M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

Savol va topshiriqlar:
1. Ertaklarning janr xususiyatlarini moddama-modda ayting
ulaming har birini izohlang.
2. Hayvonlar haqidagi ertaklar boshqa tur ertaklardan qanday far- 
qlanadi? Boshqa tur ertaklar bilan o‘xshashligi bormi?
3. Sehrli ertaklar haqida o‘qiganingiz bilan awalgi taassurotlar 
o ‘rtasida farq bormi?
4. Xalq ertaklari - so‘z san’atining namunasi ekanini isbotlang.
5. Afsonalarning mavzuga ko‘ra turlarini ko‘rsatib bering va o‘z 
fikringizni isbotlang.
6. Rivoyatlar bilan afsonalarning farqli jihatlarini izohlang.
2.3. 0 ‘ZBEK XALQ QO‘SHIQLARINING 
О ‘RGANILISHI
Qo ‘ shiqlar folklorda eng qadimiy va eng boy j anrlardan biri hisob- 
lanadi. Maqol, matal, topishmoq bilan bir qatorda xalq qo‘shiqlarining 
Mahmud Koshg‘ariyning «Devoni lug‘otit turb> kitobidan joy olishi 
ham bejizga emas.15 Bu bir tomondan xalq qo4shiqlarining o‘sha olis 
davrlarda ham rang-barang bo'lganligini, tarixiy ildizlari juda qa­
dimiy ekanligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan ularni tasnifla- 
shda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Eng aw alo qo‘shiq deganda biz nimani nazardatutishimiz lozim? 
Og‘zaki ijod namunasi bo‘lgan xalq qo‘shiqlari bilan ma’lum bir in­
dividual ijodkor tomonidan yaratilgan qo'shiq o‘rtasida qanchalik 
o'xshashlik va farq mavjud?! 0 ‘xshashlik har ikkala qo'shiqning 
ham musiqaga, ohangga, ma’lum bir o‘lchov - vaznlarga amal
15 
Махмуд Кошгарий. Девону луготит турк. Биринчи жилди-Тошкент: 
Фан, 1960.
153


qilishidadir. 
Xalq qo‘shig‘i yozma adabiyot namunasi bo‘lgan 
qo‘shiqlardan an’anaviyligi, jamoaviyligi, maishiy yo‘nalganligi, 
variantliligi, ya’ni asrlar davomida xalq tomonidan og'zaki yaratilib, 
og‘zaki ijro etilib, og‘zaki meros qilib qoldirib kelinayotganligi bilan 
tubdan farq qiladi.
Xalq qo‘shiqlarining tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uzoq ta­
rixiy taraqqiyot davomida qo‘shiqlar mifologik tafakkurdan badiiy 
tafakkurga aylanib borganligining guvohi bo‘lamiz. Shuning uchun 
qo‘shiqlarda qadimiy tasaw ur izlari bilan bir qatorda, o‘rta asrlarda 
hamda kuni kecha yoxud bugun yuz berayotgan voqealar, kechinma- 
lar o‘z ifodasini topadi.
Turkiy xalqlarda «qo‘sh» so‘zi uch ma’noda: «kuylamoq», «qo‘sh 
qo‘shmoq» - yer haydab, ekin ekmoq va juft ma’nolarini bildiradi. 
Har uch ma’no ham bir-birini inkor etmaydi.
«Qo‘sh» mavsum, ya’ni bahor marosimida ilohlarni ulug'lab ay- 
tilgan qutlov, alqovdir. (Saxa turklarida shomonlik qo‘shig‘i - ku- 
turuu - so‘zi kut - ruh, uruu ~ulug‘lamoq, qutlamoq ma’nolarini 
anglatadi).16 Shuning uchun «kuylamoq»ning bevosita hosildorlik 
kulti bilan aloqadorligi, ekin-tekin payti bu qo‘shiqning kuylanishi 
albatta shart bo'lgan.
Qo‘shiqning qo‘sh bilan o‘zaro bog‘liq ekanini folklorshunos 
olim Asqar Musaqulov o'rinli izohlab bergan.17
Ma’lumki, qo‘shiqlar asosan to‘rtliklardan tashkil topgan. Ikki 
misraning birikib, juftlik, ya’ni «qo‘shiq» hosil qilishi shunchaki ta- 
sodif emas.
«Ег-xotin - qo‘sh ho'kiz» degan maqol bor. Qo‘sh haydamoqning 
ko‘chma ma’nosi qiz va yigitning qo£shilishi, ya’ni oila qurishi, juft- 
lashishidir. Xalq qo‘shiqlarida bu tasawurlar о ‘zining chiroyli ifoda­
sini topgan. Shunday ekan, yuqoridagi maqol bilan qo‘shiq kuylayot- 
ganda «juft bo‘Isin» degan ibora ham aslida qo‘shiq va juftlikni muqa- 
ddas deb bilish bilan bog‘liq qadim tasawurlaming mahsulidir.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling