M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Rivoyat - og‘zaki tarzda aytib beriluvchi hikoya. Yuzaga


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

147


Rivoyat - og‘zaki tarzda aytib beriluvchi hikoya. Yuzaga 
kelishi va tarixiy asoslari juda qadimiy folklor, NMM namu- 
nalandan biri. O lm ishda bo‘lib o‘tgan tarixiy hodisa yoki kech- 
mish voqeani badiiy to‘qima vositasida tasvirlovchi, hajman qisqa, 
an’anaviy shaklga ega bo‘lmagan asar.
Rivoyatlar ertak yoxud doston kabi qat’iy, an’anaviy uslubiy 
shaklga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun rivoyatlarni maxsus ijrochi 
emas, istagan odam hikoya qilib berishi mumkin. Odatda, rivoyat­
lar oddiy bir hikoyachi bayonidan boshlanib, og‘izdan-og‘izga o ‘tish 
jarayonida erkin tarzda talqin qilinadi va xuddi shu narsa ulaming 
og'zaki ijodga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlaridan biri-variantlili- 
gini ta’minlaydi.
Afsona va rivoyatda tarixiy voqelik fantastika libosida bo‘Iadi. 
Ular o ‘z shakliga ko‘ra sehrli ertaklarga yaqin turadi. Rivoyat bi­
lan afsona o‘xshash bo‘lsa ham o ‘zaro farqlarga egadir. Rivoyat- 
larda afsonaga nisbatan tarixiylik ustun turadi. Aksincha, afso-nalar 
rivoyatlarga nisbatan fantastik bo‘yoq va diniy elementlarga boy 
bo‘ladi. To‘maris va Shiroq haqidagi rivoyat bunga misol bo‘la 
oladi.
Rivoyatlar g‘oyaviy va mavzu ko‘lami jihatdan rang-barangdir. 
Rivoyatlar, odatda, ixcham syujetga ega bo‘lib, ikki, uch epizoddan 
iborat voqelikdan tashkil topadi va qat’iy kompozitsiyaga ega emas. 
Shuning uchun syujet voqealari, ko‘pincha, go‘yo tugallanmagan- 
dek. davomi bordek seziladi va tinglovchiga katta asardan uzib olin­
gan bir lavha singari tuyuladi.
Rivoyatlarda tarixiy voqea va shaxslar bilan bog‘liq bo‘lgan vo­
qealar, kishilar hayoti, geografik makon - tog‘, dengiz, ko‘l, sahro, 
shahar, qishloq, qal’a, saroy vahokazolaming paydo bo‘lishi yoxud 
tanazzulga yuz tutishi haqida hikoya qilinadi. Binobarin, rivoyatlar 
u yoki bu voqea haqida xabar berishi va uni tasdiqlash vazifasini 
o‘taydi. Rivoyatlarda milliylik va umuminsoniylik ulug‘lanib, inson- 
parvarlik, ezgulik, yaxshilik tushunchalari vahshiylik, yovuzlik va 
yomon illatlarga qarama-qarshi qo‘yiladi.
148


Rivoyatlar tematikasiga ko‘ra tarixiy va toponimik rivoyatga 
bo‘linadi.
Tarixiy rivoyatlar biror shaxs faoliyati yoki xalq qahramon- 
lari bilan bog‘liq boigan voqealami aks ettirib, axloq va odobning 
ideal normalarini tashviq etadi. To‘maris, Shiroq, Alisher Navoiy, 
Ulug‘bek, Ibn Sino, Beruniy singari tarixiy shaxslar haqida yaratil­
gan rivoyatlar shular jumlasidandir.
Tarixiy rivoyatlarni u yoki bu tarixiy shaxs yoki voqealar guvohi 
bo‘lganlarning, ko‘rgan-bilganlarmng esdaliklari asosida yuzaga 
kelgan, deyish mumkin. Bu narsa rivoyat janrining o‘ziga xos xu- 
susiyatini belgilaydi. Ba’zi tarixiy rivoyatlarda esa faktik voqealar- 
dan asar ham qolmay, faqat shaxs nomigina saqlanib qolishi ham 
mumkin. Ba’zan esa tarixiy shaxs sayyor syujetlar qolipida hikoya 
qilinadi. Shunga qaramay tarixiy shaxslaming ishtirok etishi, syujet- 
da badiiy to‘qimaning mavjudligiga qarab, bunday asarlarni tarixiy 
rivoyat deyish mumkin bo‘ladi.
Toponimik rivoyatlarda shahar, qishloq, qo‘rg‘on, saroy, maqbara- 
lar nomi hamda ularning yuzaga kelish sabablari bilan bog‘liq voqea­
lar hikoya qilinadi. Toponimik rivoyatlar xotimasida, odatda, ushbu 
hikoyadan maqsad ta’kidlanadi va muayyan fakt izohlanadi (mas, 
«To‘rabek xonim maqbarasi», «Anda jon qildi», «Odinajonim», 
«Qo‘ng‘irot» va b.).
Rivoyatlar og‘zaki ijod namunasi bo‘lgani uchun, bizgacha aso- 
san og‘zaki hamda qisman yozma shaklda yetib kelgan. Geredotning 
«Tarix», Vosifiyning «Badoye’ ul vaqoye’», Xondamiming «Ma- 
korim ul-axloq» va boshqa asarlarda rivoyatlaming qadimiy namu­
nalari keltirilgan. O czbekistonda juda ko‘p rivoyatlar yozib olingan 
va ular xalq tarixi hamda madaniy-estetik qarashlarini o‘rganishda 
muhim manba bo'lib xizmat qiladi. 0 ‘zbek xalq rivoyatlarinmg 
yozib olingan ko‘plab namunalari bugungi kunga qadar folklor ada- 
biyotlar arxivida saqalandi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling