M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

Savol va topshiriqlar:
1. «Alpomish» dostonining Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olin- 
gan variantini o‘qing.
2. Dostonning bugungi kunda xalq qadriyatlari qatorida e ’tiborga 
loyiq ekanini izohlang.
3. «Alpomish» dostonidagi mifik dunyoqarash belgilarini alohida- 
alohida ko‘rsating. Ular haqida bilganlaringizni so‘zlang.
4. Dostonning o‘rganilishida olimlar fikrlarini ayting. Ularni ba- 
holashga urining.
5. Dostondan parcha yodlang.
145


2.2. 0 ‘ZBEK XALQ NASRINING 0 ‘RGANILISHI
Afsona - sehr - jodu, xayolotga yo‘g‘rilgan, ajdodlardan avlod- 
larga o‘tib kelayotgan og‘zaki hikoya, Nomoddiy madaniy meros 
(NMM) namunalaridan biri. Afsona o ‘zbek xalq og‘zaki ijodining 
eng qadimgi janrlaridan biri bo‘Iib, insonning dunyo va o‘zini qur- 
shab turgan voqelikni anglash, tushunishga qaratilgan tushuncha va 
tasavvurlari mujassamlashgan voqea va hodisalar, badiiy to ‘qima 
asosida hikoya qiladi. Shu-ning uchun ham afsonada ijtimoiy hayot, 
kishilaming dunyoqarashi, urf-odatlari va tarixiy hodisalar haqida ix- 
cham ma’lumot, axborot beriladi.
Afsonalar haqidagi ma’lumotlar mashhur tilshunos olim Mahmud 
Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida «sag» so‘zi orqali 
ifodalangan bo‘lib, hikoya, qissa deya ta'rif berilgan,
Afsona matnida an’anaviylik yo‘q ekan, voqealar tuzilishi ham 
murakkab emas. Shuning uchun aytuvchining mahorati bilan bog‘liq 
holda voqealar doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Afsona syujetlari 
mifologik hodisalar, geografik joy lar nomi bilan bog‘liq g ‘aroyib vo- 
qealardan tashkil topgan. Xarakterli tomoni shundaki, deyarli barcha 
afsonalarning syujeti bir yoki ikki epizoddan tashkil topadi. Syujet 
voqealari esa ko‘proq tugundan boshlanadi. Bunday epik tugunlar 
esa tinglovchilami kutilmaganda voqealar ichiga olib kiradi.
Afsonalarda ertaklardagiga o‘xshash an’anaviy boshlama 
va tugallamalar uchramaydi. Bu narsa faqat afsona aytish bilan 
shug‘ullanuvchi professional ijodkorning yo‘qligi bilan izohlanadi. 
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, afsona keng ommaviy ijro 
etiluvchi janr hisoblanadi - uni bilgan shaxs o ‘zi istagan shaklda ay- 
taveradi.
Afsonalarning tematikasi rang-barangdir. Osmon, yer, suv pir- 
lari (muakkil)ning g'aroyib ishlari, yovuzlik yaratuvchi ruhlar bilan 
ezgulik yaratuvchi ruhlar o‘rtasidagi doimiy to ‘qnashuvlar, yer 
yuzida odamning paydo bo‘lishi, narsa yoki hodisalarga taalluqli bel-
146


gilarning paydo bo‘lish sababli, tabu (taqiq) bilan bog‘liq ajoyib va 
g‘aroyib voqealar afsonalar tematikasini tashkil etadi.
Afsonalar voqea va hodisalarni g‘ayritabiiy tasvirlashi bilan 
ertaklarga o ‘xshab ketadi, biroq syujetning barqaror shaklga ega 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling