaydi. Shuning uchun ham m if 
bugungi kimda haqqoniy hayotiy voqelik ifodasi sifatida anglashil- 
maydi. Shu tariqa tadqiqotchining m if haqidagi o ‘z tasaw uri, ya’ni 
"m if - uydirmadir” degan qarashi yuzaga keladi. Yaratilgan va om- 
miihishgan joyida m if aslida real voqelik ifodasi deb tushunilgan” .8
( )'tinishda yashagan ajdodlarimizning olam haqidagi tasaw urla- 
rini o'zida jamlagan, uning dunyoqarashini ifodalagan va avloddan-
" ( /гоблин Каменский М.И. Миф. - Л: Наука, 1976, 4-5 с.
27


avlodga yetkazishga m o£ljallangan miflaming ommalashish usullari 
ham turlicha bo‘iib, asosanjonli og‘zaki ijro orqaii, y a ’ni so‘z vosita­
sida hikoya qiiib berilgan. Ya'ni m if — afsona janrining badiiy shakli 
asosida bayon etilgan.
Mifologik tasavvurlar ibtidoiy udum vamarosimlarda ritual o‘yinlar 
sifatida namoyish qilingan. Qadimgi tasavvurlar asosida yaratilgan 
osori atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi va amaliy san’ati asarlari- 
dagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks ettirilgan.
Ajdodlarimizning olam, tabiat hodisalari va ijtimoiy hayot xu- 
susidagi qadimiy fantastik tushunchalarini o ‘zida aks ettirgan mif- 
lar quyidagi turlarga bo‘linadi. 1) ibtido haqidagi miflar
(olamning 
yaratilishi va yerda hayotning paydo bo‘lishi to ‘g ‘risidagi miflar);
2) samoviy miflar
(osmon jism lari va tabiat hodisalarining paydo 
bo‘lishi haqidagi miflar; 3) antropogenik miflar
(g ‘ayrioddiy xis- 
latga ega bo‘lgan afsonaviy personajlar haqidagi miflar, masalan, 
Ge-rakl, Gilgamesh, Odami Od, Hubbi haqidagi miflar); 4) kult 
miflari
(muayyan e’tiqodiy inonchlar bilan b o g iiq miflar, masalan, 
hosildorlik kulti, suv kulti, o'sim lik kulti, olov kulti haqidagi m if­
lar); 5) totem istik m iflar
(totem -ajdod haqidagi qadim gi tasav­
vurlar asosida kelib chiqqan); 6) kalendar miflar
(yil, oy, kun hi- 
sobi bilan bog"liq miflar, masalan, ayamajuz, ahman-dahman, chilla, 
to ‘qson hisobi bilan bog‘liq miflar); 7) o ‘lib-tiriluvchi tabiat kultlari 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling